Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

416-modda. Soliq davri 
Kalendar yil soliq davridir. 
417-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini 
taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 412-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq 
bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi. 
(2-q.)
Soliq hisoboti soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, 
soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi. 
(OʻzR 30.12.2022-
y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(3-q.)
Agar koʻchmas mulk, ushbu Kodeks 411-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida 
koʻrsatilgan obyektlardan tashqari, soliq toʻlovchining soliq boʻyicha hisobga olish joyida 
joylashmagan boʻlsa, soliq hisoboti koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim 
etiladi. 
(4-q.)
Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar (bundan Oʻzbekiston Respublikasida 
faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi 
norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar mustasno) soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarni toʻlaydi. 
(5-q.)
Boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq 
davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat roʻyxatidan 
oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay soliq organlariga moʻljallanayotgan 
soliq bazasidan (tegishli yil uchun mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatidan (oʻrtacha yillik 
qiymatidan) va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun 
soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi. Soliq boʻyicha majburiyatlari soliq 
davri mobaynida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani 
soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi. 
(OʻzR 
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) 
(6-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlar 
quyidagicha toʻlanadi: 
aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan - yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi 
miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay; 
(OʻzR 30.12.2022-y. 
OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan - yillik soliq 
summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay. Bunda yanvar 
oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay toʻlanadi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni 
tahriridagi xatboshi) 
(7-q.)
Soliq davri mobaynida moʻljallanayotgan soliq bazasi oʻzgargan taqdirda soliq 
toʻlovchi soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda 
soliq davrining qolgan qismi uchun boʻnak toʻlovlarga soliqning oʻzgarish summasiga teng 
ulushlarda tuzatish kiritiladi. 


(8-q.)
Soliq davri uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi, boʻnak toʻlovlar hisobga 
olingan holda, soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga oʻtkaziladi. 
(9-q.)
Soliq davrida soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan 
budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan 
taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya 
hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi. 
(10-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga 
oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan soliq har yili bir marta 
soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay toʻlanadi.

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish