O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

188-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli
Taqqoslanadigan  bozor  narxlari  usuli  nazorat  qilinadigan  bitimdagi  tovarlar  (xizmatlar)
narxlarining  bozor  narxlariga  muvofiqligini  nazorat  qilinadigan  bitim  narxini  ushbu  moddaning
ikkinchi  —  yettinchi  qismlarida
  nazarda  tutilgan  tartibda  aniqlangan  bozor  narxlari  oralig‘i  bilan
taqqoslash asosida aniqlashni nazarda tutadi.
Agar  nazorat  qilinadigan  bitimga  nisbatan  aynan  o‘xshash  (bir  turdagi)  tovarlar  (xizmatlar)
bilan tuzilgan faqat bitta taqqoslanadigan bitim haqidagi axborot mavjud bo‘lsa, taqqoslanadigan
bitimning narxi, basharti ushbu nazorat qilinadigan hamda taqqoslanadigan bitimlarning tijoratga
oid va (yoki) moliyaviy shartlari to‘liq taqqoslansa, bir vaqtning o‘zida bozor narxlari oralig‘ining eng
kam  va  eng  ko‘p  ko‘rsatkichlari  deb  e’tirof  etilishi  mumkin.  Mazkur  qoida  nazorat  qilinadigan  va
taqqoslanadigan bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlari to‘liq taqqoslanishini tegishli
tuzatishlar  bilan  ta’minlash  mumkin  bo‘lgan  taqdirda  ham  qo‘llanilishi  mumkin.  Agar
taqqoslanadigan  bitimdagi  tovarlarni  (xizmatlarni)  sotuvchi  ushbu  tovarlar  (xizmatlar)  bozorida
ustun mavqeni egallagan bo‘lsa, ushbu qismda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanilmaydi.
Bir  xil  (bir  turdagi)  tovarlar  (xizmatlar)  predmeti  bo‘lgan  bir  nechta  taqqoslanadigan  bitim
(shu  jumladan  soliq  to‘lovchining  mustaqil  shaxslar  bilan  bitimlari)  to‘g‘risida  axborot  mavjud
bo‘lganda, bozor narxlari oralig‘i quyidagi tartibda aniqlanadi. Dastlab taqqoslanadigan bitimlarda


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
133/333
qo‘llanilgan, bozor narxlari oralig‘ini aniqlash uchun foydalaniladigan narxlar majmui ushbu oraliqni
aniqlash uchun foydalaniladigan tanlamani hosil qilgan holda o‘sib borish tarzida tartibga solinadi.
Bunda narxning har bir ko‘rsatkichiga, eng kam miqdoridan boshlab o‘z tartib raqami beriladi. Agar
tanlama narxning ikki va undan ortiq bir xil qiymatini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, unga barcha shunday
ko‘rsatkichlar  kiritiladi.  Bozor  narxlari  oralig‘ini  aniqlashda  nazorat  qilinadigan  bitimning  narxi
hisobga  olinmaydi.  Soliq  to‘lovchi  tomonidan  mustaqil  shaxslar  bilan  amalga  oshirilgan
taqqoslanadigan  bitimlar  soni  yetarli  bo‘lganda,  boshqa  bitimlar  bo‘yicha  axborot  hisobga
olinmasligi  mumkin.  So‘ngra  olingan  tanlama  asosida  rentabellik  oralig‘ini  aniqlash  uchun  ushbu
Kodeksning 187-moddasi 
to‘qqizinchi qismida
  nazarda  tutilgan  tartibda  bozor  narxlarining  oralig‘i
topiladi.
Bozor  narxlari  oralig‘i  tahlil  qilingan  davr  mobaynida  qo‘llanilgan  narxlar  haqidagi  mavjud
axborot  yoki  nazorat  qilinadigan  bitim  amalga  oshirilishiga  qadar  bo‘lgan  eng  yaqin  sanadagi
axborot asosida aniqlanadi.
Birja  kotirovkalari  to‘g‘risida  e’lon  qilingan  yoki  so‘rov  bo‘yicha  olingan  axborotdan
foydalanilganda bozor narxlarining oralig‘i tegishli birjada ro‘yxatdan o‘tkazilgan aynan o‘xshash (bir
turdagi)  tovarlar  bilan  amalga  oshirilgan  bitimlarning  narxlari  asosida  aniqlanadi.  Bunday  holda
bitimlarning  ular  amalga  oshirilgan  sanada  qayd  etilgan  eng  kam  va  eng  ko‘p  narxi  o‘rtasidagi
oraliq bozor narxlari oralig‘i deb e’tirof etiladi.
Bozor  narxlari  oralig‘i  birja  kotirovkalari  asosida  aniqlanganda  bitimlarning  iqtisodiy  (tijorat)
shartlaridagi  farqlarni  hisobga  olishga,  chunonchi,  quyidagi  iqtisodiy  (tijorat)  shartlar  asosida
farqlarni hisobga oladigan tuzatishlar vositasida yo‘l qo‘yiladi:
1) tegishli bozorga tovarlar (xizmatlar) yetkazib berilishi uchun zarur bo‘lgan, hujjatlar va (yoki)
axborot manbalari bilan asoslangan va tasdiqlangan xarajatlar;
2) bojxona bojlarini to‘lash xarajatlari;
3) to‘lov shartlari;
4)  savdo  brokerining  (vositachining  yoki  agentning)  u  tomonidan  savdo-vositachilik
funksiyalari bajarilganligi uchun vositachilik (agent) haqi.
Axborot-narx agentliklarining aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) narxlari
to‘g‘risidagi  ma’lumotlardan  foydalanilganda  eng  kam  va  eng  ko‘p  ko‘rsatkichlar  bunday
tovarlarning  (xizmatlarning)  e’lon  qilingan  narxlarining  eng  kam  va  eng  ko‘p  ko‘rsatkichlariga
muvofiq  bo‘lgan  oraliq  ushbu  Kodeksning  186-moddasi 
o‘n  ikkinchi
  va 
o‘n  uchinchi  qismlariga
muvofiq  bozor  narxlarining  oralig‘i  deb  e’tirof  etilishi  mumkin.  Bunda  faqat  nazorat  qilinadigan
bitim  taalluqli  bo‘lgan  vaqt  davrida  taqqoslanadigan  shartlar  asosida  tuzilgan  bitimlar  bo‘yicha
ma’lumotlar inobatga olinadi.
Agar  nazorat  qilinadigan  bitimning  narxi  ushbu  modda  qoidalariga  muvofiq  aniqlangan
bozor  narxlari  oralig‘i  chegarasida  bo‘lsa,  soliq  solish  maqsadlarida  ushbu  narx  bozor  narxlariga
muvofiq bo‘lgan narx deb e’tirof etiladi.
Agar nazorat qilinadigan bitimning narxi bozor narxlari oralig‘ining eng kam miqdoridan kam
bo‘lsa yoki uning eng ko‘p miqdoridan ko‘p bo‘lsa, ushbu narx bozor narxlariga muvofiq bo‘lmagan
narx deb e’tirof etiladi. Mazkur nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq solish maqsadida bozor
narxlari oralig‘ining o‘rtacha qiymatiga teng bo‘lgan narx qabul qilinadi.
Soliq  solish  maqsadida  bozor  narxlari  oralig‘ining  o‘rtacha  qiymatini  ushbu  moddaning
to‘qqizinchi  qismiga
  muvofiq  qo‘llash,  basharti  bu  budjet  tizimiga  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  soliq
summasini  kamaytirmasa  yoki  soliq  to‘lovchi  zararining  summasi  oshishiga  olib  kelmasa,  amalga
oshiriladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish