lokomotivlar va harakatdagi tarkib (temir yoʻl
tarkibi)
2
Avtotransport vositalari, avtomobil
kuzovlari
(korpuslari), tirkamalar va yarim tirkamalar, boshqa
transport uskunalari
20
V
Kompyuterlar va periferiya uskunalari
40
VI
Boshqa guruhlarga kiritilmagan amortizatsiya
qilinadigan aktivlar
15
(32-q.)
Soliq toʻlovchi soliqni hisoblab chiqarish maqsadida amortizatsiyani ushbu moddada
belgilanganidan pastroq normalar boʻyicha hisoblashga haqli.
(33-q.)
Soliq solish maqsadi uchun amortizatsiya summasi soliq toʻlovchilar tomonidan har
oyda aniqlanadi. Amortizatsiya har bir amortizatsiya qilinadigan aktiv boʻyicha
alohida
hisoblanadi hamda uning boshlangʻich qiymatining va ushbu obyekt uchun belgilangan
amortizatsiya normasining koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.
(34-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktiv, shu jumladan qonunchilikka
muvofiq huquqlari
davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar boʻyicha
amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv, u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan qatʼi nazar,
foydalanishga topshirilgan sanadan eʼtiboran boshlanadi.
(35-q.)
Agar soliq toʻlovchi biror-bir kalendar oy ichida taʼsis etilgan, tugatilgan yoki qayta
tashkil etilgan boʻlsa, amortizatsiya quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda hisoblanadi:
1) amortizatsiya taʼsis
etilayotgan, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilayotgan soliq
toʻlovchi tomonidan u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran hisoblanadi;
2) amortizatsiya tugatilayotgan soliq toʻlovchi tomonidan
tugatish yakunlanadigan
sanagacha, qayta tashkil etilayotgan soliq toʻlovchi tomonidan esa qayta tashkil etish tugatiladigan
sanagacha hisoblanadi.
(36-q.)
Ushbu modda oʻttiz beshinchi qismining qoidalari oʻzining tashkiliy-huquqiy
shaklini oʻzgartirayotgan soliq toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(37-q.)
Amortizatsiyani hisoblash amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati toʻliq
hisobdan chiqarilgan sanadan eʼtiboran yoki bunday aktiv soliq toʻlovchining amortizatsiya
qilinadigan aktivlari tarkibidan har qanday asoslarga koʻra chiqarilganda tugatiladi.
(38-q.)
Ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq amortizatsiya
qilinadigan aktiv
tarkibidan chiqarib tashlangan aktivlar boʻyicha amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv
amortizatsiya qilinadigan aktiv tarkibidan chiqarib tashlangan sanadan eʼtiboran tugatiladi va
amortizatsiya qilinadigan aktiv raskonservatsiya qilingan yoki
uni rekonstruksiya qilish
(modernizatsiyalash) yakunlangan sanadan eʼtiboran qayta tiklanadi.
(39-q.)
Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymatiga ushbu
Kodeks 317-moddasining 17-bandida nazarda tutilgan xarajatlar kiritilmaydi.
(40-q.)
Nomoddiy aktivlarning qiymati ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan
tartibda xarajatlar jumlasiga kiritiladi.