126
4) ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etish uchun mo’ljallangan xom ashyo va
materiallarga nisbatan,
shuningdek dastgohlar, uskunalar, binolar, inshootlar va
boshqa asosiy vositalarga nisbatan;
5) boshqa shaxslarga egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish shartnomasi
bo’yicha, ushbu mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi ularga o’tkazilmagan holda,
topshirilgan mol-mulkka nisbatan, agar soliqni to’lash bo’yicha
majburiyatning
bajarilishini ta’minlash uchun bunday shartnomalar belgilangan tartibda bekor
qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo’lsa;
6) boshqa mol-mulkka nisbatan, bundan yakka tartibdagi tadbirkor yoki uning
oila a’zolari kundalik shaxsiy foydalanishi uchun mo’ljallangan, O’zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan boshqa mol-mulk
mustasno.
Soliq qarzini majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan undirishning
ushbu moddaning to’rtinchi qismida belgilangan ketma-ketligi buzilishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Soliq qarzini majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan undirish soliq
organi rahbarining (rahbar o’rinbosarining) qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.
Soliq qarzini majbur shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to’g’risidagi
qaror soliq qarzini uzish to’g’risida ushbu shaxsga yuborilgan talabnomani bajarish
muddati o’tganidan keyin bir yil ichida qabul qilinadi. Ko’rsatilgan
muddat
o’tganidan keyin qabul qilingan shunday qaror haqiqiy emas deb hisoblanadi va
bajarilmaydi.
Ko’rsatilgan muddat o’tkazib yuborilgan taqdirda, soliq organi majburiyatga
ega shaxsdan soliq qarzining to’lanmagan summasini undirish to’g’risidagi ariza
bilan sudga murojaat etishi mumkin. Bunday ariza soliq qarzini uzish to’g’risidagi
talabnomani bajarish muddati o’tgan kundan e’tiboran ikki yil ichida sudga berilishi
mumkin. Ariza berishning uzrli sababga ko’ra o’tkazib yuborilgan muddati sud
tomonidan tiklanishi mumkin.
Soliq organi majburiyatga ega bo’lgan shaxsning
mol-mulki hisobidan soliq
qarzini undirish to’g’risida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida
tegishli qarorni qog’ozda yoki elektron shaklda ushbu moddada nazarda tutilgan
xususiyatlarni inobatga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ijro etish uchun majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborishi
kerak.
Soliq organining ushbu moddaning to’qqizinchi qismida ko’rsatilgan qarorni
majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborish shakli va tartibi, shuningdek uning
mazmuni O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi.
Ijro harakatlari va qarorda mavjud bo’lgan talablar davlat ijrochisi tomonidan,
soliq qarzini majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to’g’risidagi
qaror o’ziga kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oylik muddatda bajarilishi hamda
ijro etilishi kerak.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, shuningdek O’zbekiston
Respublikasining bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarni
127
inobatga olgan holda bojxona organlari tomonidan soliq
qarzini undirishda ham
qo’llaniladi.
Soliq
qarzini
soliq
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi
ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirish xususiyatlari ushbu
Kodeksning 127-moddasida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: