O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq nazoratining shakllari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

139-modda. Soliq nazoratining shakllari 
Soliq organlari soliq nazoratini o’z vakolatlari doirasida quyidagi shaklda 
amalga oshiradi: 
1)
soliq tekshiruvlari; 
2)
soliq monitoringi. 
Bojxona organlari tovarlarning O’zbekiston Respublikasining bojxona 
chegarasi orqali olib o’tilishi munosabati bilan to’lanishi lozim bo’lgan soliqlarga 
nisbatan soliq nazoratini o’z vakolatlari doirasida ushbu Kodeksga va bojxona 
to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. 
140-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari 
 
Soliq tekshiruvlari soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga soliq to’lovchilar, 
yig’imlarni to’lovchilar va soliq agentlari tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat 
qilish maqsadida o’tkaziladi. 
Soliq tekshiruvi soliq to’lovchi to’g’risida soliq organlarida mavjud bo’lgan 
ma’lumotlarni o’rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini amalga oshiradi: 
1)
kameral soliq tekshiruvlari; 
2)
sayyor soliq tekshiruvlari; 
3)
soliq auditi. 


142 
141-modda. Kameral soliq tekshiruvi 
 
Kameral soliq tekshiruvi ushbu soliq to’lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim 
etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq to’lovchining 
faoliyati to’g’risida soliq organida mavjud bo’lgan boshqa hujjatlar hamda 
ma’lumotlarni o’rganish va tahlil qilish yo’li bilan soliq organi tomonidan amalga 
oshiriladigan tekshiruvdir. 
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbar o’rinbosarining) 
buyrug’i asosida o’tkaziladi, buyruqda soliq to’lovchining nomi va identifikatsiya 
raqami, tekshiruvchi shaxslarning ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni 
o’tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va 
yig’imlarning turlari ko’rsatiladi.
Kameral soliq tekshiruvi ushbu Kodeksning 91-moddasida belgilangan da’vo 
muddati o’tmagan soliq davrlariga nisbatan o’tkazilishi mumkin. 
Kameral soliq tekshiruvi ko’pi bilan o’ttiz kun o’tkaziladi. 
Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq to’lovchidan (soliq 
agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olishga doir hujjatlarni ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan tartibda so’rab olishi mumkin. 
So’ralgan hujjatlar soliq organiga tegishli so’rov olingan kundan e’tiboran besh 
kalendar kun ichida taqdim etilishi kerak. 
Agar kameral soliq tekshiruvida soliq hisobotida tafovutlar va xatolar 
aniqlansa, soliq organi soliq to’lovchiga bu haqda yozma shaklda yoki soliq 
to’lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda, tegishli tuzatishlar kiritishni 
talab qilgan holda ma’lum qiladi. 
Soliq to’lovchi tuzatishlar kiritish to’g’risidagi talabnomani olgan kundan 
e’tiboran o’n kun ichida tegishli soliqlar va yig’imlar bo’yicha aniqlashtirilgan soliq 
hisobotini yohud aniqlangan tafovutlarning asosnomasini tasdiqlovchi hujjatlarni 
elektron shaklda yoki soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda 
taqdim etgan holda berishi shart.
Soliq to’lovchi soliq organining tegishli talabnomasida ko’rsatilgan, 
aniqlangan tafovutlarning asosi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining 
xulosasini taqdim etishga haqli. Soliq to’lovchining nomidan bunday asosnomani 
soliq maslahatchilari tashkiloti soliq to’lovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida
mustaqil ravishda taqdim etishi mumkin. 
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti, aniqlangan tafovutlarning asosnomasi 
soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilmasa yoki taqdim etilgan asosnoma ishonchli 
emas deb e’tirof etilsa, soliq organi o’ttiz kun ichida soliq to’lovchining soliq 
auditini tayinlaydi. 
Agar soliq to’lovchi kameral soliq tekshiruvi tugaguniga qadar ushbu 
Kodeksning 86-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlashtirilgan soliq 
organining talabnomasida summasi ko’rsatilgan soliq hisobotini taqdim etsa, 
kameral soliq tekshiruvi tugallangan deb hisoblanadi. 


143 
Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi o’tkazilsa, bunday davr 
uchun soliq hisoboti taqdim etilgan taqdirda kameral soliq tekshiruvi o’tkazilmaydi.
Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qo’llanilmaydi. 
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, zimmasiga soliq hisobotini taqdim etish bo’yicha 
majburiyat yuklatilgan soliq agentlariga, boshqa shaxslarga nisbatan ham tatbiq 
etiladi. 
Qo’shilgan qiymat solig’i summasining o’rnini qoplash bo’yicha kameral soliq 
tekshiruvi soliq to’lovchi qo’shilgan qiymat solig’ining summasini qaytarish uchun 
ariza taqdim etgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida, O’zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Kameral soliq tekshiruvi o’tkazish to’g’risidagi nizom O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish