1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona toʻgʻrisidagi
qonunchilikda tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda
insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlar;
3) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda - boshqa tashkilotlar va shaxslar
yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish
(grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar;
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi
band) (Oldingi tahririga qarang)
4) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy
foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va maʼmuriy-texnik
xodimlari, shu jumladan ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila aʼzolari shaxsiy foydalanishi
uchun moʻljallangan tovarlar;
5) qonunchilikka muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros obyektlari jamoasiga
kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovgʻaga
olingan madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirligining tegishli tasdiqnomasi mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi;
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
6) oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat
boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar;
7) xalqaro kitob almashinuvi boʻyicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan
olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini amalga
oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan
kinematografiya asarlari;
8) milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy toʻlov vositalari boʻlgan banknotlar (bundan
kolleksiyalash uchun moʻljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qogʻozlar;
9) xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari
hisobidan olib kiriladigan tovarlar, agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda
nazarda tutilgan boʻlsa;
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band)
10) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi mavjud boʻlgan taqdirda,
telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini
sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari
tizimining texnik vositalari;
11) dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan
buyumlar, shuningdek dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya
uchun moʻljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat
boʻyicha olib kiriladigan xom ashyo. Mazkur norma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ham ishlab
chiqariladigan, olib kiriladigan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va
veterinariya uchun moʻljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
Do'stlaringiz bilan baham: