O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliqlarni o’tkazishga doir to’lov



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

93-modda. Soliqlarni o’tkazishga doir to’lov 
topshiriqnomalarning banklar tomonidan bajarilishi
Banklar soliq to’lovchining soliqni byudjet tizimiga o’tkazishga doir to’lov 
topshiriqnomasini 
(bundan 
buyon 
ushbu 
moddada 
soliq 
to’lovchining 
topshiriqnomasi deb yuritiladi), shuningdek soliqni byudjet tizimiga soliq 
to’lovchining pul mablag’lari hisobidan o’tkazishga doir soliq organining inkasso 
topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq organining inkasso 
topshiriqnomasi deb yuritiladi) bajarishi shart. 
Soliq to’lovchining mazkur topshiriqnomalari va soliq organining inkasso 
topshiriqnomalari O’zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlarida 
belgilangan navbat bo’yicha bajarilishi lozim.
Soliq to’lovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso 
topshiriqnomasi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, 
bunday topshiriqnoma olingan kundan keyingi bir operatsiya kuni ichida bank 
tomonidan bajariladi. 
Soliq to’lovchining hisobvarag’ida pul mablag’lari mavjud bo’lgan taqdirda, 
soliq 
to’lovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso 
topshiriqnomasini bajarishni bank bajarishni kechiktirishga haqli emas.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasasida ochilgan bank 
vakillik hisobvarag’ida pul mablag’lari yo’qligi (etarli emasligi) munosabati bilan 
soliq to’lovchining topshiriqnomasini belgilangan muddatda bajarish imkoni 
bo’lmaganda, bank belgilangan muddat o’tadigan kundan keyingi kun ichida 
topshiriqnomaning bajarilmagani (qisman bajarilgani) to’g’risida bank joylashgan 
erdagi soliq organiga va soliq to’lovchiga xabar qilishi shart. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasasida ochilgan soliq 
to’lovchining hisobvarag’ida yoki bank vakillik hisobvarag’ida pul mablag’lari 


88 
yo’qligi (etarli emasligi) munosabat bilan soliq organining inkasso 
topshiriqnomasini belgilangan muddatda bajarish imkoni bo’lmaganda, bank 
belgilangan muddat o’tadigan kundan keyingi kun ichida topshiriqnomaning 
bajarilmagani (qisman bajarilgani) to’g’risida ushbu topshiriqnomani yuborgan 
soliq organiga va bank joylashgan erdagi soliq organiga (uning alohida 
bo’linmasiga) xabar qilishi shart.
Soliq 
to’lovchi 
topshiriqnomasining 
yoki 
soliq 
organi 
inkasso 
topshiriqnomasining bajarilmagani (qisman bajarilgani) to’g’risidagi bank 
xabarnomasining shakli va uni elektron shaklda uzatish tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bilan kelishilgan holda O’zbekiston 
Respublikasining Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim 
darajada bajarilmaganligi uchun banklar ushbu Kodeksda belgilangan tarzda 
javobgar bo’ladi.
Javobgarlik 
choralarining 
qo’llanilishi bankni soliq to’lovchining 
topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarish 
majburiyatidan ozod etmaydi. 
Bank soliq to’lovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso 
topshiriqnomasini bajarish majburiyatini belgilangan muddatda bajarmagan yoki 
lozim darajada bajarmagan taqdirda ushbu bankka nisbatan o’tkazilmagan 
summalarni undirish choralari qo’llaniladi.
Bunday undirish ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibga 
o’xshash tartibda bankning pul mablag’lari hisobidan va (yoki) ushbu Kodeksning 
126-moddasida nazarda tutilgan tartibda boshqa mol-mulk hisobidan amalga 
oshiriladi. 
Banklar tomonidan soliq to’lovchilarning topshiriqnomalari va soliq 
organlarining 
inkasso 
topshiriqnomalari 
bajarilgan 
taqdirda 
ko’rsatilgan 
operatsiyalar bo’yicha xizmat ko’rsatilganligi uchun banklar tomonidan haq 
undirilmaydi. Soliq to’lovchilarga yoki soliq agentlariga ortiqcha to’langan 
(undirilgan) soliqlar, penyalar va jarimalar summalarini qaytarish bo’yicha 
topshiriqnomalar bajarilmagan taqdirda ko’rsatilgan operatsiyalar bo’yicha xizmat 
ko’rsatilganligi uchun ham haq undirilmaydi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish