Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

185-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash 


tahlilida foydalaniladigan axborot 
(1-q.)
Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini oʻtkazishda (shu jumladan tahlil 
etiladigan bitimning va taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini 
taqqoslash chogʻida) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi axborotdan 
foydalanadi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasi birjalarining va chet el birjalarining narxlar hamda kotirovkalar 
toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan; 
2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilinadigan yoki 
soʻrovga koʻra taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojxona 
statistikasidan; 
3) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat boshqaruvi 
organlarining rasmiy axborot manbalaridagi, chet davlatlarning yoki xalqaro tashkilotlarning 
rasmiy axborot manbalaridagi yoxud boshqa eʼlon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin 
boʻlgan axborot manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning oʻzgarish 
chegaralari) va birja kotirovkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi band) 
4) axborot-narx agentliklari maʼlumotlaridan; 
5) soliq toʻlovchi tomonidan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotdan. 
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborot mavjud boʻlmagan (yetarli 
boʻlmagan) taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi axborotdan 
foydalanadi: 
1) eʼlon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborotlar manbalaridagi 
hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning tebranish chegaralari) va kotirovkalar 
toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan; 
2) yuridik shaxslarning moliyaviy va statistika hisobotidan olingan maʼlumotlardan, shu 
jumladan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning hamma foydalanishi mumkin 
boʻlgan axborot manbalarida eʼlon qilingan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi yuridik 
shaxslarining va (yoki) chet el yuridik shaxslarining hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot 
tizimlaridagi, shuningdek rasmiy saytlaridagi maʼlumotlardan. 
Chet el yuridik shaxslarining moliyaviy hisobotidagi maʼlumotlardan foydalanishga 
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining (Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati 
doimiy muassasaning tashkil etilishiga olib keladigan chet el yuridik shaxslarining) rentabelligi 
oraligʻini aniqlash uchun faqat taqqoslanadigan bitimlar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik 
shaxslarining moliyaviy hisoboti maʼlumotlari asosida rentabellikning bunday oraligʻini hisoblash 
imkoni boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi; 
3) baholash obyektining baholash faoliyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga yoki chet davlatlar qonunchiligiga muvofiq aniqlangan bozor qiymati toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlardan; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
4) ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq foydalaniladigan boshqa axborotdan. 
(3-q.)
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda soliq sirini tashkil etuvchi 
axborotdan, shuningdek foydalanish huquqi qonunchilikka muvofiq cheklangan boshqa 
axborotdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday cheklov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qoʻmitasi transfert narxni belgilashda soliq nazoratini oʻtkazayotgan soliq toʻlovchi 
toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda faqat hamma foydalanishi mumkin 
boʻlgan axborot manbalaridan, shuningdek soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan 
foydalaniladi. 


(5-q.)
Bitim shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda, ushbu Kodeksning 193-moddasiga 
muvofiq hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishda soliq toʻlovchi oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi 
axborotdan tashqari hamma foydalanishi mumkin boʻlgan har qanday axborot manbalaridan, 
shuningdek oʻzi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, xuddi shunday faoliyatni amalga oshirayotgan 
shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishga haqli. 
(6-q.)
Agar soliq toʻlovchiga nisbatan transfert narx belgilashda soliq nazorati 
oʻtkazilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu soliq toʻlovchi 
tomonidan mustaqil shaxslar bilan tuzilgan taqqoslanadigan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotga ega 
boʻlsa, bunday bitimlarni tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslashda Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qoʻmitasi bozor narxlarining oraligʻini aniqlash uchun ushbu axborotdan 
foydalanishga haqli. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish