352-modda. Soliq agentlari deb e’tirof etiladigan shaxslar
Quyidagilar soliq agentlari deb e’tirof etiladi:
1) yuridik shaxslar, shu jumladan soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining
ishtirokchilari;
2) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
3) faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezidentlar;
4) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari;
5) ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi qismining
5-bandida
ko‘rsatilgan mol-mulkni oluvchi
jismoniy shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek
yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalari, bundan ushbu qismning
3-bandida
ko‘rsatilganlar mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |