(3-q.)
Agar yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni koʻrib chiqmasdan qoldirsa, quyi soliq
organining qarori yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ushbu shikoyatni koʻrib chiqmasdan
qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran, lekin
mazkur shikoyatni berish
muddati tugamasdan kuchga kiradi.
164-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish
(1-q.)
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror u kuchga kirgan kundan eʼtiboran ijro etilishi
lozim.
(2-q.)
Tegishli qarorni ijroga qaratish ushbu qarorni qabul qilgan soliq organining zimmasiga
yuklatiladi.
(3-q.)
Shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan koʻrib chiqilgan
taqdirda, ushbu
yuqori turuvchi soliq organining kuchga kirgan qarori yuqori turuvchi soliq organining qarori
kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch kun ichida dastlabki qaror
qabul qilgan soliq organiga
yuboriladi.
165-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar
toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish
(1-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning ushbu Kodeks 157-moddasining ikkinchi qismida
nazarda tutilgan buzilishlari toʻgʻrisida dalolat beruvchi faktlar aniqlangan taqdirda, soliq
organining soliqqa oid huquqbuzarlik faktini aniqlagan mansabdor shaxsi ushbu mansabdor shaxs
va huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim boʻlgan dalolatnomani tuzadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Dalolatnoma belgilangan shaklda soliqqa oid huquqbuzarlik
aniqlangan kundan
eʼtiboran oʻn kun davomida tuziladi.
(3-q.)
Dalolatnomada soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining hujjatlar bilan
tasdiqlangan faktlari, shuningdek ushbu faktlarni aniqlagan mansabdor shaxsning aniqlangan
qoidabuzarlikni bartaraf etishga doir xulosa va takliflari koʻrsatilishi kerak.
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Dalolatnomaning shaklini va uni tuzishga doir talablarni Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
(5-q.)
Dalolatnoma soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga imzo qoʻydirib beriladi
yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. Agar mazkur shaxs
dalolatnomani
olishdan bosh tortsa, soliq organining mansabdor shaxsi dalolatnomaga tegishli
belgi qoʻyadi. Bunday holda dalolatnoma ushbu shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan
yuboriladi. Mazkur dalolatnoma buyurtma xat bilan yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda
beshinchi kun u topshirilgan sana deb hisoblanadi.
(6-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs dalolatnomada bayon etilgan holatlarga
va (yoki) soliqqa oid huquqbuzarlikni aniqlagan mansabdor shaxsning xulosalari hamda
takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida
dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim qoidalari yuzasidan yozma eʼtirozlarini tegishli
soliq organiga taqdim etishga haqlidir. Bunda mazkur shaxs eʼtirozlarining asoslanganligini
tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlariga ilova
qilishga yoki kelishilgan muddatda soliq organiga topshirishga haqli.
(7-q.)
Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin soliq
organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari faktlari qayd
etilgan dalolatnomani, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan taqdim
etilgan hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni
tahriridagi qism)
(8-q.)
Dalolatnoma javobgarlikka tortilayotgan shaxs yoki uning vakili ishtirokida koʻrib
chiqiladi.
(9-q.)
Soliq organi tekshiruv dalolatnomasi koʻrib chiqiladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida
soliq toʻlovchini koʻrib chiqish boshlanadigan kunga qadar kamida ikki ish kuni oldin xabardor
qiladi.
(10-q.)
Agar soliq toʻlovchi soliq organini uzrli sabablarga koʻra dalolatnomaning koʻrib
chiqilishiga kelolmasligi toʻgʻrisida xabardor qilgan boʻlsa, soliq organining rahbari (rahbar
oʻrinbosari) dalolatnomaning koʻrib chiqilishini koʻpi bilan uch kun muddatga qoldirish toʻgʻrisida
qaror qabul qilib, soliq toʻlovchi bu haqda xabardor qilinadi.
(11-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan, tegishli
tarzda xabardor qilingan shaxsning yoki uning vakilining kelmaganligi soliq organi rahbarini
(rahbar oʻrinbosarini) dalolatnomani ushbu shaxsning yoʻqligida koʻrib chiqish imkonidan
mahrum etmaydi.
(12-q.)
Dalolatnomani koʻrib chiqish chogʻida
tuzilgan dalolatnoma, soliq nazorati
tadbirlarining boshqa materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun
javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yozma eʼtirozlari oʻqib eshittirilishi mumkin. Yozma
eʼtirozlarning mavjud emasligi ushbu shaxsni dalolatnomani koʻrib chiqish bosqichida oʻz
tushuntirishlarini berish huquqidan mahrum etmaydi.
(13-q.)
Dalolatnoma koʻrib chiqilayotganda javobgarlikka
tortilayotgan shaxsning
tushuntirishlari eshitiladi, boshqa dalillar oʻrganib chiqiladi.
(14-q.)
Ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl
qoʻyilmaydi.
(15-q.)
Javobgarlikka tortilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (axborot), hatto
ular soliq organiga ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarni buzgan holda taqdim etilgan boʻlsa
ham koʻrib chiqilishi mumkin.
(16-q.)
Dalolatnomani koʻrib chiqish chogʻida bayonnoma yuritiladi.
(17-q.)
Dalolatnomani va soliq nazorati tadbirlarining boshqa materiallarini koʻrib chiqish
jarayonida, zarur boʻlgan taqdirda, ushbu koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun guvohni, ekspertni,
mutaxassisni jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
(18-q.)
Dalolatnomani va boshqa materiallarni koʻrib chiqish davomida soliq organining
rahbari (rahbar oʻrinbosari):
1) oʻziga nisbatan dalolatnoma tuzilgan shaxs soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini
sodir etgan-etmaganligini;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
2) aniqlangan qoidabuzarliklar ushbu Kodeksdagi soliqqa oid huquqbuzarliklar tarkibini
tashkil etish-etmasligini;
3) oʻziga nisbatan dalolatnoma tuzilgan shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik
uchun javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud-mavjud emasligini belgilaydi.
(19-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining rahbari
(rahbar oʻrinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno etuvchi
holatlarni yoxud soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi yoki
ogʻirlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: