11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
53/333
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq to‘g‘risidagi
qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to‘lamaslik yoki ularni kamroq
miqdorda to‘lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb e’tirof etiladi.
(75-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash)
imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi.
Agar ushbu moddaning
beshinchi qismida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq
imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi.
Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.
Ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i solinadigan
mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i va yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, ushbu moddaning
oltinchi qismi
qoidalarini hisobga olgan
holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini
kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi
mumkin.
Ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar soliqlar
bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran ularning butun
amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga
yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida to‘xtatib turishga haqli, bundan
qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno.
Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga
yo‘naltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lar maqsadli ishlatilmagan taqdirda
maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga
undirilishi lozim. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shagan va mazkur
imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablag‘lar summasi berilgan imtiyozlarning
amal qilish muddati tugaganidan so‘ng bir yil davomida ularni taqdim etishda belgilangan
maqsadlar uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda foydalanilmagan
mablag‘lar budjetga o‘tkazilishi lozim.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar O‘zbekiston
Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq
maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining muassasalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi, bundan
ijtimoiy soliq va O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida) to‘lanadigan
qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari
turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga
nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq
to‘lashdan ozod qilish huquqiga ega.
(75-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuniga
asosan
o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-
son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: