O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

104-modda. 
Kechiktirish 
yoki 
bo’lib-bo’lib to’lash 
imkoniyatini


100 
berish tartibi 
 
Soliqni to’lash bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini 
berish to’g’risidagi ariza manfaatdor shaxs tomonidan tegishli vakolatli organga 
beriladi. 
Kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish to’g’risidagi arizaga 
quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
1) ushbu shaxs hisobga olingan joydagi soliq organining uning soliqlar, 
penyalar va jarimalar bo’yicha hisob-kitoblari holati to’g’risidagi ma’lumotnomasi; 
2) ushbu shaxs hisobga olingan joydagi soliq organining mazkur shaxsga 
banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlar ro’yxati ko’rsatilgan ma’lumotnomasi; 
3) ushbu shaxsning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha ko’rsatilgan ariza 
berilishidan oldingi har bir oy uchun olti oydagi har oylik pul mablag’lari aylanishi 
to’g’risidagi, shuningdek uning haqi to’lanmagan hisob-kitob hujjatlarining tegishli 
kartotekasiga joylashtirilgan hisob-kitob hujjatlari mavjudligi to’g’risidagi yoxud 
ushbu 
kartotekada 
ularning 
mavjud 
emasligi 
to’g’risida banklarning 
ma’lumotnomalari; 
4) ushbu shaxsning banklardagi barcha hisobvaraqlaridagi pul mablag’larining 
qoldiqlari to’g’risida banklarning ma’lumotnomalari; 
5) ushbu shaxs kontragentlarining – debitorlarining ro’yxati, tegishli 
kontragentlar – debitorlar bilan tuzilgan shartnomalarining narxlari (boshqa 
majburiyatlarning miqdorlari va ularning yuzaga kelishi asoslari) va ularning 
bajarilish muddatlari, shuningdek mazkur shartnomalarning (holat yuzaga 
kelishining boshqa asoslari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning) ko’chirma 
nusxalari ko’rsatilgan holda; 
6) ushbu shaxsning soliqni to’lash muddati o’zgartirilgan davrda kechiktirish 
yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish to’g’risidagi qaror qaysi shartlarga 
ko’ra qabul qilingan bo’lsa o’sha shartlarga rioya etilishini nazarda tutuvchi 
majburiyati, shuningdek qarzni uzishning qaror bilan mo’ljallangan jadvali; 
7) soliqni to’lash muddatini o’zgartirish asoslari mavjudligini tasdiqlovchi, 
ushbu moddaning uchinchi-sakkizinchi qismlarida ko’rsatilgan hujjatlar. 
Ushbu Kodeks 103-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida ko’rsatilgan asos 
bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish to’g’risidagi 
arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 
1) manfaatdor shaxsga nisbatan uning ushbu ariza bilan murojaat etishi uchun 
asos bo’lgan engib bo’lmas kuch holatlari vujudga kelganligi fakti to’g’risidagi 
xulosa; 
2) ko’rsatilgan holatlar natijasida ushbu shaxsga etkazilgan zararni baholash 
dalolatnomasi. 
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko’rsatilgan hujjatlar ijro etuvchi 
hokimiyat organi (davlat organi, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki fuqaro 
muhofazasi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish 
sohasidagi vakolatli tashkilotlar tomonidan tuziladi. 


101 
Ushbu Kodeks 103-moddasining ikkinchi qismi 2-bandida ko’rsatilgan asos 
bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish to’g’risidagi 
arizaga bunday asos mavjudligini va byudjetdan moliyalashtirish hisobiga ushbu 
shaxsga kelib tushmagan summani yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat 
buyurtmasining, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat organlarining ehtiyojlari 
uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko’rsatilgan xizmatlarning haqi to’langanligini 
tasdiqlovchi moliyaviy organning hujjati ilova qilinadi. 
Ushbu Kodeks 103-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida ko’rsatilgan 
asosning mavjudligi manfaatdor shaxsning moliyaviy holatini tahlil qilish natijalari 
bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi yoki u vakolat bergan 
soliq organi tomonidan aniqlanadi. Bunday tahlil O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi bilan kelishuvga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadigan uslubiyotga muvofiq o’tkaziladi. 
Ushbu Kodeks 103-moddasining ikkinchi qismi 4-bandida ko’rsatilgan asos 
bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish to’g’risidagi 
arizaga jismoniy shaxsning ko’char va ko’chmas mol-mulki (bundan O’zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin 
bo’lmagan mol-mulk mustasno) to’g’risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi. 
Ushbu Kodeks 103-moddasining ikkinchi qismi 5-bandida ko’rsatilgan asos 
bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish to’g’risidagi 
arizaga manfaatdor shaxs tomonidan tuzilgan, ushbu shaxsning umumiy 
daromadlarida uning mavsumiy xususiyatga ega bo’lgan faoliyatdan olingan 
daromadlarining ulushi kamida 50 foizni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat ilova 
qilinadi. 
Mavsumiy xususiyatga ega bo’lgan tarmoqlar va faoliyat turlarining ro’yxati 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Soliqni to’lash bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini 
berish to’g’risidagi arizada manfaatdor shaxs ushbu bobga muvofiq qarz summasiga 
hisoblangan foizlarni to’lash majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
Vakolatli organning talabiga ko’ra manfaatdor shaxs garov predmeti bo’lishi 
mumkin bo’lgan mol-mulk to’g’risidagi hujjatlarni, kafillik xatini yoki bank 
kafolatini taqdim etadi. 
Manfaatdor shaxsning iltimosnomasi bo’yicha vakolatli organ manfaatdor 
shaxs tomonidan qarz summasining to’lanishini vaqtinchalik (ariza ko’rib 
chiqiladigan davrda) to’xtatib turish to’g’risida qaror qabul qilishga haqli. Bunday 
qarorning ko’chirma nusxasi manfaatdor shaxs tomonidan o’zi hisobga olingan 
joydagi soliq organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda 
taqdim etiladi. 
Soliq bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish yoki 
uni berishni rad etish to’g’risidagi qaror vakolatli organ tomonidan manfaatdor 
shaxsning arizasi olingan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida qabul qilinadi.
Kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish to’g’risidagi 
qarorda quyidagilar ko’rsatilishi kerak: 
1) qarz summasi; 


102 
2) kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash bo’yicha imkoniyat berilayotgan 
soliq; 
3) qarz summasini va hisoblangan foizlarni to’lash muddatlari hamda tartibi. 
Tegishli hollarda kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish 
to’g’risidagi qarorda garov predmeti bo’lgan mol-mulk to’g’risidagi hujjatlar, 
kafillik yoki bank kafolati ko’rsatilishi kerak.
Soliqni to’lash bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini 
berish to’g’risidagi qaror, ushbu qarorda belgilangan kundan e’tiboran amal qiladi. 
Bunda soliqni to’lash uchun belgilangan kundan e’tiboran ushbu qaror kuchga 
kiradigan kunga qadar bo’lgan butun vaqt uchun tegishli penyalar, agar to’lovning 
belgilangan muddati ushbu qaror kuchga kiradigan kundan oldin bo’lsa, qarz 
summasiga kiritiladi. 
Agar soliqni to’lash bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati 
mol-mulk garovi ostida berilsa, uni berish to’g’risidagi qaror faqat ushbu 
Kodeksning 110-moddasida nazarda tutilgan tartibda mol-mulk garovi to’g’risidagi 
shartnoma tuzilgandan keyingina amal qiladi. 
Soliqni to’lash bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini 
berishni rad etish to’g’risidagi qaror asoslantirilgan bo’lishi kerak. 
Soliqni to’lash bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini 
berishni rad etish to’g’risidagi qaror ustidan manfaatdor shaxs O’zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlarda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. 
Soliqni to’lash bo’yicha kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini 
berish yoki uni berishni rad etish to’g’risidagi qarorning ko’chirma nusxasi vakolatli 
organ tomonidan bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kunlik 
muddatda manfaatdor shaxsga va ushbu shaxs hisobga olingan joydagi soliq 
organiga yuboriladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish