23- MASALA: Anvarning matematikadan birinchi marta uch baho oldi. U kundalikn o’qituvchi qo’lidan olib, rostdan ham uch olganiga ishondi. Joyiga borib o’tirdi.
U bu muvaffaqqiyatdan juda xursand edi. endi boshqa fanlardan ham ikkisini to’g’rilashni, «tarbiyasi og’ir» degan nomdan qutilishni, onasini xursand qilishni o’ylardi. U shirin xayollar bilan darsning yarmi o’tib ketganini sezmay qoldi. U kundalikdagi bahosiga qarab to’ymasdi. Shu payt o’qituvchi :
Nima uchun kundalik o’ynab o’tiribsan? Qani mening savolimni takrorlachi!, deb qoldi. Anvar savolni takrorlay olmadi.
Kundaligingni menga ber!, -dedi o’qituvchi.
Anvar kundalikni stol tagiga yashirdi. Bu olovga moy sepgandek bo’ldi.
Anvar e`tiroz bildirmoqchi bo’ldi, lekin o’qituvchi bola katta orzular bilan eslayotgan uch bahoni ikkiga o’zgartirib qo’ydi.
O’qituvchi xatoga yo’l qo’yganini tushundimi? Bu holda qanday yo’l tutish kerak edi? O’qituvchi qo’llashi mumkin bo’lgan holatlar variantlarini bering.
24- MASALA: O’quvchi she`rni yaxshi ayta turib, birdan to’xtab qoldi, yana boshladi va to’xtadi. So’ngra yig’lab «Yodlagan edim», dedi. O’qituvchi «Mayli hayajonlanma, Dilbar javob bersin, keyin aytib berasan», -dedi.
O’quvchi o’zini tutib olib she`rni to’xtamay aytib berdi. O’qituvchi 5 baho qo’ydi.
Darsdan sung darsni kuzatgan talabalar o’rtasida bahoni oshirib qo’ymadimikin degan munozara boshlandi. O’qituvchi esa, men bahoni tushira olmayman, u juda intiluvchan, harakatchan, lekin doskada hayajonlanib qoladi. Masalan, Anvar shunday xato qilsa kechirmayman, chunki u o’qimagan bo’ladi.
O’qituvchi haqmi? Bu yerda qaysi ta`lim prinsipi qo’llanilayapti?
25- MASALA: «Sinfda o’quvchilar qanday o’tirishlari kerak» degan mavzuda munozara bo’lib o’tdi. O’qituvchilar bunga quyidagicha munosabat bildirdilar:
Fizika o’qituvchisi:
- Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari paytida men o’quvchilarni 4-5 tadan qilib kichik guruhlarga bo’laman. Guruhga kimlarni kiritishni oldindan belgilab olaman. Bunda o’quvchilarning o’zaro munosabatlarini, tayyorgarlik darajasini hisobga olaman. Guruhga kuchli, o’rta va kuchsiz o’quvchilar kirishi kerak.
Matematika o’qituvchisi:
- Men o’quvchilarni o’quv maqsadiga ko’ra o’tqizaman, kuchli bilan kuchsiz, etakchi bilan qoloq o’quvchi birga o’tirishi kerak. Yetakchilar bilan ularning otalig’idagilarga qanday yordam berish haqida suhbatlar o’tkazaman.
Ingliz tili o’qituvchisi:
- Men o’quvchilarning bittadan o’tirishlari tarafdoriman. Shunda ularda mustaqillik shakllanadi, bir-biriga halaqit qilishmaydi. Har bir o’quvchi o’qituvchi bilan alohida ishlagandek bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi:
- Men birinchi navbatda bolaning sog’ligini- ko’rishi, eshitishi, bo’y balandligini hisobga olaman. O’g’il va qiz bolani birga o’tirg’izaman, bu bolani intizomli qiladi va tarbiyalaydi. Bo’ysunmas, quloqsiz bolalarni va qo’shimcha yordamga muhtojlarni o’z stolimga yaqinroq o’tqizishga harakat qilaman.
Geografiya o’qituvchisi:
- Men bolalarning o’tirishiga ahamiyat bermayman, kim qaerda xohlasa o’tiraversin. Buning dars uchun ahamiyati yo’q deb o’ylayman.
Shu masalada o’z fikringizni ayting. Bu muhimmi? O’quv jarayonida o’quvchining to’g’ri tanlangan ish joyi qanday rol o’ynaydi. O’qituvchi o’quvchilarni joylashtirishi kerakmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |