O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga topshirishda



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

96-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga topshirishda 
soliq
majburiyatini bajarish 
 
Ishonchli boshqaruvchi tomonidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni 
amalga oshirish jarayonida (olingan, olinishi lozim bo’lgan) daromad, amalga 
oshirilgan xarajatlar, shuningdek xarid qilingan va (yoki) olingan mol-mulk, agar 
ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, mol-mulkni ishonchli 
boshqarish shartnomasi bo’yicha boshqaruvni ta’sis etuvchining daromadlari
xarajatlari va mol-mulki hisoblanadi. 
Mol-mulkning ishonchli boshqaruvini ta’sis etish to’g’risidagi shartnomada 
nazarda tutilgan pul mukofoti ishonchli boshqaruvchining ishonchli boshqaruvdan 
keladigan daromadidir. Ishonchli boshqaruvni amalga oshirish bilan bog’liq 
xarajatlar, agar ko’rsatilgan shartnomada ishonchli boshqaruvchining xarajatlari 
o’rnini boshqaruvning ta’sis etuvchisi (naf oluvchi) hisobidan qoplash nazarda 
tutilmagan bo’lsa, ishonchli boshqaruvchining xarajatlari deb e’tirof etiladi. 
Ishonchli boshqaruvchining ishonchli boshqaruv xizmatlari uchun mukofot 
puli tarzidagi daromadi boshqaruvni ta’sis etuvchining (naf oluvchining) xarajati 
hisoblanadi. 
Boshqaruvni ta’sis etuvchining (naf oluvchining) soliq majburiyatlarini 
bajarish: 
1) qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha – ushbu Kodeksning X bo’limida 
belgilangan hollarda va tartibda ishonchli boshqaruvchiga yuklanadi; 
2) soliqlar va yig’imlar bo’yicha, qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari –
bunday boshqaruvning ta’sis etuvchisi (naf oluvchisi) tomonidan, agar ushbu 
qismning 3-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, mol-mulkning 
ishonchli boshqaruvini ta’sis etish to’g’risidagi shartnoma asosida ishonchli 
boshqaruvchiga yuklatilishi mumkin; 


92 
3) agar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan jismoniy 
shaxs boshqaruvning ta’sis etuvchisi (naf oluvchisi) bo’lsa, barcha soliqlar va 
yig’imlar bo’yicha to’liq ishonchli boshqaruvchiga yuklanadi. Bunda ishonchli 
boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo’yicha mukofot puli 
tarzida olingan daromad bo’yicha ushbu Kodeksning XIII bo’limida belgilangan 
tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’laydi.
Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasi tuzilgan sanadan 
e’tiboran ishonchli boshqarish shartnomasi bo’yicha soliqlarni hisoblab chiqarish, 
to’lash yoki ushlab qolish va to’lash bo’yicha soliq majburiyatlarini bajaradi.
Boshqaruvni ta’sis etuvchi (naf oluvchi) mol-mulk ishonchli boshqaruvga 
topshirilishi munosabati bilan o’zida yuzaga keladigan soliq majburiyatlarini, soliq 
majburiyatlarini bajarish (qo’shimcha qiymat solig’i bo’yicha majburiyatlardan 
tashqari) ishonchli boshqaruvchiga yuklatilmagan hollarda yoxud mol-mulk 
norezident hisoblanuvchi ishonchli boshqaruvchiga ishonchli boshqarishga 
topshirilgan taqdirda, mustaqil ravishda bajaradi.
Ishonchli boshqaruvchi soliq solish ob’ektlarining va (yoki) soliq solish bilan 
bog’liq ob’ektlarning boshqaruvni ta’sis etuvchining (naf oluvchining) 
manfaatlarida amalga oshiriladigan ishonchli boshqaruv faoliyati bo’yicha va 
boshqa faoliyat bo’yicha alohida-alohida hisobini yuritishi shart. 
Boshqaruvni ta’sis etuvchining (naf oluvchining) mol-mulkini ishonchli 
boshqaruvchiga topshirish bunday mol-mulkni realizatsiya qilish hisoblanmaydi va 
ishonchli boshqaruvchining daromadi deb e’tirof etilmaydi.
Ishonchli boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruvga olingan mol-mulkni 
ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugaganda qaytarish 
bunday mol-mulkni realizatsiya qilish hisoblanmaydi va ishonchli boshqaruvga 
topshirilgan mol-mulkning, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi kuchga 
kirgan paytdagi hamda shartnoma tugatilgan paytdagi qiymati o’rtasida ijobiy 
(salbiy) farq yuzaga kelishidan qat’i nazar, boshqaruvni ta’sis etuvchining daromadi 
(zarari) deb e’tirof etilmaydi. 
Soliqlar summasini hisoblab chiqarish va byudjet tizimiga to’lash, shuningdek 
boshqaruvni ta’sis etuvchi (naf oluvchi) uchun soliq va moliya hisobotini tuzish 
hamda taqdim etish bo’yicha soliq majburiyatini bajarish ishonchli boshqaruvchiga 
yuklatilgan hollarda, bunday soliq majburiyatini bajarish ishonchli boshqaruvchi 
hisoblanuvchi shaxs nomidan ushbu Kodeksning Maxsus qismida ishonchli 
boshqaruvchi taalluqli bo’lgan shaxslar uchun belgilangan stavkalar va tartibda 
amalga oshiriladi. Bunda ishonchli boshqaruvchi soliq va moliya hisobotini 
quyidagi tartibda tuzadi hamda soliq organiga taqdim etadi: 
1) umuman barcha faoliyat bo’yicha, shu jumladan boshqaruvni ta’sis etuvchi 
(naf oluvchi) manfaatlarini ko’zlab amalga oshiriladigan faoliyatni qo’shgan 
holda – agar boshqaruvni ta’sis etuvchi (naf oluvchi) va ishonchli boshqaruvchi soliq 
solishning bir xil shartlarini (rejimlarini) qo’llayotgan bo’lsa; 
2) har bir faoliyat turi bo’yicha alohida-alohida – agar boshqaruvni ta’sis 
etuvchi (naf oluvchi) va ishonchli boshqaruvchi soliq solishning har xil shartlarini 
(rejimlarini) qo’llayotgan bo’lsa. 


93 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish