O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
IV 
Bo’lim. Soliq to’lovchilarni va soliq solish ob’ektlarini 
hisobga olish 
 
16-bob. Soliq to’lovchilarni hisobga qo’yish 
 
129-modda. Soliq to’lovchilarni hisobga qo’yish to’g’risidagi 
umumiy qoidalar 
 
Soliq nazoratini o’tkazish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar soliq 
organlarida hisobga qo’yilishi lozim. 
O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lgan shaxslarni mazkur 
hisobga qo’yish u yoki bu soliqni to’lash bo’yicha majburiyatning yuzaga kelishini 
ushbu Kodeks bog’laydigan holatlar mavjudligidan qat’i nazar amalga oshiriladi. 
Hisobga qo’yish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi. 
Soliq organi tomonidan soliq to’lovchiga identifikatsiya raqami berilganligi 
to’g’risidagi guvohnoma yoki soliq to’lovchi bir vaqtning o’zida soliq organlari va 
davlat statistikasi organlarida hisobga qo’yilib, davlat ro’yxatidan o’tkazilganda, 
davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma soliq to’lovchining 
hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi soliq to’lovchilarni hisobga 
qo’yish ma’lumotlari asosida O’zbekiston Respublikasi soliq to’lovchilarining 
yagona reestrini yuritadi. 
O’zbekiston Respublikasi soliq to’lovchilarining yagona reestridagi 
ma’lumotlar tarkibi va uni yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
Agar ushbu Kodeksning 30-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, soliq to’lovchi to’g’risidagi ma’lumotlar u soliq organida hisobga qo’yilgan 
paytdan e’tiboran soliq siri hisoblanadi. 
130-modda. Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami 
Hisobga qo’yilganda har bir soliq to’lovchiga O’zbekiston Respublikasining 
butun hududida yagona bo’lgan soliq to’lovchining identifikatsiya raqami beriladi 
va uning hisobga olishga doir ma’lumotlari O’zbekiston Respublikasi soliq 
to’lovchilarining yagona reestriga kiritiladi. 
Soliq to’lovchiga identifikatsiya raqamini berish, uni qo’llashi va o’zgartirish 
tartibi hamda shartlari O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
belgilanadi. 
Soliq organi soliq to’lovchining identifikatsiya raqamini unga yuboriladigan 
barcha hujjatlarda ko’rsatadi. 


130 
Har bir soliq to’lovchi o’zining soliq to’lovchining identifikatsiya raqamini 
soliq organiga taqdim etiladigan soliq hisobotida, arizada yoki boshqa hujjatda, 
shuningdek, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ko’rsatadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor bo’lmagan jismoniy shaxs soliq organlariga taqdim 
etiladigan hujjatlarda soliq to’lovchining identifikatsiya raqamini ko’rsatmaslikka 
haqli bo’lib, bunda ushbu Kodeks 140-moddasining uchinchi qismida nazarda 
tutilgan o’z shaxsiga doir ma’lumotlarni ko’rsatib o’tadi. 
Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami bundan tashqari quyidagilarda 
albatta ko’rsatiladi: 
1)
faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanishga doir litsenziyalarda; 
2)
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo’jalik, 
fuqarolik-huquqiy hamda mehnat shartnomalarida; 
3)
yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bitimlar 
tuzilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-
fakturalarda hamda transport hujjatlarida; 
4)
pul bilan hisob-kitob qilinadigan to’lov hujjatlarida; 
5)
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish