Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrni hamda nufuzini ortib borish



Download 52 Kb.
Sana14.10.2022
Hajmi52 Kb.
#853056
Bog'liq
darsligim



Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrni hamda nufuzini ortib borishi

1. Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi.

Barchamizga maʼlumki, bugun dunyo hamjamiyatidagi har bir davlat xalqaro maydonda oʻzining munosib oʻrnini egallashga, mavjud salohiyatlarini yana-da yuksaltirishga intiladi. Shu jumladan, mamlakatimiz ham bugun dunyoning nufuzli indikatorlari tizimida oʻzining oʻrnini egallashga, koʻrsatkichlari darajasini ijobiy tomonga siljitishda barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Shu o‘rinda mavzuga oid yana bir ma’lumot: Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeini chuqur o‘rganishni ta’minlasin”, deya qayd etilgan edi. Bu esa O‘zLiDeP uchun ham nihoyatda muhim masalalar sirasiga kiradi. Zero, Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish borasida mas’uliyatni his etayotgan siyosiy kuch, partiyamizning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar esa investitsiyalarning kirib kelishidan bevosita manfaatdor qatlamdir.

Shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ham partiyamiz kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqqan. Xususan, O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va boshqa xalqaro reytinglarda qatnashishi va unda mamlakatimizning egallagan o‘rnini yaxshilab borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; mamlakatda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikning amaliyotga tatbiqi ustidan kuchli parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish; iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan masalalar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari tomonidan alohida eshituvlar tashkil etish; hamkor tashkilotlar bilan birgalikda markazda va joylarda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini tashkil etish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish; tadbirkorlar, fermerlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish kabi ishlarga alohida e’tibor qaratilishi belgilangan.

Xususan, davlatimiz rahbarining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chor-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻsini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini xolis va haqqoniy baholashni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar buning isbotidir.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Res­publikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeini ko‘tarish, ko‘rsatkichlarning xolis va haqqoniy baholanishini ta’minlash bo‘yi­cha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning joriy yil 25 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikamizning xalqaro reytinglardagi

o‘rnini yaxshilashni ta’minlash yo‘llari atroflicha belgilab berildi.

Mazkur hujjatga muvofiq boshqa vazifalar qatorida 3 ta asosiy yo‘nalishda ish olib borilayotgani alohida e’tiborga molikOʼzbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni taʼminlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi koʼrsatkichlari oshishiga sabab boʼlmoqda.

Jumladan, soʼnggi toʼrt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamgʼarmasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pogʼonaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pogʼonaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pogʼonaga koʼtarildi.

Oʼzbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga koʼtarildi.

Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha eʼtibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan oʼtkazilayotgan soʼrovlarda aksariyat islohotlar oʼz aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʼzbekiston Respublikasi quyi pogʼonalarda qolmoqda.

Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʼyicha respublika kengashi (keyingi oʼrinlarda – Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub oʼzgarishlarning Oʼzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʼrnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini taʼminlash, mazkur yoʼnalishdagi ishlarning samaradorligiga toʼsiq boʼlayotgan muammolarni bartaraf etish;

Oʼzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʼrnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilgʼor xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish boʼyicha tashabbuslarni ilgari surish;

davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini Oʼzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning oʼrniga taʼsiri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Аdliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilansin.

Kengash ishchi organlari boʼyicha taqsimlangan Oʼzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʼrnini yaxshilashga qaratilgan taʼsirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yoʼnalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat oʼrnatiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari boʼyicha taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Masʼul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib Oʼzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʼrnini yaxshilash belgilansin.

Oʼzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslar boʼyicha samaradorlikning eng muhim koʼrsatkichlari (keyingi oʼrinlarda – KPI) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Mutasaddi vazirlik va idoralar oʼzlari masʼul boʼlgan reyting va indekslarning eʼlon qilinishi muddatlari va ularning metodologiyalarini hisobga olgan holda, KPIga erishish maqsadida:

bir oy muddatda 2020 yil ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim boʼlgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini;

har yil 1 dekabrga qadar kelgusi yil davomida amalga oshirishi lozim boʼlgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Kengashga kiritilishini taʼminlasin.

Bunda, xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur koʼrsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, reyting va indekslarni eʼlon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini nazarda tutish lozim.

4. Shunday tartib oʼrnatilsinki, unga muvofiq masʼul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni boʼyicha:

keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi;

keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki oʼrinbosarining rahbarligida oʼtkaziladigan yigʼilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida axborot beradi.

5. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF–5687-son Farmoni bilan tashkil etilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʼyicha komissiya zimmasiga Kengash faoliyatini tashkil etishga koʼmaklashish va Kengash yigʼilishlari oraligʼida tegishli yoʼnalishda masʼul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilsin.

6. Masʼul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli xalqaro reyting va indekslar boʼyicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi maʼlumotlarni Kengash ishchi organlariga muntazam ravishda taqdim etib borsin.

7. Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida Oʼzbekiston Respublikasining oʼrnini aks ettirish boʼyicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq toʼlash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilsin.

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi bir oy muddatda ushbu boshqarmaning yuqori malakali kadrlar bilan toʼldirilishini taʼminlasin.

9. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmogʼida “Oʼzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining (keyingi oʼrinlarda – portal) ishga tushirilishini taʼminlasin.

Kengash ishchi organlari Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini taʼminlash va uni yangilab borish uchun masʼul etib belgilansin.

10. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi masʼul davlat organlari bilan birgalikda muntazam ravishda davlat va jamiyat hayotining xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlarida baholanadigan sohalariga oid davlat siyosatidagi oʼzgarishlar va islohotlarning mohiyatini yoritish hamda sohada jamoatchilik nazoratini oʼrnatish maqsadida keng qamrovli targʼibot ishlarini amalga oshirsin.

11. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri А.N.Аripov, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari J.А.Qoʼchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʼzbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYoEV
Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish