Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

160-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi 
materiallarini koʻrib chiqish natijalari 
boʻyicha qarorning kuchga kirishi 
(1-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha ushbu Kodeksning 
159-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror oʻziga nisbatan ushbu qaror qabul 
qilingan shaxsga (shaxsning vakiliga) berilgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi. 
(2-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror u qabul qilingan 
kundan eʼtiboran ikki kun ichida oʻziga nisbatan ushbu qaror qabul qilingan shaxsga (uning 
vakiliga) imzo qoʻydirib berilishi yoki olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usul orqali 
topshirilishi kerak. 
(3-q.)
Agar qarorni berish yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda 
topshirish imkoni boʻlmasa, u yuridik shaxsning (alohida boʻlinmaning) joylashgan yeri yoki 
jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Qaror 


pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda buyurtma xat yuborilgan kundan eʼtiboran 
beshinchi kun u berilgan sana deb hisoblanadi. 
(4-q.)
Soliq organining qarori ustidan shikoyat berilgan taqdirda, mazkur qaror ushbu 
Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi. 
(5-q.)
Oʻziga nisbatan tegishli qaror chiqarilgan shaxs qaror kuchga kirguniga qadar uni 
toʻliq yoki qisman ijro etishga haqli. Bunda shikoyatning berilishi shaxsni kuchga kirmagan 
qarorni toʻliq yoki qisman ijro etish huquqidan mahrum etmaydi. 
161-modda. Taʼminlash choralari 
(1-q.)
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror qabul qilinganidan soʻng soliq organining 
rahbari (rahbar oʻrinbosari) mazkur qarorni ijro etish imkonini taʼminlashga qaratilgan choralarni 
(taʼminlash choralarini) koʻrishga haqli. 
(2-q.)
Agar ushbu choralarni koʻrmaslik keyinchalik ushbu qarorning ijrosini va (yoki) 
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda 
koʻrsatilgan soliq qarzini undirishni qiyinlashtirishi mumkin yoxud undirishni imkonsiz qilib 
qoʻyadi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar boʻlsa, taʼminlash choralari koʻriladi. 
(3-q.)
Taʼminlash choralarini koʻrish uchun soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) 
tegishli qaror qabul qiladi. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va soliqqa 
oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ijro etiladigan va 
(yoki) soliqlar qoʻshib hisoblanadigan kunga qadar yoxud yuqori turuvchi soliq organi yoki sud 
tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilingan kunga qadar amal qiladi. 
(4-q.)
Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ushbu moddaning oʻn birinchi qismida 
nazarda tutilgan hollarda taʼminlash choralarini bekor qilish yoki ularni almashtirish toʻgʻrisida 
qaror qabul qilishga haqli. 
(5-q.)
Taʼminlash choralarini bekor qilish (almashtirish) toʻgʻrisidagi qaror u chiqarilgan 
kundan eʼtiboran kuchga kiradi. 
(6-q.)
Soliq organining roziligisiz mol-mulkni boshqa shaxsning ixtiyoriga oʻtkazishga 
(garovga qoʻyishga) doir taqiq va ushbu Kodeksning 111-moddasida belgilangan tartibda 
bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish taʼminlash choralari boʻlishi 
mumkin. 
(7-q.)
Boshqa shaxsning ixtiyoriga oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir taqiq izchillik bilan 
quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi: 
1) koʻchmas mol-mulkka, shu jumladan mahsulotlarni ishlab chiqarishda (xizmatlarni 
koʻrsatishda) ishtirok etmaydigan mol-mulkka; 
2) transport vositalariga, qimmatli qogʻozlarga, xizmat xonalarining dizayn buyumlariga; 
3) tayyor mahsulot, xom ashyo va materiallardan tashqari boshqa mol-mulkka; 
4) tayyor mahsulotga, xom ashyo va materiallarga.
(8-q.)
Oldingi guruhlardagi mol-mulkning qiymati soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi 
natijalari boʻyicha qaror asosida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq qarzining umumiy summasidan 
kam boʻlgan taqdirda, har bir navbatdagi guruhning mol-mulkini boshqa shaxs ixtiyoriga 


oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir taqiq qoʻllaniladi. Bunda mol-mulkning qiymati 
buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha belgilanadi. 
(9-q.)
Bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish boʻyicha taʼminlash 
choralari tartibida faqat mol-mulkni boshqa shaxs ixtiyoriga oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir 
taqiq qoʻyilganidan keyin va faqat agar bunday mol-mulkning jami qiymati soliq qarzining 
umumiy summasidan kam boʻlsa, qoʻllanilishi mumkin. 
(10-q.)
Bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish soliq tekshiruvi 
natijalari boʻyicha qarorda koʻrsatilgan soliq qarzining umumiy summasi bilan boshqa shaxs 
ixtiyoriga oʻtkazish (garovga qoʻyish) mumkin boʻlmagan mol-mulk qiymati oʻrtasidagi farqqa 
nisbatan yoʻl qoʻyiladi. 
(11-q.)
Oʻziga nisbatan taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan 
shaxsning iltimosiga koʻra soliq organi ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan 
taʼminlash choralarini: 
1) bankning javobgarlikka tortish va (yoki) soliqlarni qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi qarorda 
koʻrsatilgan soliq qarzi summasini oʻziga nisbatan shunday qaror chiqarilgan shaxs ushbu 
summalarni toʻlamagan taqdirda soliq organi tomonidan belgilangan muddatda toʻlashga roziligini 
tasdiqlovchi bank kafolatiga; 
2) qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarni 
garovga qoʻyishga yoki ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda 
rasmiylashtirilgan boshqa mol-mulkni garovga qoʻyishga; 
3) ushbu Kodeksning 108-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan uchinchi 
shaxsning kafilligiga almashtirishga haqlidir. 
(12-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari 
boʻyicha qaror asosida budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan summaga doir amaldagi bank kafolati 
taqdim etilgan taqdirda, soliq organi bu soliq toʻlovchiga ushbu moddaning oltinchi qismida 
nazarda tutilgan taʼminlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas.
(13-q.)
Taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi qarorning va ularni bekor qilish haqidagi 
qarorning koʻchirma nusxalari ular chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida oʻziga nisbatan 
mazkur qarorlar chiqarilgan shaxsga (uning vakiliga) imzo qoʻydirib beriladi yoki olingan sana 
toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. Qarorning koʻchirma nusxasi pochta orqali 
buyurtma xat bilan yuborilganda ushbu nusxa buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran besh 
kun oʻtgach olingan deb hisoblanadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish