O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Investitsiyaviy chegirma



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

308-modda. Investitsiyaviy chegirma
Soliq to‘lovchi amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu
moddada belgilangan tartibda va shartlarda qo‘llashga haqli.
Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb e’tirof etiladi.
Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qo‘llaniladi:


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
214/333
1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
(yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir
investitsiya  loyihalari  doirasida  mahalliy  ishlab  chiqarishning  dasturiy  ta’minotini  sotib  olishga
yo‘naltiriladigan mablag‘lar summalarining 10 foizi miqdorida;
2) ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
foydalaniladigan  binolar  va  inshootlarni  rekonstruksiya  qilishga  yo‘naltiriladigan  mablag‘lar
summasining 5 foizi miqdorida.
Ushbu  Kodeks  317-moddasining 
17-bandiga
  muvofiq  chegirib  tashlanmaydigan  xarajatlar
bo‘yicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi.
Investitsiyaviy  chegirma  yangi  texnologik  uskunani  ishga  tushirish  amalga  oshirilgan  yoxud
o‘z  ishlab  chiqarishini  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  (yoki)  texnologik  jihatdan  qayta  jihozlash
amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan, laboratoriya
testlarini va sinovlarini o‘tkazish uchun komplekslar, axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha investitsiya
loyihalari  doirasida  mahalliy  ishlab  chiqarishning  dasturiy  ta’minoti  sotib  olingan  hisobot  (soliq)
davrida qo‘llaniladi.
Ushbu modda maqsadlarida:
1)  tovarlarni  (xizmatlarni)  ishlab  chiqarish  jarayonida  soliq  to‘lovchi  tomonidan
foydalaniladigan,  chiqarilgan  kundan  e’tiboran  uch  yildan  ko‘p  bo‘lmagan  muddat  o‘tgan
mashinalar, apparatlar, qurilmalar, mexanizmlar yangi texnologik uskunalar deb e’tirof etiladi;
2)  asosiy  vositalarning  texnologik  yoki  xizmatga  oid  mo‘ljallanilgan  maqsadini  o‘zgartirishga,
ularning  unumdorligini  oshirishga  yoki  boshqa  sifat  xususiyatlarini  yaxshilashga  qaratilgan  ishlar
modernizatsiya qilish deb e’tirof etiladi;
3)  ilg‘or  texnika  va  (yoki)  texnologiyani  joriy  etish  asosida  asosiy  vositalarning  yoki  ularning
ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish,  ma’nan  eskirgan  va  jismonan  ishdan  chiqqan  uskunalarni  yangi,  nisbatan
mahsuldor uskunalarga almashtirishga doir kompleks tadbirlar texnik va (yoki) texnologik jihatdan
qayta  jihozlash  deb  e’tirof  etiladi.  Texnik  va  (yoki)  texnologik  jihatdan  qayta  jihozlash  ishlab
chiqarishlarning yangilarini barpo etish va amaldagilarini kengaytirishni ham o‘z ichiga oladi;
4)  ishlab  chiqarishni  takomillashtirish  hamda  uning  texnik-iqtisodiy  ko‘rsatkichlarini  oshirish
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  hamda  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  ko‘paytirish,  tovarlar  (xizmatlar)  sifatini
yaxshilash va (yoki) ularning nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadida rekonstruksiya qilish loyihasi
bo‘yicha  amalga  oshiriladigan,  tovarlar  ishlab  chiqarish  yoki  xizmatlar  ko‘rsatish  uchun
foydalaniladigan,  mavjud  binolarni  va  inshootlarni  qayta  qurish  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  uchun
foydalaniladigan binolarni va inshootlarni rekonstruksiya qilish deb e’tirof etiladi;
5)  tovarlar  ishlab  chiqarish  yoki  xizmatlar  ko‘rsatish  jarayonida  foydalanish  maqsadida  yangi
binolarni  va  inshootlarni  qurish  ishlab  chiqarishni  yangi  qurilish  shaklida  kengaytirish  deb  e’tirof
etiladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish