Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Transfert narxni belgilashda



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

195-modda. Transfert narxni belgilashda 
soliq nazoratini oʻtkazish tartibi 
(1-q.)
Tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarining (rahbar 
oʻrinbosarining) tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori asosida uning mansabdor shaxslari 
tomonidan oʻtkaziladi. 


(2-q.)
Tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning 182-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan 
bildirishnoma yoki xabarnoma olingan kundan eʼtiboran toʻrt yildan kechiktirmay chiqarilishi 
mumkin. 
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida u 
qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida soliq toʻlovchini xabardor qiladi. 
(4-q.)
Agar soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 177-moddasiga muvofiq soliq summasi soliq 
hisobotida ilgari berilganidan koʻra kam miqdorda (zarar summasi - kattaroq miqdorda) aks 
ettirgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan boʻlsa, tekshiruv oʻtkazish 
toʻgʻrisidagi qaror ushbu aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan eʼtiboran toʻrt 
yildan kechiktirmay chiqarilishi mumkin. Bunda tekshiruv faqat tuzatish kiritish amalga oshirilgan 
nazorat qilinadigan bitimga nisbatan oʻtkaziladi. 
(5-q.)
Tekshiruv olti oydan oshmaydigan muddatda oʻtkaziladi. 
(6-q.)
Tekshiruv oʻtkazish muddati uni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan 
eʼtiboran va bunday tekshiruv oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotnoma tuzilgan kunga qadar 
hisoblab chiqariladi. 
(7-q.)
Alohida hollarda, tekshirish oʻtkazishning mazkur muddati Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qoʻmitasi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) qaroriga koʻra oʻn ikki oygacha 
uzaytirilishi mumkin. 
(8-q.)
Tekshiruv oʻtkazish muddatini uzaytirish asoslarini va tartibini Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni 
tahriridagi qism) 
(9-q.)
Chet davlat organlaridan axborot olish, soliq toʻlovchi tomonidan chet tilida taqdim 
etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish va (yoki) oʻzbek yoki rus tiliga tarjima qilish zarur 
boʻlgan taqdirda, tekshiruv oʻtkazish muddati qoʻshimcha ravishda olti oydan oshmaydigan 
muddatga uzaytirilishi mumkin. 
(10-q.)
Agar tekshiruv chet davlat organlaridan axborot olish uchun uzaytirilgan boʻlsa va 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soʻralayotgan axborotni olti oy ichida ololmagan 
boʻlsa, mazkur tekshiruvni uzaytirish muddati qoʻshimcha ravishda uch oyga koʻpaytirilishi 
mumkin. 
(11-q.)
Tekshiruv oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi 
soliq toʻlovchiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuboriladi. 
(12-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining 
mustaqil shaxslar oʻrtasidagi taqqoslanadigan bitimlarning shartlari bilan taqqoslanishini aniqlash 
uchun soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 23-bobida koʻrsatilgan usullarni yoki ularning 
kombinatsiyasini qoʻllagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tekshiruvni 
amalga oshirish chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan qoʻllanilgan usulni (usullar kombinatsiyasini) 
qoʻllaydi. 
(13-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nazorat qilinadigan bitimni 
tuzish shartlaridan kelib chiqqan holda soliq toʻlovchi tomonidan qoʻllanilgan usul (usullar 


kombinatsiyasi) nazorat qilinadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining mustaqil 
shaxslar oʻrtasidagi taqqoslanadigan bitimlar shartlari bilan taqqoslanishi mumkinligi yoki 
taqqoslana olmasligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa chiqarishga imkon bermasligini isbotlasa, 
boshqa usul (usullar kombinatsiyasi) qoʻllanilishi mumkin. 
(14-q.)
Tekshiruv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu 
Kodeksning 23-bobida nazarda tutilmagan boshqa usullarni qoʻllashga haqli emas. 
(15-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 146-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlovchiga tekshirilayotgan bitimga (bir xil bitimlar guruhiga) 
nisbatan ushbu Kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish haqidagi 
talabnomani yoʻllashga haqli. 
(16-q.)
Talab qilinayotgan hujjatlar tegishli talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻttiz 
kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etiladi. 
(17-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tekshiruv oʻtkazayotgan 
mansabdor shaxsi tekshirilayotgan bitimlarning ushbu bitimlarga taalluqli hujjatlarga (axborotga) 
ega boʻlgan ishtirokchilaridan hujjatlarni (axborotni) talab qilishga haqli. Hujjatlarni (axborotni) 
bunday talab qilish hujjatlarni talab qilishning ushbu Kodeksning 147-moddasida belgilangan 
tartibiga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi. 
(18-q.)
Tekshiruvning oxirgi kunida tekshiruvchi oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi 
maʼlumotnomani tuzishi shart boʻlib, unda tekshiruv predmeti va uni oʻtkazish muddatlari qayd 
etiladi. 
(19-q.)
Oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma oʻziga nisbatan bunday tekshiruv 
oʻtkazilgan shaxsga yoki uning vakiliga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki u olingan sana haqida 
dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. 
(20-q.)
Agar soliq toʻlovchi (uning vakili) oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi 
maʼlumotnomani olishdan bosh tortsa, mazkur maʼlumotnoma soliq toʻlovchiga pochta orqali 
buyurtma xat bilan yuboriladi. 
(21-q.)
Oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma pochta orqali buyurtma xat bilan 
yuborilganda, buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda beshinchi kun u 
topshirilgan sana deb hisoblanadi. 
(22-q.)
Agar tekshiruv natijalariga koʻra soliq summasining kamayishiga (zarar 
summasining oshishiga) olib kelgan, nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlaridan chetga 
chiqishi faktlari aniqlangan boʻlsa, tekshiruvni oʻtkazgan vakolatli mansabdor shaxslar 
belgilangan shakldagi tekshiruv dalolatnomasini tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tuzilgan 
kundan eʼtiboran ikki oy ichida tuzishi kerak. 
(23-q.)
Tekshiruv dalolatnomasi tekshiruvni oʻtkazgan mansabdor shaxslar va oʻziga 
nisbatan ushbu tekshiruv oʻtkazilgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. 
(24-q.)
Oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs yoki uning vakili tekshiruv 
dalolatnomasini imzolashni rad etgan taqdirda ushbu dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv 
kiritiladi. 


(25-q.)
Tekshiruv dalolatnomasi ushbu Kodeksning 156-moddasi beshinchi qismida nazarda 
tutilgan talablar hisobga olingan holda tuziladi. 
(26-q.)
Tekshiruv dalolatnomasi nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlari oraligʻi 
chegarasidan chiqishining hujjatlar bilan tasdiqlangan faktlarini ham, shuningdek ushbu holat 
soliq summasining kamayishiga (zarar summasining oshishiga) olib kelganligining asoslanishini 
va bunday kamayish (koʻpayish) summasining hisob-kitobini oʻz ichiga olishi kerak. 
(27-q.)
Tekshiruv dalolatnomasi oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsga u tuzilgan 
sanadan eʼtiboran besh kun ichida yoki ushbu shaxsning vakiliga imzo qoʻydirib topshirilishi yoki 
olingan sana haqida dalolat beruvchi boshqa usulda topshirilishi kerak. 
(28-q.)
Agar oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs yoki uning vakili tekshiruv 
dalolatnomasini olishdan bosh tortsa, ushbu fakt tekshiruv dalolatnomasida aks ettiriladi va 
tekshiruv dalolatnomasi yuridik shaxsning joylashgan yeri yoki jismoniy shaxsning yashash joyi 
boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. 
(29-q.)
Tekshiruv dalolatnomasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda, buyurtma 
xat yuborilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda beshinchi kun u olingan sana deb hisoblanadi. 
(30-q.)
Oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) tekshiruv dalolatnomasida 
bayon qilingan faktlarga va (yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda takliflariga rozi 
boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga umuman mazkur 
dalolatnoma boʻyicha yoki uning alohida qismlari boʻyicha yozma eʼtirozlarini taqdim etishga 
haqli. 
(31-q.)
Bunda mazkur shaxs oʻz eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni 
(ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlariga ilova qilishga yoki kelishilgan 
muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga topshirishga haqli. 
(32-q.)
Bunday eʼtirozlar soliq tekshiruvi dalolatnomasi olingan kundan eʼtiboran yigirma 
kalendar kun ichida taqdim etiladi. 
(33-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan dalolatnomani, boshqa tekshiruv 
materiallarini va dalolatnomaga doir yozma eʼtirozlarni koʻrib chiqish, shuningdek tekshiruv 
natijalariga koʻra qaror qabul qilish ushbu Kodeksning 158-160-moddalarida nazarda tutilgan 
materiallarni koʻrib chiqish va soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror qabul qilish tartibiga 
oʻxshash tartibda amalga oshiriladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish