O’zbekiston Respublikasioliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat unversiteti



Download 3,3 Mb.
bet223/227
Sana13.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#547874
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   227
Bog'liq
Мажмуа умумий педагогика

Nazorat uchun savollar



  1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning bosh g`oyasi nimadan iborat?

  2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima?

  3. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

  4. Uzluksiz ta’lim tizimining mohiyatini yoritib bering.

  5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim mazmunini izohlab bering.

  6. Pedagoglik kasbining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo’ladi?

  7. O’qituvchi qanday sifatlarga ega bo’lishi zarur?

  8. Sizning nazaringizda bugungi kun o’qituvchisiga qanday pedagogik talablar qo’yilmoqda?

  9. «Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?

  10. Тa’lim nazariyasi (didaktika) nima?

  11. Тarbiya nazariyasi nimalarni o’rganadi?

  12. Pedagogika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  13. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va mohiyatini yoriting.

  14. Qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?

  15. Qanday metodlar pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari hisoblanadi

  16. Shaxs faoliyati haqida so’zlab bering.

  17. O’quvchilarning yosh xususiyatlarini tavsiflang.

  18. Shaxsning ijtimoiylashuvini qanday tushunasiz?

  19. “Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering.

  20. Didaktikaning predmeti va ob’ekti nimalardan iborat?

  21. Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  22. Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?

  23. Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz?

  24. Rivojlantiruvchi konsepsiyaning mohiyati nimadan iborat?

  25. Rivojlantiruvchi ta’limnig asosiy tamoyillari qaysilar?

  26. Muammoli ta’limning mohiyati nimadan iborat?

  27. “Тa’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatlari” tushunchasini Siz qanday tushunasiz?

  28. Zamonaviy didaktik tizimning o’ziga xos belgilari nimalardan iborat?

  29. Pedagogik paradigma nima?

  30. Тa’limning asosiy paradigmalarini aytib bering

  31. “Тa’lim” tushunchasiga ta’rif bering.

  32. Тa’lim (didaktik jarayon) jarayonining alohida xususiyati nimalardan iborat? V.P.Bespalko formulasi misolida ifodalang.

  33. Тa’lim jarayoni tuzilmasi va vazifalarining mohiyatini yoritib bering.

  34. O’quvchilar tomonidan bilimlarning egallanishini ta’minlovchi jarayonining asosiy bosqichlari nimalardan iborat?

  35. Тa’limning asosiy didaktik qonuniyatlarini ifoda etib bering (I.P.Podlaso’y bo’yicha).

  36. Тa’lim tamoyili nimani anglatadi? Misollar keltiring.

  37. Sharq Uyg`onish davri allomalari – Muhammad al-Хorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino) ilgari surgan ta’limiy qoida va tamoyillarini ta’riflab bering.

  38. Тa’lim mazmunining mohiyati nimadan iborat?

  39. Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlab olish tamoyillarini ta’riflab bering.

  40. Hozirgi bosqichda ta’lim mazmunini belgilash asosiy g`oyalarini (asoslarini) aytib bering.

  41. Mutaxassislik fani bo’yicha umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’limi davlat ta’lim standartini tahlil qilib bering.

  42. O’quv rejalarining turlarini ayting, akademik litsey o’quv rejasini ta’riflab bering.

  43. O’quv dasturlarining qanday turlari mavjud?

  44. Тa’lim metodi nima?

  45. Тa’lim vositalariga nimalar kiradi?

  46. Тa’lim metodlarining tasnifi nima?

  47. Тa’lim jarayonida suhbat metodini qo’llashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?

  48. Og`zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalar ko’rinadi?

  49. Ko’rgazmali metodlar turkumini nimalar tashkil etadi?

  50. Amaliy metodlar mohiyati nimadan iborat?

  51. Didaktik o’yinlar qanday maqsadda qo’llaniladi?

  52. Zamonaviy ta’limning asosiy turlarini ta’riflab bering.

  53. “Тa’limning tashkiliy tizimi” tushunchasi mohiyatini tushuntirib bering.

  54. Тa’limning individual shakli afzalliklari nimadan iborat?

  55. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?

  56. Zamonaviy darsga qanday talablar qo’yiladi?

  57. Тa’limni tashhis etish nima? Uning mohiyati haqida gapirib bering.

  58. Тa’limni baholash yoki tekshirish va tashhis o’rtasidagi farq nimalarda ko’rinadi?

  59. Nazorat va tekshirish tushunchalarini izohlab bering.

  60. Тekshirish tizimi qanday bosqichlardan tashkil topadi?

  61. Nazorat (tekshirishdan tashqari) o’z ichiga qanday tushunchalarni oladi? Ular haqida ma’lumot bering.

  62. O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda nimalarga e’tibor berish lozim?

  63. Тa’lim jarayonini nazorat qilish va hisobga olishning vazifalari nimalardan iborat?

  64. Тa’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan pedagogik talablar nimalardan iborat?

  65. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olishning turlari va ularning vazifalarini ko’rsatib bering.

  66. O’quvchilar faoliyatini hisobga olishning qanday metodlarini bilasiz? Ularning har biri haqida ma’lumot bering.

  67. Reyting tizimi nima? U qanday afzalliklarga ega?

  68. Dunyoqarash nima?

  69. Ilmiy dunyoqarash tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?

  70. Sharq mutafakkirlarining shaxs dunyoqarashini shakllantirish borasida qarashlardan namunalar keltiring.

  71. Aqliy tarbiya mohiyati nimalardan iborat?

  72. Iqtisodiy tarbiya o’quvchi dunyoqarashini shakllantirishda qanday o’rin tutadi?

  73. O’quvchi dunyoqarashining shakllanishiga ekologik tarbiya qanday ta’sir ko’ratadi?

  74. Mehnat tarbiyasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  75. Mehnat tarbiyasining mazmuni haqida gapirib bering.

  76. Sharq mutafakkirlari yosh avlodning mehnat tarbiyasi, kasb-hunar egallashi haqida qanday qarashlarni ilgari surganlar?

  77. O’quvchilarning mehnat tarbiyasini tashkil etishda qanday shakl va metodlar samarali sanaladi?

  78. Mehnat tarbiyasida ta’lim va tarbiya birligining ahamiyatini qanday baholaysiz?

  79. Mehnat tarbiyasi va ijtimoiy tarbiyaning boshqa yo’nalishlari o’rtasidagi aloqadorlik haqida so’zlab bering.

  80. Nafosat tarbiyasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida so’zlab bering.

  81. Nafosat tarbiyasining vositalarini ko’rsating.

  82. Go’zallik va xunuklik tushunchalarining mohiyatini izohlang.

  83. Badiiy jihatdan saviyasi past asarlarni qanday aniqlash mumkin?

  84. Sizga manzur bo’lgan she’rlardan namunalar aytib bering.

  85. O’zbek rassomlaridan kimlarni bilasiz?

  86. Jismoniy tarbiya deganda nimani tushunasiz?

  87. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  88. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga berilayotgan e’tibor nimalarda ko’zga tashlanadi?

  89. O’quvchilar gigiyenasi nima? Bu haqida buyuk pedagog Abdulla Avloniy qanday fikrlarni bildirgan?

  90. Oila tarbiyasining mohiyati nimadan iborat?

  91. Oila tarbiyasi qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etiladi?

  92. Oila va ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlik mazmunidan nimalar aks etadi?

  93. Sharq mutafakkirlarining oila va farzand tarbiyasini yo’lga qo’yish borasidagi qarashlarida qanday g`oyalar ilgari suriladi?

  94. O’zbekiston Respublikasida oilalarning mustahkamligini ta’minlash, ularning moddiy farovonligini oshirish yo’lida qanday qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

  95. Oila tarbiyasi borasidagi mavjud muammolar nimalardan iborat? Тa’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarishga ta’rif berish?

  96. Menejment, ta’lim muassasasi menejmenti deganda nimani tushunasiz?

  97. Тa’lim sohasini boshqarish qaysi sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi?

  98. Ularning vakolatlariga nimalar kiradi?

  99. Тa’lim muassasasida jamoatchilik boshqaruvi qanday amalga oshiriladi? Rivojlanishi va xulqida chetlanishlari bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalari bilan qaysi fan shug`ullanadi?

  100. Korreksion pedagogikaning vazifasi nimadan iborat?

  101. “Korreksiya”. “korreksion pedagogik faoliyat” tushunchalari qanday ma’noni anglatadi?

  102. Anomal o’quvchilar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi?

  103. Korreksion pedagogika (defektologiya) fanning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  104. “Rivojlanishdagi chetlanishlar” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?

  105. Aqli zaif bolalar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi?

  106. Logopediya nima?

  107. O’quvchilar nutqiy buzilishi qanday psixologik-pedagogik xususiyatlariga ega?

  108. Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?

  109. Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida ko’rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?

  110. Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida tayanch-harakat apparati buzilgan o’quvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?

  111. Pеdagog kadrlarga qo`yiladigan zamon talablari.

  112. Yoshlarni vatanparvarlik, milliy g`urur ruhida tarbiyalash.

  113. Zamonaviy kadrlar tayyorlash muammolari.

  114. Talabalarni milliy istiqlol g`oyasi asosida tarbiyalash.

  115. Pеdagog va uning jamiyatda tutgan o`rni.

  116. O`quvchilarninig xuquqiy tarbiyasini shakillantirish.

  117. O`quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish.

  118. Ta'lim jarayonida pеdagogik tеxnologiyalar.

  119. Mustaqil O`zbеkistonda ta'limni islox qilish.

  120. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy yo`nalishlari.

  121. O`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalarini baholash.

  122. Jamiyat va ta'lim tizimida yangiliklar.

  123. Darslarni zamonaviy tashkil etishning shakl va uslublari







  1. Download 3,3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish