O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

69-modda. Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi 
ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari 
Soliq 
to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan 
guruhining 
ishtirokchilari 
quyidagilarga haqli: 
1) 
konsolidatsiyalashgan 
guruhining 
mas’ul ishtirokchisidan ushbu 
konsolidatsiyalashgan guruhning faoliyati munosabati bilan soliq organi tomonidan 
mas’ul ishtirokchiga taqdim etilgan hujjatlar, qarorlar, talabnomalar, solishtirma 
dalolatnomalar va boshqa hujjatlarning ko’chirma nusxalarini olish; 
2) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan 
holda soliq organlarining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakati yoki 
harakatsizligi ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga mustaqil ravishda 
shikoyat qilish; 
3) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining 
soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini to’lash 
majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarish; 


68 
4) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’i 
shunday ishtirokchida hisoblab chiqarilishi va to’lanishi munosabati bilan 
o’tkaziladigan soliq tekshiruvlarini o’tkazishda hozir bo’lish, shuningdek bunday 
soliq tekshiruvlarining materiallarini ko’rib chiqishda ishtirok etish. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ushbu Kodeksning
65-moddasida soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari 
uchun nazarda tutilgan shartlarga mos ishtirokchisi soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to’g’risidagi shartnomaning amal qilish 
muddati mobaynida o’zining ushbu guruhdagi ishtirokini ixtiyoriy ravishda 
tugatishga haqli emas. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari: 
1) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to’g’risidagi 
shartnomani va uning o’zgartishlarini ro’yxatdan o’tkazish uchun zarur bo’lgan 
barcha harakatlarni amalga oshirishi hamda barcha hujjatlarni taqdim etishi; 
2) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisiga 
soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha majburiyatlarini 
bajarish va foyda solig’ini to’lovchining huquqlarini amalga oshirish uchun unga 
zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etishi (shu jumladan elektron shaklda taqdim 
etishi). Bunday ma’lumotlar jumlasiga foyda solig’i bo’yicha soliq bazasining 
hisob-kitoblari, hisobga olish registrlarining ma’lumotlari va boshqa hujjatlar kiradi; 
3) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati munosabati 
bilan soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari amalga oshirilganda talab 
qilinadigan hujjatlar va boshqa axborotni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq 
organlariga taqdim etishi; 
4) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini 
(bo’nak to’lovlarni), tegishli penya va jarimalarni to’lash bo’yicha majburiyatni, 
bunday majburiyat ushbu Kodeksning III bo’limida belgilangan tartibda ushbu 
guruhning mas’ul ishtirokchisi tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada 
bajarilmagan hollarda, bajarishi; 
5) ushbu Kodeksning 65-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilmagan 
hollarda soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisini 
va mazkur guruhni tuzish to’g’risidagi shartnoma ro’yxatga olingan soliq organini 
darhol xabardor qilishi; 
6) ushbu Kodeksning II bo’limida nazarda tutilgan tartibda soliq hisobini 
yuritishi shart. 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’iga 
taalluqli soliq majburiyati mas’ul ishtirokchi tomonidan bajarilmaganda yoki lozim 
darajada bajarilmagan taqdirda, ushbu guruhning ko’rsatilgan soliq majburiyatini 
bajargan ishtirokchisi O’zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlarida va 
mazkur guruhni tuzish to’g’risidagi shartnomada nazarda tutilgan miqdorlar hamda 
tartibda regress talab qilish huquqiga ega bo’ladi. Ushbu qoida soliq to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi o’rniga uning soliq 
majburiyati (shu jumladan bo’nak va joriy to’lovlarni to’lash) shu 


69 
konsolidatsiyalashgan guruhning bir nechta ishtirokchisi tomonidan bajarilgan 
hollarga nisbatan tatbiq etiladi. 
Yuridik shaxs soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan 
chiqib ketganda: 
1) ushbu yuridik shaxs konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan 
soliq davri boshlanishidan e’tiboran foyda solig’i bo’yicha soliq solish maqsadlarida 
hisobga olishga ushbu Kodeks II bo’limining talablariga rioya etishga qaratilgan 
o’zgartishlar kiritishi; 
2) ushbu yuridik shaxs soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
tarkibidan chiqib ketgan soliq davri boshlanishidan e’tiboran o’zi tomonidan 
haqiqatan olingan foydadan kelib chiqqan holda foyda solig’ini hisoblab chiqarishi 
va to’lashi. Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
tomonidan soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha haqiqatan 
to’langan foyda solig’i summalarini hisobga olgan holda, mazkur talab tegishli 
hisobot va soliq davrlariga nisbatan tatbiq etiladi va foyda solig’i bo’yicha bo’nak 
va joriy to’lovlarni ushbu Kodeks XI bo’limida belgilangan muddatlarda to’lash 
majburiyatini o’z ichiga oladi; 
3) 
birinchi 
kunidan 
ushbu 
yuridik 
shaxs 
soliq 
to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining tarkibidan chiqib ketgan soliq davri tugagach, 
foyda solig’i bo’yicha o’zining soliq hisobotini hisobga olingan joydagi soliq 
organiga ushbu Kodeksning XI bo’limida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim 
etishi shart. 
Yuridik shaxsning soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
tarkibidan chiqib ketishi ushbu yuridik shaxs shunday konsolidatsiyalashgan 
guruhning ishtirokchisi bo’lgan davrda yuzaga kelgan soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’iga nisbatan uni soliq 
majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi. 
Mazkur qoida ushbu yuridik shaxsga uning soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan chiqib ketgunga qadar mazkur soliq 
majburiyati bajarilmagani yoki soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgani 
to’g’risida ma’lum bo’lgani yoki ma’lum bo’lmaganidan qat’i nazar qo’llaniladi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish