5) ortiqcha toʻlangan summalarni yoki ortiqcha undirilgan soliqlar, penyalar, jarimalar
summalarini tegishli soliq turi boʻyicha majburiyatning bajarilishi hisobiga hisobga olish
toʻgʻrisida soliq organi tomonidan qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran;
6) soliqni hisoblab chiqarish va soliq toʻlovchining pul mablagʻlaridan ushlab qolishga doir
majburiyat ushbu Kodeksga muvofiq soliq agentiga yuklatilgan boʻlsa, soliq summalari soliq
agenti tomonidan ushlab qolingan kundan eʼtiboran.
(4-q.)
Soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyati quyidagi hollarda bajarilgan
deb eʼtirof etilmaydi:
1) tegishli pul mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir bajarilmagan topshiriqnoma
soliq toʻlovchi tomonidan qaytarib olinganda yoki bank tomonidan unga qaytarilganda;
2) gʻaznachilikda shaxsiy hisobvaragʻi ochilgan yuridik shaxs tomonidan tegishli pul
mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir bajarilmagan topshiriqnoma qaytarib olinganda
yoki gʻaznachilik tomonidan unga qaytarilganda;
3) pul mablagʻlari ushbu pul mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir toʻlov
topshiriqnomasida bank rekvizitlari notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli budjet tizimining tegishli
gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkazilmay qolganda;
4) agar soliq toʻlovchi soliq toʻlovi uchun bankka pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun
topshiriqnoma taqdim etgan kuni uning fuqarolik qonunchiligiga muvofiq birinchi navbatda
bajariladigan hisobvaragʻiga taqdim etilgan bajarib boʻlmaydigan boshqa talablar mavjud boʻlsa,
agar ushbu hisobvaraqda barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarlicha qoldiqqa ega boʻlmasa.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(5-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar penyalar va jarimalarga nisbatan ham
qoʻllaniladi hamda soliq agentlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(6-q.)
Soliq organlari budjet tizimiga tushumlar hisobini hisoblangan hamda toʻlangan
soliqlar va yigʻimlar summalarini, shuningdek penyalar va jarimalarni soliq toʻlovchining shaxsiy
hisobvaragʻida aks ettirish orqali yuritadi. Soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻini yuritish
tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(7-q.)
Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib
oʻtish bilan bogʻliq toʻlanishi lozim boʻlgan, soliqlar va yigʻimlarning, shuningdek penyalar va
jarimalarning budjet tizimiga tushumlari hisobini yuritadi. Hisob yuritish tartibi Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(8-q.)
Undirilishi boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan
davlat bojining hamda boshqa yigʻimlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(OʻzR 11.03.2022-y.
OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: