O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to’lovchilarni hisobga qo’yish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

131-modda. Soliq to’lovchilarni hisobga qo’yish 
 
Yuridik shaxslar o’zlari joylashgan erdagi va ularning alohida bo’linmalari 
joylashgan erdagi soliq organlarida hisobga qo’yilishi lozim. 
Tarkibiga O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan alohida bo’linmalar 
kiradigan yuridik shaxslar har bir alohida bo’linma joylashgan erdagi soliq 
organlarida hisobga qo’yilishi lozim. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yirik soliq to’lovchilarni soliq 
organlarida hisobga olishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilashga haqlidir. 
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni filial, vakolatxona yoki doimiy 
muassasa orqali amalga oshirayotgan chet ellik yuridik shaxslar faoliyatni amalga 
oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qo’yilishi lozim. 
Jismoniy shaxslar o’z yashash joyidagi soliq organlarida hisobga qo’yilishi 
lozim. 
Yuridik va jismoniy shaxslar bundan tashqari o’ziga tegishli bo’lgan ko’chmas 
mol-mulk joylashgan erdagi soliq organlarida, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda 
tutilgan asoslarga ko’ra hisobga qo’yilishi lozim. 
Chet ellik yuridik shaxslarni va chet ellik fuqarolarni soliq bo’yicha hisobga 
qo’yishning o’ziga xos xususiyatlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
Ushbu moddaning birinchi – to’rtinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga 
ko’ra soliq organlarida hisobga qo’yish tartibi ushbu Kodeksning 137-moddasida, 
ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra esa – ushbu 
Kodeksning 139-moddasida belgilanadi. 


131 
132-modda. Soliq to’lovchilarni hisobga qo’yish tartibi 
 
Yuridik va jismoniy shaxslarni ushbu Kodeksning 131-moddasida nazarda 
tutilgan tartibda olinadigan ma’lumotlar asosida soliq organlarida hisobga qo’yish, 
agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq organlari 
tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. 
Soliq organlari o’zida mavjud bo’lgan xabarlar va ma’lumotlar asosida soliq 
to’lovchilarning hisobga qo’yilishini (hisobdan chiqarilishini) va soliq to’lovchilar 
to’g’risidagi ma’lumotlarning hisobga olinishini ta’minlashi shart. 
O’zbekiston Respublikasi soliq to’lovchilarining yagona reestridagi 
ma’lumotlar asosida soliq organlarida hisobga qo’yish: 
1)
o’zi joylashgan erdagi, o’zining filiali va (yoki) vakolatxonasi joylashgan 
erdagi yuridik shaxsga; 
2)
O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyatini bo’linma orqali amalga 
oshirish joyidagi chet el notijorat nohukumat tashkilotiga; 
3)
o’zi yashash joyi bo’yicha yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan amalga 
oshiriladi. 
Yuridik shaxslarni ularning alohida bo’linmalari (bundan filiallar va 
vakolatxonalar mustasno) joylashgan erdagi soliq organlarida hisobga qo’yish ushbu 
Kodeks 23-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ushbu yuridik shaxslar 
tomonidan taqdim etiladigan (yuboriladigan) xabarlar asosida amalga oshiriladi. 
Chet ellik yuridik shaxsni faoliyatini akkreditatsiya qilingan filial va (yoki) 
vakolatxona orqali amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qo’yish 
O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan taqdim 
etiladigan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. 
Faoliyatni boshqa alohida bo’linmalar orqali amalga oshirish chog’ida chet 
ellik yuridik shaxsni hisobga qo’yish, agar ushbu moddaning uchinchi qismida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, hisobga qo’yish to’g’risidagi ariza 
asosida amalga oshiriladi. Chet ellik yuridik shaxsni soliq organlarida hisobdan 
chiqarish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. 
Hisobga qo’yish to’g’risidagi ariza chet ellik yuridik shaxs tomonidan u 
O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyatini amalga oshirishni boshlagan kundan 
e’tiboran o’ttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga beriladi. Hisobdan 
chiqarish to’g’risidagi ariza bunday shaxs tomonidan u O’zbekiston Respublikasi 
hududida faoliyatini tugallagan kundan e’tiboran o’n besh kalendar kundan 
kechiktirmay beriladi. 
Hisobga qo’yish (hisobdan chiqarish) to’g’risidagi ariza berilayotganda chet 
ellik yuridik shaxs mazkur ariza bilan bir vaqtda soliq organiga hisobga qo’yish 
(hisobdan chiqarish) uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim etadi. Bunday 
hujjatlarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Chet ellik yuridik shaxsni O’zbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida 
soliq organida hisobga qo’yish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan bunday 
chet ellik yuridik shaxsning o’zini O’zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb 


132 
e’tirof etishi to’g’risidagi (O’zbekiston Respublikasining soliq rezidenti maqomidan 
voz kechishi haqidagi) arizasi asosida amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxsni soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul 
ishtirokchisi sifatida hisobga qo’yish ushbu Kodeksning 67-moddasiga muvofiq 
soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to’g’risidagi 
shartnomani ro’yxatdan o’tkazgan soliq organi tomonidan shartnoma ro’yxatga 
olingan sanadan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi. Xuddi shu muddatda 
ushbu yuridik shaxsga soliq organida soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida hisobga olinganligi haqida bildirishnoma 
beriladi (yuboriladi). 
Yuridik shaxsni soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul 
ishtirokchisi sifatida hisobdan chiqarish soliq organi tomonidan ushbu Kodeksning 
71-moddasiga muvofiq soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining amal 
qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi. Aynan shu 
muddatda 
ushbu 
yuridik 
shaxsga 
soliq 
organida 
soliq 
to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan 
guruhining 
mas’ul ishtirokchisi sifatida hisobdan 
chiqarilganligi haqida bildirishnoma beriladi (yuboriladi). 
Yakka tartibdagi tadbirkorlar bo’lmagan jismoniy shaxslarga ushbu 
Kodeksning 290-moddasida ko’rsatilgan, O’zbekiston Respublikasi hududi 
realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar 
ko’rsatuvchi hamda hisob-kitoblarni bevosita mazkur jismoniy shaxslar bilan 
amalga oshiradigan chet ellik yuridik shaxsni soliq organida hisobga qo’yish 
(hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan hisobga qo’yish (hisobdan chiqarish) 
to’g’risidagi ariza va boshqa hujjatlar asosida, O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha amalga oshiriladi. Soliq agenti 
deb e’tirof etiladigan vositachi bo’lgan chet ellik yuridik shaxsni soliq organida 
hisobga qo’yish (hisobdan chiqarish) xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. 
Hisobga qo’yish (hisobdan chiqarish) to’g’risidagi ariza ushbu bandda 
ko’rsatilgan chet el tashkilotlari tomonidan soliq organiga mazkur xizmatlar 
ko’rsatish boshlangan (tugallangan) kundan e’tiboran o’ttiz kalendar kundan 
kechiktirmay beriladi. Hisobga qo’yish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan 
tegishli ariza va ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari talablari 
ushbu bandda ko’rsatilgan chet ellik yuridik shaxs tomonidan buzilgan taqdirda 
soliq organi bunday yuridik shaxs tegishli ariza taqdim etmagan holda uni soliq 
hisobidan chiqarishga haqli. 
Soliq organida avval mazkur asoslarga ko’ra hisobdan chiqarilgan chet ellik 
yuridik shaxsni hisobga qo’yish soliq organi tomonidan hisobga qo’yish 
to’g’risidagi ariza va ushbu moddaning o’n ikkinchi qismida ko’rsatilgan hujjatlar 
asosida amalga oshiriladi. 
Ushbu modda o’n ikkinchi – o’n beshinchi qismlarining qoidalari mazkur 
xizmatlarni elektron shaklda ko’rsatuvchi yoki bunday xizmatlarni ko’rsatish 
chog’ida bevosita o’zining O’zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari 


133 
orqali vositachilar sifatida ish yurituvchi chet ellik yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq 
etilmaydi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga taalluqli bo’lmagan jismoniy shaxslarni soliq 
organlarida hisobga qo’yish ushbu Kodeksning 131-moddasida ko’rsatilgan 
organlar tomonidan taqdim etiladigan axborot asosida yoki jismoniy shaxslarning 
arizalari asosida ushbu jismoniy shaxslarning yashash joyidagi soliq organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Yashash joyi soliq solish maqsadida jismoniy shaxsning turgan joyi bo’yicha 
belgilanadigan jismoniy shaxslar o’zi turgan joydagi soliq organiga soliq organlarida 
hisobga qo’yish to’g’risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli. 
Soliq to’lovchida hisobga qo’yish joyini belgilashga doir qiyinchiliklar yuzaga 
kelgan taqdirda, u taqdim etgan ma’lumotlar asosida soliq organi tomonidan qaror 
qabul qilinadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish