11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
33/333
shuningdek pul mablag‘larini ayni shu valyutada to‘lashga doir talablar bir turdagi talablar deb
e’tirof etiladi.
Ijro etishni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida
tavsiflangan bitimlarga soliq solish bunday bitimlarning tegishli asos aktivlari uchun ushbu
Kodeksda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari uyushgan
bozorda muomalada bo‘lgan bitimlarning moliyaviy vositalariga (muddatli bitimlarning
muomaladagi moliyaviy vositalariga) va muddatli bitimlarning uyushgan bozorda muomalada
bo‘lmagan moliyaviy vositalariga (muddatli bitimlarning muomalada bo‘lmagan moliyaviy
vositalariga) bo‘linadi.
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya etilgan
taqdirda uyushgan bozorda muomalada deb e’tirof etiladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) bitimlarni tuzish, ularning muomalada bo‘lishi va bajarilishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq shunday huquqqa ega bo‘lgan
savdolarning tashkilotchisi tomonidan belgilansa;
(50-modda o‘n beshinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining narxlari to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot
vositalarida e’lon qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan
har qanday manfaatdor shaxsga muddatli bitimning moliyaviy vositasiga doir operatsiyalar amalga
oshirilgan sanadan keyin uch yil ichida berilishi mumkin bo‘lsa.
Agar bitim uyushmagan bozorda tuzilsa va uning shartlarida asos aktivni yetkazib berish
nazarda tutilgan bo‘lsa, bitim muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida faqat, basharti asos
aktivni yetkazib berish bunday bitimning shartlariga muvofiq bitim tuzilgan kundan keyin kamida
uchinchi kundan so‘ng amalga oshirilsa, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida
tavsiflanishi mumkin.
Uyushmagan bozorda tuziladigan va shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda
tutilmagan bitim faqat muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin.
O‘z shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi muddatli bitimlarning
moliyaviy vositalari yoki o‘z shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi boshqa
moliyaviy vositaning muddatli bitimlarini tuzish yetkazib berishga oid muddatli bitimlar deb e’tirof
etiladi.
O‘z shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilmagan muddatli bitimlarning
moliyaviy vositalari yoki o‘z shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutmaydigan moliyaviy
vositalarning muddatli bitimlarini tuzish hisob-kitobli muddatli bitimlar deb e’tirof etiladi.
Etkazib berishga oid muddatli bitimlar sifatida, shuningdek ijroni kechiktirgan holda bitim
predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida tavsiflangan bitimlar majburiyatlar lozim darajada
ijro etishdan farq qiladigan usullar orqali tugatilgan taqdirda hisob-kitobli muddatli bitimlar sifatida
qayta tavsiflanmaydi.
Variatsiyali marja deganda savdolarning tashkilotchisi yoki kliring tashkiloti tomonidan
hisoblab chiqiladigan hamda savdolarning tashkilotchilari va (yoki) kliring tashkilotlari tomonidan
belgilangan qoidalarga muvofiq muddatli bitimlar ishtirokchilari tomonidan to‘lanadigan pul
mablag‘lari summasi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: