2–misol. A va B mulohazalar rost qiymat qabul qilganda A Λ B V A mulohazaning qiymatini aniqlang.
Yechish. I usul. A va B mulohazalar rost qiymatli bo‘lganligi uchun A Ù B amal rost qiymat qabul qiladi. U holda jadvalga ko‘ra ikkita rost qiymatni mantiqiy qo‘shishdan rost qiymat hosil bo‘ladi. Javob: rost.
II usul. 1 · 1 + 1 = 1 + 1 = 1. Javob: rost.
3–misol. (Е > D) Λ A Λ ᒣB mantiqiy ifodaning qiymatini D = 3,2 va E = –2,4, A = “rost” va B = “rost” bo’lganda hisoblang.
Yechish. I usul. (–2,4 >3,2) munosabat noto‘g‘ri bo‘lganligidan bu mulohaza “yolg‘on” bo‘ladi. Demak, A mulohazaning qiymati “rost” bo’lsa ham (Е > D) Λ A mulohaza qiymati “yolg‘on” bo’ladi. B mulohazaning qiymati “rost”, shuning uchun ᒣB mulohaza “yolg‘on” qiymatli bo‘ladi. U holda (Е > D) Λ A Λ ᒣB mantiqiy ifoda “yolg‘on” qiymat qabul qiladi. Javob: yolg‘on.
Do'stlaringiz bilan baham: |