(yoki) texnik nazorat bilan bogʻliq boʻlgan qurilish, montaj qilish, qurilish-montaj xizmatlari,
koʻchmas mol-mulkka
doir ishga tushirish-sozlash, taʼmirlash, restavratsiya qilish ishlari,
koʻkalamzorlashtirish ishlari, shuningdek koʻchmas mol-mulkni ijaraga berish kiradi;
2) xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlgan koʻchar mol-mulk bilan
bevosita bogʻliq boʻlsa, bundan transport vositalarini ijaraga berish mustasno. Bunday xizmatlar
jumlasiga, xususan, koʻchar mol-mulkni montaj qilish, sozlash, yigʻish, ishlov berish,
qayta
ishlash, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish, saqlash kiradi;
3) umumiy ovqatlanish, koʻngilochar, dam olish va boshqa shunga oʻxshash xizmatlar,
turizm, mehmonxona xizmatlari va joylashtiruvi, madaniyat, sanʼat,
jismoniy tarbiya va sport,
oʻqitish (taʼlim) sohasidagi, shu jumladan malaka imtihonlari oʻtkazish, seminarlar, malaka
oshirish kurslarini, pullik koʻrgazmalarni, konferensiyalarni, simpoziumlarni va boshqa shunga
oʻxshash tadbirlarni tashkil etishga doir xizmatlar haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida
koʻrsatilsa. Ushbu bandning qoidalari elektron shaklda koʻrsatiladigan oʻqitish (taʼlim) sohasidagi
xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4) tashish va (yoki) transportda tashish boʻyicha xizmatlar yoxud bevosita tashish va (yoki)
transportda tashish bilan bogʻliq xizmatlar quyidagilar tomonidan koʻrsatiladigan boʻlsa:
a) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar
tomonidan, agar joʻnatish punkti va (yoki) belgilangan punkt Oʻzbekiston Respublikasi hududida
joylashgan boʻlsa. Ushbu kichik bandda koʻrsatilgan qoida ushbu transport vositalarida tashishni
(transportda tashishni) nazarda tutuvchi, kemada vaqtincha yuk tashishga doir shartnoma boʻyicha
(ekipaj bilan boʻlgan vaqtga) transport vositalarini berish chogʻida ham qoʻllaniladi. Bunda, agar
havo kemalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan punktlar oʻrtasida
tashish uchun foydalaniladigan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududi kemada vaqtincha yuk
tashish shartnomasiga koʻra havo kemalarini foydalanishga berish boʻyicha
xizmatlarni
realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydi;
b) chet ellik shaxslar tomonidan, agar joʻnatish punkti va belgilangan punkt Oʻzbekiston
Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa (bundan chet el yuridik shaxslari tomonidan
yoʻlovchilarni, pochtani va yukni ushbu yuridik shaxsning doimiy boʻlmagan muassasasi orqali
tashishga doir xizmatlar mustasno). Ushbu kichik bandning qoidalari tovarlarni Oʻzbekiston
Respublikasi hududiga yetib kelish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish
joyigacha transportda tashish chogʻida bojxona tranzitining bojxona tartib-taomiliga
joylashtirilgan tovarlarni bevosita tashish va (yoki) transportda tashish bilan bogʻliq xizmatlarga
hamda ushbu qismning 5-bandida koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi;
5) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidan Oʻzbekiston
Respublikasi hududidan chiqib ketish joyigacha tashish chogʻida bojxona
tranzitining bojxona
tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni tashish va (yoki) transportda tashish bilan bevosita
bogʻliq boʻlgan xizmatlar (bundan ushbu qismning 7-bandida koʻrsatilgan xizmatlar mustasno)
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar yoki chet el yuridik shaxsining
doimiy muassasasi yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan koʻrsatilsa;
6) havo kemalariga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida va Oʻzbekiston
Respublikasining havo hududida koʻrsatiladigan xizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya
xizmatlari koʻrsatilsa;
7) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tabiiy gazni quvurlar orqali tashishni tashkil etish
boʻyicha xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan
koʻrsatilsa;
8) ijaraga berish paytida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan transport vositalarini
qisqa muddatli ijaraga berish bilan bogʻliq xizmatlar. Agar xizmatlar transport vositalarini uzoq
muddatli ijaraga berish bilan bogʻliq boʻlsa, transport vositalarining joylashgan yeridan qatʼi
nazar, xizmatlarni sotib oluvchining faoliyatini amalga oshiradigan joyi (joylashgan yeri) bunday
xizmatlarning realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi. Bunda havo va dengiz kemalariga,
vertolyotlarga va temir yoʻl transportining harakatdagi tarkibiga nisbatan shartnoma, agarda u 90
kungacha boʻlgan muddatga tuzilgan boʻlsa, qisqa muddatli deb hisoblanadi.
Boshqa transport
vositalariga nisbatan bunday shartnomalar 30 kungacha boʻlgan muddatga tuzilgan boʻlsa, qisqa
muddatli deb hisoblanadi;
9) televideniyeda va (yoki) radioda, ommaviy axborot vositalarida va boshqa shakllarda
reklamani joylashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida amalga oshiriladigan
xizmatlar;
10) ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan elektron shakldagi xizmatlar
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan yoki faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslar
tomonidan olinsa. Bunda, agar quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda
bittasi bajarilsa,
Oʻzbekiston Respublikasining hududi jismoniy shaxs tomonidan elektron shakldagi xizmatlarni
olish joyi deb eʼtirof etiladi;
a) xaridorning yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa;
b) xaridor tomonidan xizmatlarga haq toʻlash uchun foydalaniladigan bank yoki xaridor
tomonidan xizmatlarga haq toʻlash amalga oshiriladigan toʻlov tizimlarining operatori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa;
v) xaridor xizmatlarni olish chogʻida foydalangan tarmoqning manzili Oʻzbekiston
Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa;
g) xizmatlarni olish yoki xizmatlarga haq toʻlash uchun foydalaniladigan telefon raqami
mansub boʻlgan mamlakatning xalqaro kodi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berilgan boʻlsa.
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi, agarda ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan
xizmatlarni realizatsiya qilish joyi unda belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlmasa, ushbu
xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydi.
(5-q.)
Agar xizmatlar koʻrsatish asosiy xizmatlarni realizatsiya qilishga nisbatan yordamchi
xususiyatga ega boʻlsa, bunday realizatsiya qilish joyi deb asosiy xizmatlar realizatsiya qilingan
joy eʼtirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: