Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

148-modda. Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish 
(1-q.)
Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan 
mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Hujjatlar va buyumlarni tungi paytda olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
(3-q.)
Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish xolislar hamda hujjatlari va buyumlarini olib 
qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxslar ishtirokida oʻtkaziladi. Zarur boʻlgan hollarda, olib 
qoʻyishni amalga oshirishda ishtirok etish uchun mutaxassis taklif etiladi. 
(4-q.)
Olib qoʻyish boshlanguniga qadar soliq organining mansabdor shaxsi olib qoʻyishni 
amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi hamda hozir boʻlgan shaxslarga ularning huquq 
va majburiyatlarini tushuntiradi. 


(5-q.)
Soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlar va buyumlarini olib qoʻyish amalga 
oshirilayotgan shaxsga ularni oʻz ixtiyori bilan topshirishni taklif etadi, taklif rad etilgan taqdirda 
esa olib qoʻyishni majburiy tarzda amalga oshiradi. 
(6-q.)
Oʻziga nisbatan olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxs olib qoʻyilishi lozim boʻlgan 
hujjatlar va buyumlar saqlanishi mumkin boʻlgan binolarni yoki boshqa joylarni ochishdan bosh 
tortganda, soliq organining mansabdor shaxsi tambalarga, eshiklarga va boshqa buyumlarga 
zarurat sababli yuzaga kelmagan shikast yetkazishdan qochib olib qoʻyishni mustaqil tarzda 
bajarishga haqli. 
(7-q.)
Soliq tekshiruvi predmetiga aloqasi boʻlmagan hujjatlar va buyumlar olib 
qoʻyilmaydi. 
(8-q.)
Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 
154-moddasida hamda mazkur moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda bayonnoma 
tuziladi. 
(9-q.)
Olib qoʻyilgan hujjatlar va buyumlar olib qoʻyish bayonnomasida yoki unga ilova 
qilinadigan roʻyxatlarda aniq nomi, soni, oʻziga xos xususiyatlari va imkon qadar buyumlarning 
qiymati koʻrsatilgan holda sanab oʻtiladi hamda roʻyxatga olinadi. 
(10-q.)
Agar soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish uchun tekshirilayotgan shaxs hujjatlarining 
koʻchirma nusxalari yetarli boʻlmasa hamda soliq organlarida hujjatlarning asl nusxalari yoʻq 
qilinishi, yashirilishi, oʻzgartirilishi yoki almashtirib qoʻyilishi mumkinligi toʻgʻrisida taxmin 
qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlsa, soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlarning 
aslini ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyishga haqli. Bunday hujjatlar olib 
qoʻyilayotganda ulardan soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadigan koʻchirma 
nusxalar olinadi va hujjatlar olib qoʻyilayotgan shaxsga topshiriladi. 
(11-q.)
Hujjatlarni olib qoʻyish bilan bir vaqtning oʻzida koʻchirma nusxalarni tayyorlash 
yoki topshirish imkoni boʻlmagan taqdirda, soliq organi koʻchirma nusxalarni hujjatlari olib 
qoʻyilgan shaxsga hujjatlar olib qoʻyilganidan keyin besh kun ichida topshiradi. 
(12-q.)
Barcha olib qoʻyiladigan hujjatlar va buyumlar xolislarga hamda olib qoʻyishda 
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga koʻrsatiladi va zarur boʻlgan taqdirda olib qoʻyilgan joyda 
oʻraladi. 
(13-q.)
Olib qoʻyilgan hujjatlar raqamlanishi, tikilishi va olib qoʻyilayotgan shaxsning muhri 
yoki imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Ushbu shaxs olib qoʻyilayotgan hujjatlarni muhr 
yoki imzo bilan tasdiqlashdan bosh tortgan taqdirda, olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomaga bu 
haqda maxsus belgi qoʻyiladi. 
(14-q.)
Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusxasi 
ular qaysi shaxsdan olib qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki 
yuboriladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish