O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

113-modda. Penyalar 
 
Soliq to’lovchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan soliqlarni 
to’lash muddatini buzgan taqdirda to’lashi lozim bo’lgan pul summasi penya deb 
e’tirof etiladi. 
Tegishli penyalarning summasi to’lanishi lozim bo’lgan soliq summalaridan 
tashqari va soliqni to’lash bo’yicha majburiyatning bajarilishini ta’minlashga doir 
boshqa chora-tadbirlar, shuningdek soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik 
uchun javobgarlik choralari qo’llanilishidan qat’i nazar to’lanadi. 
Penyalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, 
soliqni to’lash bo’yicha majburiyatni bajarish kechiktirilgan har bir kalendar kun 
uchun, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan soliqni to’lash kunidan 
keyingi kundan boshlab hisoblanadi.
Kechiktirish (bo’lib-bo’lib to’lash) imkoniyatini berish to’g’risida ariza 
topshirish to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasiga penyalar hisoblanishini 
to’xtatib turmaydi.
Soliq to’lovchi uning mol-mulki soliq organining qaroriga ko’ra xatlab 
qo’yilgani yoxud sudning qaroriga ko’ra uning bankdagi hisobvaraqlari bo’yicha 
operatsiyalarni to’xtatib turish yoki uning pul mablag’lari yoxud mol-mulki xatlab 
qo’yilishi tarzida ta’minlash choralari ko’rilgani tufayli soliq to’lovchi uza olmagan 
soliq bo’yicha qarz summasiga penya hisoblanmaydi. Mazkur holda penyalar 
ko’rsatib o’tilgan holatlarning butun amal qilish davri uchun hisoblanmaydi. 
Soliqni hisoblash va to’lash tartibi haqida yoki soliq to’g’risidagi qonun 
hujjatlarini qo’llashga doir boshqa masalalar bo’yicha moliya yoki soliq organi 
(uning mansabdor shaxsi) tomonidan o’z vakolati doirasida soliq to’lovchiga yoki 
nomuayyan doiradagi shaxslarga berilgan yozma tushuntirishlarni bajarishi 
natijasida soliq to’lovchida hosil bo’lgan soliq bo’yicha qarz summasiga penya 
hisoblanmaydi.


112 
Penyalar soliq monitoringini o’tkazish jarayonida soliq to’lovchiga yuborilgan 
soliq organining asoslantirilgan fikrini bajarishi natijasida soliq to’lovchida hosil 
bo’lgan soliq bo’yicha qarz summasiga ham hisoblanmaydi. 
Ushbu moddaning oltinchi va ettinchi qismlarida ko’rsatilgan holatlar, shu 
organning mohiyati va mazmuniga ko’ra soliq qarzi hosil bo’lgan soliq (hisobot) 
davrlariga taalluqli tegishli hujjat mavjud bo’lgan taqdirda, shunday hujjat 
chiqarilgan sanadan qat’i nazar, aniqlanadi. 
Ushbu moddaning oltinchi va ettinchi qismlari qoidalari, agar soliq organining 
mazkur yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq to’lovchi tomonidan 
taqdim etilgan to’liq bo’lmagan yoki noto’g’ri axborotga asoslangan bo’lsa, 
qo’llanilmaydi.
Har bir kechiktirilgan kun uchun penyalar soliqning to’lanmagan summasidan 
kelib chiqib foizlarda belgilanadi. 
Penyaning foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu 
davrda amalda bo’lgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng etib 
qabul qilinadi. 
Penyalar ana shu maqsadlar uchun maxsus ochilgan hisobvaraqlarga tegishli 
soliq alohida to’lov topshirig’i bilan to’lanadigan byudjetga yoki davlat maqsadli 
jamg’armasiga to’lanadi. 
Penyalar soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlaridagi pul mablag’lari 
hisobidan, shuningdek soliq to’lovchining boshqa mol-mulki hisobidan ushbu 
Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda undirilishi 
mumkin. 
Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy 
ravishda undirish ushbu Kodeksning 124–126-moddalarida nazarda tutilgan 
tartibda, 
boshqa 
jismoniy 
shaxslardan 
esa 
– 
ushbu 
Kodeksning
128-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Ushbu Kodeks 123-moddasining sakkizinchi – o’ninchi qismlarida nazarda 
tutilgan hollarda yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani 
majburiy ravishda undirish sud tartibida amalga oshiriladi. 
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlariga ham tatbiq etiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish