Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qaroriga 1-ilova



Download 26,89 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi26,89 Kb.
#518532
Bog'liq
to\'xtash va to\'xtab turish


Mavzu: To‘xtab turish joylari va ularda harakatlanish


Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati qoidalari

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qaroriga 1-ILOVA


88. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomoni yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
Aholi punktlarida yo‘llarning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga har yo‘nalishda bittadan harakatlanish bo‘lagi bo‘lgan, o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan yo‘llarda va bir tomonlama harakatli yo‘llarda ruxsat etiladi.
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin.
89. Transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi. Qatnov qismining ayrim kengaytirilgan joylarida boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha tartibda qo‘yishga ham ruxsat etiladi.
Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat engil avtomobillar, motosikllar, mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga 5.15 yo‘l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo‘shimcha axborot belgilaridan biri o‘rnatilgan joylarda ruxsat etiladi.
90. Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq vaqt to‘xtab turishga faqat buning uchun ko‘zda tutilgan maydonchalarda yoki yo‘ldan tashqarida ruxsat etiladi.
91. Quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi:
- tramvay yo‘llarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan bo‘lsa;
- tunnellarda, temir yo‘l kesishmalarida;
- bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lagi bo‘lgan ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va estakada hamda ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan to‘xtab turish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno);
- to‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi bo‘lak yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda;
- piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 5 metrdan kam masofa qolganda;
- qatnov qismining xavfli burilishlarida;
- loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida;
- qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 5 metrdan kam masofa qolganda (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
- bekat maydonchalarida, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig‘i bilan belgilangan, ular bo‘lmaganda esa yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab (etmasdan va o‘tib ketib) 15 metrdan kam masofada. (yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to‘xtash bundan mustasno);
- transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
- 3.27 yo‘l belgisi yoki 1.4 yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida.
92. To‘xtab turish taqiqlanadi:
- to‘xtash taqiqlangan joylarda;
- aholi yashash joylaridan tashqarida 2.1 yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘llarning qatnov qismida;
- temir yo‘l kesishmalariga 50 metrdan kam masofada;
- 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari yoki 1.4, 1.10 yo‘l chiziqlari ta’siri doirasida.
93. To‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtagan haydovchi transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini ko‘rishi kerak.
94. Agar boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining harakatiga xalaqit beradigan bo‘lsa yoki xavf tug‘dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.
95. Transport vositasining o‘z-o‘zidan harakatlanib ketishini yoki o‘zi yo‘qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko‘rgandan keyingina haydovchi o‘z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.
To‘xtash va to‘xtab turish tartibi
Haydovchining kundalik ish faoliyati transport vositalarining harakatlanishi, to‘xtashi va to‘xtab turishi bilan bog‘liq.
Yo‘l harakati qoidalarida to‘xtash va to‘xtab turish atamalari quyidagicha belgilanadi:
To‘xtash – transport vositalarining harakatini 10 daqiqadan kam vaqtga to‘xtashi (harakatsiz holatga keltirish).To‘xtab turish – transport vositalarining unga yo‘lovchi chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish.
Serqatnov yo‘llarda transport vositasining yo‘l chekkasida to‘xtashi yoki to‘xtab turishi ma’lum darajada harakatlanishga to‘sqinlik qiladi, o‘zga haydovchi va boshqa yo‘l ishtirokchilariga ko‘rinishni cheklaydi va harakatlanish xavfsizligiga tahdid soladi. Shuning uchun to‘xtash va to‘xtab turish yo‘l harakati qoidasiga asosan ma’lum tartibda bajariladi.
Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonidagi yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat beriladi (141-rasm).
Aholi yashaydigan joylarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga har yo‘nalishda kamida bittadan harakatlanish bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan hamda harakat faqat bir tomonlama bo‘lgan yo‘llarda ruxsat etiladi (142-rasm).
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari harakat bir tomonlama bo‘lgan yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin.
Bunday avtomobillar yo‘lning chetki bo‘lagiga chapga burilish va orqaga qayrilish uchun chiqishlari mumkin.
Transport vositalarini qatnov qismining cheti bo‘ylab bir qator qilib, kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini esa ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi.
Yo‘lning qatnov qismi kengaygan ayrim joylarda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha tartibda ham qo‘yishga ruxsat etiladi (143-rasm).
Piyodalar harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga ruxsat etiladi (144-rasm).
Sutkaning qorong‘i vaqtida aholi yashamaydigan joylarda yo‘llarni ustunlarga o‘rnatilgan fonarlar bilan yoritish ko‘zda tutilmagan. Bunday yo‘llarda gabarit chiroqlarsiz yo‘lda to‘xtab turgan transport vositalari ko‘rinmaydigan yoki yomon ko‘rinadigan to‘siqqa aylanib qolishadi. Shu sababli aholi yashaydigan joylardan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda to‘xtab turish faqat buning uchun ko‘zda tutilgan maxsus maydonchalarda yoki yo‘ldan tashqarida ruxsat etiladi.
To‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadigan joylar
Quyidagi joylarda to‘xtash taqiqlanadi:
- tramvay yo‘llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda, agar bu to‘xtash tramvaylarning harakatlanishiga xalaqit beradigan bo‘lsa (145- rasm);
-tonellarda (146(a)-rasm), ko‘priklarning ostida (146(b)-rasm);
-temir yo‘l kesishmalarida (147-rasm);
-bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lagi bo‘lgan ko‘priklar, estakadalar va osma ko‘priklarda (148-rasm);
-to‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilagan chiziqdan tashqari) orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda (149-rasm);
-piyodalar o‘tish joylarida va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda (150-rasm);
-qatnov qismining xavfli burilishlarida va ko‘rinish 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida (151-rasm);
-bekat maydonchalariga, ular bo‘lmaganda esa harakatga xalaqit beradigan bo‘lsa, belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari yoki taksining to‘xtash joyi ko‘rsatkichlariga 15 metr qolganda (152-rasm);
-qatnov qismlari kesishmalarida va kesilayotgan qatnov qismi chetiga 5 metrdan kamroq masofa qolganda (qarama-qarshi harakat yo‘nalishlari sidirg‘a chizig‘i yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan yo‘lda, unga yondan tutashgan yo‘lning qarama-qarshi tomoni bundan mustasno) (153(a) va (b)-rasmlar);
-transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan (154-rasm) yoki boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishga) imkon qoldirmaydigan (155-rasm) va piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
3.27 «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi hamda 1.4 chizig‘ining amal qilish hududida (156-rasm).
To‘xtab turish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
-to‘xtash taqiqlanadi joylarda;
-aholi yashaydigan joylardan tashqarida 2.1 belgi bilan belgilangan yo‘llarning qatnov qismida (157-rasm);
-temir yo‘l kesishmalariga 50 metr qolganda yoki 50 metr yetmasdan to‘xtab turish taqiqlangan, lekin to‘xtash taqiqlanmagan. (158- rasm);
-to‘xtash va to‘xtab turishni taqiqlovchi yo‘l belgilari hamda yo‘l chiziqlari amal qilish hududida.
To‘xtash taqiqlangan joyda majburiy to‘xtagan haydovchi transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini ko‘rishi kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa, yo‘l harakati qoidalarining talabiga asosan, haydovchi falokat yorug‘lik ishoralarini yoqishi, u bo‘lmaganida yoki buzuq bo‘lganida falokat sababli to‘xtash belgisini darhol o‘rnatishi kerak.
Agar boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining harakatiga xalaqit beradigan bo‘lsa yoki xavf tug‘dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi. Bu talab haydovchiga ham, yo‘lovchiga ham taalluqli.
Haydovchi transport vositasining o‘z-o‘zidan harakatlanishini yoki o‘zi yo‘qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko‘rgandan keyingina o‘z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin. To‘xtab turish tormozi nosoz bo‘lsa yoki yaxshi ishlamasa, nishabliklarda turgan transport vositasi o‘z-o‘zidan harakatlanishi oqibatida xavfli vaziyatni vujudga keltirishi mumkin.
Transport vositasini tark etayotgan haydovchi o‘zi yo‘qligida undan foydalanishni istisno qilish uchun eshiklarni qulflashi, kerak bo‘lsa, rul boshqarmasi, tormoz pedali va shu kabilarni blokirovka qilishdan foydalanishi kerak.
Yo‘l harakati qoidalarida to‘xtash ruxsat etilgan, lekin to‘xtab turish taqiqlanadi joylar ham belgilangan.
Serqatnov yo‘llarda transport vositalarining yo‘l chekasida to‘xtab turishi ma’lum darajada harakatlanishga to‘sqinlik qiladi, boshqa haydovchi va yo‘l harakati ishtirokchilariga ko‘rinishni cheklaydi hamda harakatlanish xavfsizligiga tahdid soladi. Shuning uchun bunday joylarda transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanadi, lekin odamlarni, yuklarni ortish yoki tushirish uchun boshqa yo‘l harakati ishtirokchilariga xalaqit bermasdan to‘xtashi mumkin.
Download 26,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish