O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga o‘tishining



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

14-modda. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga o‘tishining
xususiyatlari
Belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida yangi qurilayotgan uyga mulk huquqi uy
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Uyning, kvartiraning oldi-sotdi va ayirboshlash shartnomasi yozma shaklda, taraflar
imzolaydigan bitta hujjatni tayyorlash yo‘li bilan tuziladi hamda u notarial tasdiqlanishi va davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
Uyning, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligiga
olib keladi. Sotib oluvchi sotib olganidan keyin qonunga muvofiq turar joydan foydalanish huquqini
o‘zida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan shu uy, kvartirani oldi-sotdi shartnomasining
muhim sharti – bu shaxslarning ro‘yxatini sotilayotgan turar joydan foydalanish huquqlari
ko‘rsatilgan holda tuzishdan iboratdir.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi
shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalariga rioya etilgan holda notarial
tasdiqlanishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Turar joyni almashtirishga ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida
belgilangan shartlar va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
(14-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Uyni, kvartirani hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi hamda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlatga qarashli uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan
xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
(14-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Kooperativ uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari a’zolari
pay badallarini to‘liq to‘lab bo‘lganidan keyin vujudga keladi.
Uy-joy obligatsiyalarini olish va ularning qolgan qiymatini bank kreditlari hisobiga to‘lash yo‘li
bilan qurilgan va olingan uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi kredit to‘liq qaytarilgandan keyin
vujudga keladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xususiy mulkdagi uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda
davlat mulkiga o‘tkazilishi mumkin.
(14-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Uyga, kvartiraga bo‘lgan meros tariqasida o‘tadigan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra vujudga keladi.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish