11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
43/333
6) agar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi muayyan muddatga tuzilayotgan
bo‘lsa, kalendar yillarda hisoblanadigan muddat yoxud bu guruh qancha muddatga tashkil
etilayotganligining muayyan muddati mavjud emasligini ko‘rsatish;
7) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir ishtirokchisi bo‘yicha ushbu
Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda soliq
bazasini aniqlash va foyda solig‘ini to‘lash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar. Bunda tanlangan
ko‘rsatkichlar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi
shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida o‘zgartirilmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga
asoslangan huquqiy munosabatlarga nisbatan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik, soliq to‘g‘risidagi
qonunchilik bilan tartibga solinmagan qismiga nisbatan esa, fuqarolik qonunchiligi qo‘llaniladi.
(63-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma va
uning qoidalari qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan taqdirda, sud tomonidan haqiqiy emas deb
topilishi mumkin.
(63-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma
quyidagi sanalardan eng avvalgisi yuzaga kelguniga qadar amal qiladi:
1) shartnoma amal qilishining tugash sanasi;
2) shartnomani bekor qilish sanasi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma
soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxs turgan
joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Agar soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi yirik soliq
to‘lovchilar toifasiga kiritilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil
etish to‘g‘risidagi shartnoma konsolidatsiyalashgan guruhning ko‘rsatilgan mas’ul ishtirokchisi yirik
soliq to‘lovchi sifatida hisobga olingan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: