Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq organining asoslantirilgan fikri



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

174-modda. Soliq organining asoslantirilgan fikri 
(1-q.)
Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq organining soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri 
hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) 
masalalariga doir nuqtayi nazarini ifodalaydi. 
(2-q.)
Soliq organi soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida oʻz tashabbusiga koʻra yoki 
yuridik shaxsning soʻroviga binoan asoslantirilgan fikr tuzadi. 
(3-q.)
Asoslantirilgan fikr soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) imzosi bilan 
yuridik shaxsga yuboriladi. 
(4-q.)
Soliq organi asoslantirilgan fikrining shakli va uni tuzishga doir talablar Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son 
Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(5-q.)
Agar soliq monitoringi oʻtkazilayotganda yuridik shaxs tomonidan soliqlar va 
yigʻimlar notoʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq yoki oʻz vaqtida 
toʻlanmaganligi (oʻtkazilmaganligi) toʻgʻrisida dalolat beruvchi fakt aniqlangan boʻlsa, soliq 
organining asoslantirilgan fikri tuziladi. 
(6-q.)
Soliq organining asoslantirilgan fikri tuzilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida 
yuridik shaxsga yuboriladi. 
(7-q.)
Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq monitoringini oʻtkazish muddati 
tugaguniga qadar kamida uch oy oldin tuzilishi mumkin. 
(8-q.)
Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov yuridik shaxs tomonidan xoʻjalik 
faoliyatining sodir etilgan faktlari natijalariga koʻra soliq monitoringi oʻtkaziladigan davr uchun 
soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligiga (ushlab qolinganligiga), toʻliq va oʻz 
vaqtida toʻlanganligiga (oʻtkazilganligiga) nisbatan shubhalar mavjud boʻlganda yoki ushbu 
masalalar yuzasidan noaniqliklar boʻlgan taqdirda soliq organiga yuboriladi. 
(9-q.) 
Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovda yuridik shaxsning mazkur 
masalalarga doir nuqtayi nazari bayon etiladi. 
(10-q.)
Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov soliq monitoringi davridan 
keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay yuborilishi mumkin. 
(11-q.)
Yuridik shaxsning soʻrovi boʻyicha soliq organining asoslantirilgan fikri ushbu 
yuridik shaxsga mazkur soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida yuborilishi kerak. 
Bu muddat soliq organi tomonidan ushbu yuridik shaxsdan yoki boshqa shaxslardan 


asoslantirilgan fikrni tayyorlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish uchun 
bir oyga uzaytirilishi mumkin. 
(12-q.)
Soliq organi asoslantirilgan fikrni yuborish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida tegishli 
qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuridik shaxsga yozma shaklda xabar qiladi. 
(13-q.)
Yuridik shaxs soliq organining asoslantirilgan fikriga roziligi toʻgʻrisida shu 
asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi 
hujjatlarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ilova qilgan holda asoslantirilgan fikr olingan kundan 
eʼtiboran bir oy ichida xabardor qiladi. 
(14-q.)
Yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni soliq organining buxgalteriya (soliq) hisobidagi 
va soliq hisobotidagi asoslantirilgan fikrda bayon etilgan nuqtayi nazarini eʼtiborga olish orqali, 
aniqlashtirilgan soliq hisobotini berish orqali yoki boshqa usulda bajaradi. 
(15-q.)
Yuridik shaxs soliq organining asoslantirilgan fikriga rozi boʻlmagan taqdirda, u 
olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida soliq organiga oʻz eʼtirozlarini taqdim etadi. Mazkur 
eʼtirozlarni olgan soliq organi ular olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida bu eʼtirozlarni oʻzida 
mavjud boʻlgan barcha materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga 
oʻzaro kelishuv tartib-taomili tashabbusi bilan chiqish uchun yuborishi shart. 
(16-q.) 
Soliq organi soliq monitoringi tugagan sanadan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay 
yuridik shaxsni soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida ushbu yuridik shaxsga yuborilgan
bajarilmagan asoslantirilgan fikrlar mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisida xabardor qiladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish