11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
24/333
4) har bir shunday ketma-ketlik uchun topilgan bevosita ishtirok etish ulushlarining barchasi
jamlanadi.
Tashkilotda ishtirok etish ulushini aniqlashda jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxsning
yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasidagi ishtirok etish ulushi ham hisobga
olinadi, ushbu shaxs qaysi chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq ta’sis etilgan
bo‘lsa, shu qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarning yoxud yuridik shaxs tashkil
etmagan holdagi o‘zga chet el tuzilmalarining kapitalida ishtirok etishga haqlidir.
Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining qonun
hujjatlariga muvofiq ko‘pi bilan bir yil muddatga tuzilgan REPO shartnomasi doirasida olingan
qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish orqali amalga oshirilgan ishtirok yoki chet davlatning qonun
hujjatlariga muvofiq REPO operatsiyasi deb e’tirof etiladigan operatsiya natijasida amalga
oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi.
Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida ushbu qimmatli
qog‘ozlar, agar REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchi tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlar
uning tomonidan REPOning boshqa operatsiyasi bo‘yicha yoki qimmatli qog‘ozlar qarziga doir
operatsiyalar bo‘yicha sotilsagina, REPOning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi
bo‘lgan shaxsda hisobga olinadi.
REPOning ikkinchi qismi bajarilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda bajarilgan, shuningdek
REPO shartnomasi ko‘pi bilan bir yil muddatga tuzilgan taqdirda, bir yuridik shaxsning boshqa
yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning
beshinchi qismida
belgilangan
o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining yoki chet
davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan qimmatli qog‘ozlar qarziga doir shartnoma
doirasida ko‘pi bilan bir yil muddatga olingan qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish vositasida amalga
oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi.
Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida bu qimmatli
qog‘ozlar, agar qimmatli qog‘ozlar qarziga doir shartnoma doirasida berilgan qimmatli qog‘ozlar
kreditor tomonidan qimmatli qog‘ozlar qarziga doir boshqa operatsiya bo‘yicha yoki REPO
operatsiyasi bo‘yicha olingan bo‘lsagina, kreditor bo‘lgan (qimmatli qog‘ozlarni qarzga beradigan)
shaxsda hisobga olinadi.
Qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qaytarish
majburiyatlari bajarilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda bajarilgan, shuningdek qimmatli
qog‘ozlar qarzi yuzasidan bir yildan ortiq muddatga shartnoma tuzilgan taqdirda bir yuridik
shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning
yettinchi
qismida
belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan holda amalga oshiriladi.
Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda yoki jismoniy shaxsning yuridik shaxsda ishtirok
etish ulushini aniqlashdagi qo‘shimcha holatlar sud tomonidan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: