O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-bob. Soliq majburiyatini bajarish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

10-bob. Soliq majburiyatini bajarish 
 
92-modda. Soliqlar va yig’imlarni to’lash 
 
Soliqni to’lash, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. 
Chet el valyutasida hisoblab chiqarilgan soliq summasini O’zbekiston 
Respublikasining milliy valyutasida qaytadan hisoblash O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining soliqni to’lash sanasidagi rasmiy kursi bo’yicha amalga 
oshiriladi. 
Soliq to’lovchining soliqni to’lash bo’yicha majburiyati, agar ushbu 
moddaning to’rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, quyidagi 
hollarda bajarilgan deb e’tirof etiladi: 
1) pul mablag’larini soliq to’lovchining bankdagi hisobvarag’idan byudjet 
tizimiga tegishli g’aznachilik hisobvarag’iga o’tkazishga doir topshiriqnoma bankka 
taqdim etilgan paytdan e’tiboran, ushbu hisobvaraqda to’lov kunida etarlicha pul 
qoldig’i mavjud bo’lgan taqdirda; 
2) bankka taqdim etilgan naqd pul mablag’larini byudjet tizimiga bankda 
hisobvaraq ochmasdan g’aznachilikning tegishli hisobvarag’iga o’tkazishga doir 
topshiriqnoma bankka topshirilgan paytdan e’tiboran. Bunday qoida soliqni to’lash 
uchun pul mablag’lari etarlicha bo’lgan taqdirda, faqat jismoniy shaxslar tomonidan 
soliqni to’lashda qo’llaniladi; 
3) bankka yoki aloqa bo’limiga byudjet tizimiga g’aznachilikning tegishli 
hisobvarag’iga o’tkazish uchun naqd pul mablag’lari kiritilgan kundan e’tiboran. 
Bunday qoida soliqni to’lash uchun pul mablag’lari etarlicha bo’lgan taqdirda, faqat 
jismoniy shaxslar tomonidan soliqni to’lashda qo’llaniladi; 
4) g’aznachilikda shaxsiy hisobvarag’i ochilgan yuridik shaxsning shaxsiy 
hisobvarag’ida tegishli pul mablag’larini byudjet tizimiga o’tkazishga doir 
operatsiya aks ettirilgan paytdan e’tiboran; 
5) soliq organi tomonidan ortiqcha to’langan summalarni yoki ortiqcha 
undirilgan soliqlar summalarini, penyalarni, tegishli soliqni to’lash bo’yicha 
majburiyatning bajarilishi hisobiga jarimalarni hisobga olish to’g’risidagi qaror 
chiqarilgan kundan e’tiboran; 
6) soliq summalari soliq agenti tomonidan ushlab qolingan kundan e’tiboran, 
agar hisoblab chiqarish va soliqni soliq to’lovchining pul mablag’laridan ushlab 
qolishga doir majburiyat ushbu Kodeksga muvofiq soliq agentiga yuklatilgan bo’lsa. 
Soliq to’lovchining soliqni to’lash bo’yicha majburiyati quyidagi hollarda 
bajarilmagan deb e’tirof etiladi; 
1) tegishli pul mablag’larini byudjet tizimiga o’tkazishga doir bajarilmagan 
topshiriqnoma soliq to’lovchi tomonidan qaytarib olinganda yoki bank tomonidan 
unga qaytarilganda; 


87 
2) tegishli pul mablag’larini byudjet tizimiga o’tkazishga doir bajarilmagan 
topshiriqnoma g’aznachilikda o’ziga shaxsiy hisobvaraq ochilgan yuridik shaxs 
tomonidan qaytarib olinganda yoki g’aznachilik tomonidan unga qaytarilganda; 
3) byudjet tizimiga o’tkazish uchun qabul qilib olingan naqd pul mablag’lari 
soliq organi yoki aloqa bo’limi tomonidan jismoniy shaxsga qaytarilganda; 
4) pul mablag’larini o’tkazishga doir topshiriqnomada bank rekvizitlari 
noto’g’ri ko’rsatilganda, bu ushbu pul mablag’larining byudjet tizimiga tegishli 
g’aznachilik hisobvarag’iga o’tkazilmay qolishiga sabab bo’lganda; 
5) agar bankka pul mablag’larini soliqni to’lash hisobiga o’tkazishga doir 
topshiriqnoma bankka taqdim etilgan kunda soliq to’lovchi uning hisobvarag’iga 
nisbatan qo’zg’atilgan bajarilmagan talabnomaga ega bo’lib, ular fuqarolik qonun 
hujjatlarga muvofiq birinchi navbatda bajariladigan bo’lsa va, agar ushbu 
hisobvaraqda barcha talabnomalarni qanoatlantirish uchun etarlicha qoldiq 
bo’lmasa. 
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar penyalar va jarimalarga nisbatan 
ham qo’llaniladi hamda soliq agentlariga ham tatbiq etiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish