Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

54-BOB. SOLIQ IMTIYOZLARI 
378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar 
379-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish 
380-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarning 
jami daromadini kamaytirish 
378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar 
Quyidagi daromad turlariga soliq solinmaydi: 
1) moddiy yordam summalari:
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan 
xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 
4,22 baravarigacha miqdorda; 
ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda, - soliq davri uchun 
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda; 
2) soliq agenti tomonidan quyidagi yoʻllanmalar qiymatini toʻliq yoki qisman qoplash 
summalari, bundan turistik yoʻllanmalar mustasno: 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish 
muassasalariga yoʻllanmalar qiymatini nogironligi boʻlgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish 
beruvchida ishlamaydigan nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻliq yoki qisman qoplash summalari; 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa 
sogʻlomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort hamda sogʻlomlashtirish 
muassasalariga oʻz xodimlarining oʻn olti yoshgacha bolalari (oʻqiydiganlarga - oʻn sakkiz 
yoshgacha) uchun yoʻllanmalar qiymatini toʻliq yoki qisman qoplash summalari; 


3) oʻz xodimlariga hamda ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat 
koʻrsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan toʻlangan summalar, shuningdek ish beruvchining 
davolashga hamda tibbiy xizmat koʻrsatishga, nogironlik profilaktikasi va nogironligi boʻlgan 
shaxslarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olishga oid xarajatlari. Xodimlarni 
davolaganlik, ularga tibbiy xizmat koʻrsatganlik uchun ish beruvchilar tomonidan sogʻliqni 
saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq toʻlangan taqdirda, shuningdek sogʻliqni saqlash 
tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan 
naqd pul mablagʻlari bevosita xodimga, xodim yoʻqligida esa - uning oila aʼzolariga, ota-onasiga 
berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar xodimning bankdagi 
hisobvaragʻiga kiritilgan taqdirda, bu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi; 
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash 
uchun yuborilishi munosabati bilan qonunchilikda belgilangan summalar doirasida budjet 
tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar; 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga 
yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari koʻmagida amalga oshirilayotgan 
boʻlsa; 
6) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir 
yoʻla beriladigan pul mukofoti;
7) soliq toʻlovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan 
olinadigan daromadlar, bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno: 
qimmatli qogʻozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli 
qogʻozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini 
(paylarini); 
noturar joylarni; 
oʻttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq toʻlovchining mulkida boʻlgan turar joylarni;
8) uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, 
parrandalarni, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni 
soʻyib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash 
mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan 
holda sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari 
mustasno; 
9) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi 
sovrinlarning qiymati; 
10) ish beruvchidan soliq davri mobaynida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 
2,11 baravarigacha boʻlgan qiymatdagi: 
xodimlar natura shaklida olgan sovgʻalar; 
ilgari mazkur ish beruvchining xodimlari boʻlgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat 
qobiliyatini yoʻqotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila aʼzolari tomonidan olingan sovgʻalar 
hamda boshqa turlardagi yordam; 
11) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va 
natura shaklidagi daromadlar, bundan quyidagilar mustasno:
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarining, adabiyot hamda sanʼat asarlari ijrochilarining, 
shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxoʻrlariga (huquqiy 
vorislariga) toʻlanadigan pul mukofotlari; 
yaqin qarindosh boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk, avtotransport vositalari, 
qimmatli qogʻozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar; 
12) davlat zayomining obligatsiyalari boʻyicha yutuqlar, shuningdek Oʻzbekiston 
Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizlar;
13) jamgʻarma sertifikatlari, davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek 
banklardagi omonatlar boʻyicha foizlar va yutuqlar; 


14) nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, 
shuningdek vakolatli organning xulosasi mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-
texnika hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida soliq toʻlovchi grant beruvchidan 
bevosita olgan grantning summasi; 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga 
muvofiq 2023-yil 1-apreldan 15) band oʻz 
kuchini yoʻqotadi 
15) soliq toʻlovchilarning ish haqi va boshqa daromadlarining hayotni uzoq muddatli 
sugʻurtalash (hayot sugʻurtasi sohasining barcha toifalarida) boʻyicha sugʻurta mukofotlarini 
toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi 
boʻlgan yuridik shaxslarga yoʻnaltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda: 
sugʻurta badallari oʻsib bormaydigan tartibda toʻlanganda va bir yoʻla toʻlanadigan sugʻurta 
summasi shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan 12 oydan soʻng olinganda. 
Sugʻurtalangan shaxsning muayyan yoshgacha yashashi yoki hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash 
shartnomasida koʻrsatilgan muddatdan boshqacha tarzdagi sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan 
taqdirda, sugʻurta summasi ushbu koʻrsatilgan shartlarga amal qilmagan xolda toʻlanishi mumkin; 
shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanish sanasidan kamida 12 oydan soʻng renta 
(annuitet) olinganda va rentani (annuitetni) toʻlash sanasida shartnoma boʻyicha haqiqatda 
jamlangan mablagʻlar (zaxira) summasi koʻrsatib oʻtilgan rentaning (annuitetning) toʻrt 
baravaridan kam boʻlmaganda; 
renta (annuitet) toʻlash shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan 12 oy 
oʻtmasdan boshlanganda, bunda dastlabki rentani (annuitetni) toʻlash boshlanadigan vaqtda 
haqiqatda toʻlangan sugʻurta badallari summasi shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofotining yillik 
miqdoridan kam boʻlmasligi kerak va rentalarni (annuitetlarni) toʻlash sanasiga haqiqatda 
jamlangan mablagʻlar (zaxira) summasi koʻrsatib oʻtilgan rentaning (annuitetning) toʻrt 
baravaridan kam boʻlmaganda. 
Mazkur bandning shartlari buzilganda yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda 
va sugʻurtachi sugʻurta badalini toʻliq yoki qisman qaytarganda, qaytarilgan sugʻurta badali 
sugʻurtachi tomonidan soliqqa tortiladi. 
16) soliq toʻlovchining quyidagilarga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi 
va boshqa daromadlari: 
Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish 
(oʻzining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) 
taʼlim olishi) uchun toʻlov. Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim 
tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlariga (foizlari bilan) 
qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi; 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-
741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar koʻrsatadigan 
taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun 
toʻlanadigan oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlar; 
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son 
Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) 
OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi 
xatboshilari toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin 
soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda, metsenatlik koʻmagini koʻrsatish; 
olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami 
mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining sakson baravarigacha boʻlgan miqdorda qoplashga, 
basharti uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya 
qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun 


budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan boʻlsa. Mazkur soliq 
imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning soliq 
solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi. Bunda 
yosh oila boʻlgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan 
foizlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er-
xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga toʻlguniga qadar, ushbu xatboshida budjetdan ajratilgan 
subsidiyalar boʻyicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qoʻllaniladi. Agar 2023-yil 
1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan 
uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan 
oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz olti oy ichida boshqa shaxsga oʻtkazilgan boʻlsa, soliq 
imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qoʻllashning butun davri uchun soliqni toʻlash 
majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi; 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni 
tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib 
boriladigan pensiya hisobvaraqlariga;
17) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan 
ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, agar bu ulushlarni, paylarni va aksiyalarni 
berish yaqin qarindoshlar oʻrtasida amalga oshirilsa. 
Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet el yuridik shaxsi 
uchun roʻyxatdan oʻtish mamlakatining qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etish nazarda 
tutilmagan boʻlsa, oʻsha chet el yuridik shaxsiga nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday 
huquqlar ularni bir oilaning aʼzolari va (yoki) yaqin qarindoshlar boʻlgan shaxslar oʻrtasida 
oʻtkazish natijasida olingan boʻlsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf etish huquqining 
yuzaga kelishi deb eʼtirof etilmaydi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
xatboshi) 
18) paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadigan soliq 
toʻlovchilarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari; 
19) soliq toʻlovchi boʻlgan qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonunchilikda 
belgilangan tartibda qazib olish yoʻli bilan ega boʻlgan qimmatbaho metallarni realizatsiya 
qilishdan olgan daromadlari; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
19-1) soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari; 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
20) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya 
jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablagʻlari 
tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida oʻn besh million soʻmdan 
oshmagan holda; 
(OʻzR 09.11.2020-y. OʻRQ-646-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
21) soliq toʻlovchining soliq davri davomida quyidagilarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan, 
bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi ish haqi summalari va 
boshqa daromadlari: 
xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini, tegishli xalqaro tashkilot aʼzosi sifatida bunday 
badallarning toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat mavjud boʻlganda; 
qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga toʻlovlarni, kursni 
tugatganlik toʻgʻrisida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud boʻlganda. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish