O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

388-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi
Soliq agentlari soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning ulardan soliq davrida olgan
daromadlari, jismoniy shaxslarga to‘lov manbaida qo‘llanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan
va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi.
Soliq  hisobi  registrlarining  shakllari,  ularda  soliq  hisobining  tahliliy  ma’lumotlarini  hamda
birlamchi hisobga olish hujjatlari ma’lumotlarini aks ettirish tartibi soliq agenti tomonidan mustaqil
ravishda  ishlab  chiqiladi.  Mazkur  shakllarda  soliq  to‘lovchini  identifikatsiya  qilish  imkonini
beradigan  ma’lumotlar,  soliq  to‘lovchilarga  to‘lanadigan  daromad  turlari  va  to‘lov  manbaida  unga
qo‘llanilgan soliq imtiyozlari, ularni to‘lash sanasi, soliq to‘lovchining maqomi, soliqni ushlab qolish
va to‘lash sanasi ko‘rsatilishi kerak.
O‘zbekiston  Respublikasi  norezidentlari  bo‘lgan  jismoniy  shaxslar  uchun  O‘zbekiston
Respublikasidagi  manbalardan  olingan  daromadlarga  soliq  solish  soliq  agentlari  tomonidan  soliq
bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq  agentlari  soliq  to‘lovchining  ushbu  Kodeksning 
387-moddasida
  ko‘rsatilgan
daromadlaridan hisoblangan soliq summasini ushlab qolishi shart.
Soliqning  hisoblangan  summasini  soliq  to‘lovchidan  ushlab  qolish,  soliq  agenti  soliq
to‘lovchiga  to‘layotgan  har  qanday  pul  mablag‘lari  hisobidan,  bu  pul  mablag‘lari  soliq  to‘lovchiga
yoki uning topshirig‘iga binoan uchinchi shaxslarga to‘lanayotganda amalga oshiriladi.
Soliqni  hisoblab  chiqarish  va  ushlab  qolish  ushbu  bo‘limda  belgilangan  soliq  bazasi  hamda
soliq  stavkalaridan  kelib  chiqqan  holda,  daromad  hisoblanishiga  qarab,  yil  boshidan  e’tiboran  har
oyda ortib boruvchi yakun bilan soliq to‘lovchining ish joyi bo‘yicha soliq agenti tomonidan amalga
oshiriladi.
Asosiy  bo‘lmagan  ish  joyidan  yoki  boshqa  soliq  agentlaridan  sovg‘a,  moddiy  yordam  va
boshqa  turlardagi  yordam  olgan  jismoniy  shaxslarning  soliq  summasini  qayta  hisob-kitob  qilish
jismoniy shaxs yillik jami daromadi to‘g‘risida deklaratsiya topshirganda soliq organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi joriy yilda o‘ziga
to‘langan  daromadlar  va  ushlab  qolingan  soliq  summalari  to‘g‘risidagi  ma’lumotnomani  yangi
asosiy  ish  (xizmat,  o‘qish)  joyidagi  soliq  agentiga  dastlabki  ish  haqi  hisoblanguniga  qadar  taqdim
etishi  shart.  Ilgarigi  ish  (xizmat,  o‘qish)  joyidan  ma’lumotnoma  taqdim  etilmagan  yoki  soliq
to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, soliq ushbu Kodeks 378-moddasi 1-
bandining 
uchinchi  xatboshisida
  va 
380-moddasida
  nazarda  tutilgan  imtiyozlar  qo‘llanilmagan
holda ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilgan
taqdirda, soliq summasi ilgari asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan
holda qayta hisob-kitob qilinadi.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
278/333
Yangi  asosiy  ish  (xizmat,  o‘qish)  joyida  soliqni  hisoblab  chiqarish  kalendar  yil  boshidan
e’tiboran  ilgarigi  va  yangi  asosiy  ish  (xizmat,  o‘qish)  joylaridan  olingan  jami  daromaddan  kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mehnat  shartnomasi  (kontrakt)  bekor  qilingandan  keyin  xodimga  ilgarigi  ish  joyidan  to‘lov
amalga  oshirilganda,  bunday  to‘lovlar  ushbu  Kodeks  378-moddasi  1-bandining 
uchinchi
xatboshisida
  va 
380-moddasida
  nazarda  tutilgan  soliq  imtiyozlari  qo‘llanilmagan  holda  soliqqa
tortiladi.
Jismoniy shaxslarning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan soliqning yakuniy
summasi jami yillik daromad to‘g‘risida taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari bo‘yicha soliq
organi tomonidan hisoblab chiqariladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish