O’zbekiston Respublikasioliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat unversiteti



Download 3,3 Mb.
bet206/227
Sana13.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#547874
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   227
Bog'liq
Мажмуа умумий педагогика

9- MASALA: Ota o’z o’g’lining etuklik attestatini olishi va 16 yoshga to’lishi munosabati bilan ziyofat berdi. O’iulini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab unga qadah uzatdi.Oila a`zolari bu voqeaga quyidagicha munosabat bildirishdi:
Dadasi: o’g’lim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir qadah ko’taraylik!
Buvisi: jon bolam, spirtli ichimliklarga o’g’lingni o’rgata ko’rma, ichkilikbozlikning oxiri voy bo’lishi mumkin.
Bobosi: .. mayli, otangning so’zi erda qolmasin.
Oyisi: ..o’g’lim, otang senga qadahni spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilishing yoki bilmasligingni sinab ko’rish uchun uzatdi.
Siz kimning fikrini to’g’ri deb o’ylaysiz?

10- MASALA: Quyidagi «.. donolar bisotidan..» keltirilgan hikoyatlardan parchani o’qing va mushohada qiling.
Ilm o’rganish fazilatlari haqida
Axloqning erdagi elchisi Rasululloh aytmishlarki, ilm o’rganish har bir mo’min va muslima uchun farzdir. Ilm tolibi uchun borliq mavjudot, hatto dengizdagi baliqlar ham (o’z) gunohlarini so’rab istiqfor aylaydilar.
Ilm ibodatdan afzaldir, chunki u dinni tutib turuvchidir. Bilim olmoq ikki toifaga bo’linur, ya`ni6 biri qalban ilmga tashnalikdur, bu foydali ilmdur. Bunday ilm kishi hayotini toabad nurafshon qiladur. Ikkinchi xildagi ilm esa faqat tilagidur.
Savol: Bu hikoyatda qanday ilm to’g’risida fikr bildirilyapti?*

11- MASALA: Tarix darsi edi. O’qituvchi voqealarni berilib hikoya qilar, kitoblardan bolalarni qiziqtiradigan parchalarni o’qib berar edi. O’qituvchi o’quvchilarga bir qator kitoblarni o’qishni tavsiya qildi va ularni nomini daftarga yozdira boshladi. Shu payt bir o’quvchi qo’l ko’tarib:



  • Mana menda ham shunga oid qiziqarli kitob bor,- dedi.

  • Joyingda jimgina o’tir,- deb o’qituvchi uni o’tkazib quydi.

Darsda yuzaga kelgan holatni tahlil qiling. O’qituvchi qanday xatoga yo’l qo’ydi? O’qituvchining bunday muomalasi qanday natijalarga olib kelishi mumkin?

12- MASALA: 2- sinfda har xil buyumlar: qalam ruchka, rezinka va boshqalar yuqola boshladi. Bir kuni bir qizchaning kattaroq banti yo’qoldi. O’qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to’g’risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.
O’qituvchi qanday tarbiya metodini qo’llagan. Bu metodning samaradorligi nimalarga bog’liq
13- MASALA: Ota quyidagicha hikoya qiladi: «o’g’lim qorong’idan va balandlikdan qo’rqadi. Men imkon boricha uni kuproq ana shu qo’rquvni enga oladigan sharoitga qo’yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go’yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong’i xonaga yuboraman.
O’yin paytida chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi navdasini menga olib ber. Uni emas, narigi yuqoridagisini» deyman.
Ota to’g’ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?
14- MASALA: Dars boshlanishidan oldin o’qituvchi polda g’ijimlangan qog’oz parchasi yotganini ko’rib, bir o’quvchiga «qog’ozni ol», deb murojaat qildi. O’sha o’quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o’tirdi.
O’qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta`sirlanishi qanday bo’ladi va bu nimaga bog’liq?
15- MASALA: Darsda bir o’quvchi javob berayotgan edi. O’qituvchi yaxshi o’qiydigan bir o’quvchini partadoshi bilan gapirishib o’tirganini ko’rib qoldi va undan mavzuni kelgan joyidan davom ettirishni so’radi. O’quvchi to’liq javob berdi. Lekin o’qituvchi unga darsda gaplashib o’tirgani uchun «uch» baho qo’ydi.
O’qituvchi to’g’ri ish qildimi? Siz qanday yo’l tutgan bo’lardingiz?
16- MASALA: O’qituvchi o’zini-o’zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo’lgan edi: o’qituvchi dars o’tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o’chirilmagan, latta yo’q, bo’r yo’q. O’qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o’qituvchi dars o’tishi mumkin emas»,- deb sinfdan chiqib o’qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o’quvchilaridan vakillar borib, o’qituvchidan kechirim so’rab uni olib kelishdi.
Vaziyatni tahlil qiling. O’qituvchi to’g’ri yo’l tutdimi? O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi?

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish