O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Maqsadli mablag‘lar



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

48-modda. Maqsadli mablag‘lar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  solish  maqsadida  soliq  to‘lovchi  tomonidan  maqsadli  mablag‘larning  manbai  bo‘lgan
shaxs  tomonidan  belgilangan  yoki  qonunchilikda  belgilangan  maqsadga  ko‘ra  foydalanish  uchun
olingan mol-mulk maqsadli mablag‘larga kiradi.
(48-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maqsadli mablag‘larga jumladan quyidagilar kiradi:
1) budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va budjet subsidiyalari;
2) grantlar va insonparvarlik yordami;
3) maqsadli tushumlar.
Soliq solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
tartibda bepul asosda beriladigan quyidagi mol-mulk grant deb e’tirof etiladi:
1)  davlatlar,  davlatlarning  hukumatlari,  xalqaro  yoki  chet  el  hukumat  tashkilotlari  yoxud
nohukumat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk;
2) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga
berilgan mol-mulk.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan u vakolat bergan tashkilotlar orqali
taqsimlanadigan,  aholining  ijtimoiy  jihatdan  nochor  guruhlariga  tibbiy  va  (yoki)  ijtimoiy  yordam
ko‘rsatish,  ijtimoiy  soha  muassasalarini  qo‘llab-quvvatlash,  tabiiy  ofatlar,  falokatlar  va  halokatlar,
epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf
etish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasiga  aniq  maqsadli  beg‘araz  ko‘maklashish  soliq  solish
maqsadida insonparvarlik yordami deb e’tirof etiladi.
Maqsadli  tushumlarga  notijorat  tashkilotlarni  ta’minlash  va  ularning  ustavda  belgilangan
faoliyatini  yuritishga  yo‘naltirilgan  tushumlar  (bundan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlar  tarzidagi
tushumlar  mustasno)  davlat  hokimiyati  organlarining  qarorlari  asosida  bepul  kelib  tushgan,
shuningdek  boshqa  yuridik  va  (yoki)  jismoniy  shaxslardan  kelib  tushgan,  mazkur  oluvchilar
tomonidan maqsadli foydalaniladigan tushumlar kiradi.
Notijorat  tashkilotlarni  ta’minlash  va  ularning  ustavda  belgilangan  faoliyatini  yuritishga
yo‘naltirilgan maqsadli tushumlarga quyidagilar kiradi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1)  muassislarning  (ishtirokchilarning,  a’zolarning)  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  to‘g‘risidagi
qonunchilikka  muvofiq  amalga  oshirilgan  badallari,  shuningdek  fuqarolik  to‘g‘risidagi
qonunchilikka muvofiq deb e’tirof etiladigan xayriyalar;
(48-modda  oltinchi  qismining  1-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2)  notijorat  tashkilotlar  tomonidan  bepul  olingan  tegishli  shartnomalar  asosida  ko‘rsatilgan
xizmatlar tarzidagi daromadlar;
3)  ushbu  Kodeksda  belgilangan  tartibda  uy-joy  mulkdorlari  shirkatlari,  uy-joy,  bog‘dorchilik,
bog‘-tomorqa, garaj-qurilish, uy-joy qurilish kooperativlari yoki boshqa ixtisoslashgan iste’molchilar
kooperativlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  umumiy  mulkni  ta’mirlash,  mukammal  ta’mirlash
uchun ularning a’zolari tomonidan zaxira shakllantirishga ajratmalar;
4) notijorat tashkilotlarga vasiyatnoma bo‘yicha meros tartibida o‘tadigan mol-mulk;
5)  notijorat  tashkilotlarning  ustavda  belgilangan  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  berilgan
budjet mablag‘lari;


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
31/333
6) xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun olingan mablag‘lar va boshqa mol-mulk;
7)  kasaba  uyushmasi  tashkilotlariga  kasaba  uyushmasi  tashkilotlarining  ustavlarida  nazarda
tutilgan  ijtimoiy-madaniy  va  boshqa  tadbirlarni  o‘tkazish  uchun  jamoa  shartnomalariga
(kelishuvlariga) muvofiq kelib tushgan mablag‘lar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
8)  notijorat  tashkilotlar  tomonidan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan,  ustavda
belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikka muvofiq ular tomonidan tuzilgan soliq
to‘lovchi bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalardan bepul olingan mablag‘lar;
(48-modda  oltinchi  qismining  8-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9) ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun diniy tashkilotlar tomonidan olingan
mol-mulk;
10)  notijorat  tashkilotlar  tomonidan  ular  ustavda  belgilangan  faoliyatini  amalga  oshirish
uchun  davlat  hokimiyati  organlarining  qarorlariga  binoan  olingan  davlat  mulkidan  bepul
foydalanish huquqi tarzidagi mulkiy huquqlar.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish