O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Yuridik shaxs tugatilganda soliq majburiyatini



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

94-modda. Yuridik shaxs tugatilganda soliq majburiyatini
bajarish
 
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliq majburiyati mazkur yuridik shaxsning 
pul mablag’lari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul 
mablag’lari hisobiga tugatuvchi tomonidan bajariladi. 
Agar tugatilayotgan yuridik shaxsning pul mablag’lari, shu jumladan uning 
mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablag’lari uning soliq qarzini to’liq 
hajmda uzish uchun etarli bo’lmasa, to’lanmay qolgan qarz mazkur yuridik 
shaxsning muassislari (ishtirokchilar) tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlarda belgilangan doirada va tartibda uzilishi mumkin. 


89 
Yuridik shaxs tugatilganda soliq majburiyatini mazkur yuridik shaxsning 
boshqa kreditorlari bilan hisob-kitoblari o’rtasida soliq majburiyatini bajarish 
navbati O’zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Tugatilayotgan yuridik shaxs tomonidan ortiqcha to’langan yoki undan 
ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summalari soliq organi tomonidan 
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda boshqa soliqlar bo’yicha soliq qarzini uzish 
hisobiga hisobga olinishi lozim. 
Ortiqcha to’langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarning (penyalar, 
jarimalarning) hisobga olinishi lozim bo’lgan summasi boshqa soliqlar bo’yicha 
soliq qarziga mutanosib ravishda yoki tugatuvchining qaroriga binoan taqsimlanadi. 
Tugatilayotgan yuridik shaxsda soliq qarzi bo’lmagan taqdirda uning 
tomonidan ortiqcha to’langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, 
jarimalar) summasi shu yuridik shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda, u 
ariza bergan kundan e’tiboran o’n besh kundan kechiktirmay, qaytarilishi lozim. 
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar O’zbekiston Respublikasining 
bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o’tish munosabati bilan soliqlar to’lashda 
ham qo’llaniladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish