O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq hisob-



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
367-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq hisob-
kitobini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi 
 
Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo’yicha hisob-
kitob soliq agenti tomonidan o’zi hisobga olingan joydagi soliq organiga daromadlar 
to’langan oydan keyingi oyning yigirma beshinchi kunidan kechiktirmay taqdim 
etiladi. 
Agar ushbu Kodeksning 
368-moddasida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, norezidentlarning daromadlaridan hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan 
soliq summasi soliq agenti tomonidan byudjetga quyidagi muddatlarda to’lanadi: 
1) banklar, bundan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar mustasno, 
daromadlarni to’lash amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi kunidan 
kechiktirmay; 
2) qolganlar tomonidan norezidentga daromadlar to’lanayotgan paytda. 
 
368-modda. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
norezidentlarining ushbu Kodeks 
46-moddasi uchinchi 
qismining 
5, 
6,
7-bandlarida
ko’rsatilgan daromadlariga soliq solishning 
o’ziga xos xususiyatlari 
 
Ushbu modda, agar ushbu 
Kodeks 46-moddasi uchinchi qismining 5, 6, 7-
bandlarida 
ko’rsatilgan ustav kapitaldagi (jamg’armasidagi) aktsiyalar, ulushlar 
(paylar), ko’chmas mulk, payli investitsiya jamg’armalarining investitsiya paylari 
(bundan buyon ushbu moddada mol-mulk deb yuritiladi) O’zbekiston 
Respublikasining norezidenti bo’lgan bir yuridik shaxs tomonidan O’zbekiston 
Respublikasi norezidenti bo’lgan boshqa yuridik shaxsga, O’zbekiston Respublikasi 
norezidenti bo’lgan jismoniy shaxsga yoki rezidentiga realizatsiya qilingan hollarda 
qo’llaniladi. 
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari yuridik shaxs tashkil etmagan 
holdagi chet el tuzilmalariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Kodeks 
46-moddasi uchinchi qismining 5, 6, 7-bandlarida 
ko’rsatilgan 
mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mol-mulkni realizatsiya qilish 
summasining uni olish qiymatidan hujjatlar bilan tasdiqlanadigan oshib ketishi 


353 
sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud 
bo’lmagan taqdirda, soliqni to’lov manbaida ushlab qolish mol-mulkni realizatsiya 
qilish qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasining mol-mulkni realizatsiya qiluvchi norezidenti 
soliq agentiga mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (ular mavjud 
bo’lgan taqdirda) ko’chirma nusxalarini taqdim etishi shart. Soliq agenti taqdim 
etilgan hujjatlar asosida ushbu Kodeks 
46-moddasi uchinchi qismining 5, 6, 7-
bandlariga
hamda ushbu Kodeksning 
365-moddasida 
belgilangan stavkalarga 
muvofiq aniqlanadigan soliq bazasidan kelib chiqqan holda soliq summasini 
hisoblab chiqarishni va ushlab qolishni amalga oshiradi. 
Soliq agenti olinayotgan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini ro’yxatdan 
o’tkazguniga (rasmiylashtirguniga) qadar O’zbekiston Respublikasi norezidentining 
mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo’yicha soliqning 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi hisob-kitobini quyidagilarni 
realizatsiya qilish chog’ida mustaqil ravishda yoki vakolatli shaxs orqali taqdim 
etishi shart: 
1) yuridik shaxs bo’lgan O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav 
kapitalidagi (jamg’armasidagi) aktsiyalarni, ulushlarni (payni) realizatsiya qilishda 
– mazkur yuridik shaxs ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati 
organiga; 
2) O’zbekiston Respublikasi hududida turgan ko’chmas mol-mulkni 
realizatsiya qilishda – ko’chmas mol-mulk turgan joydagi davlat soliq xizmati 
organiga; 
3) O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mulkiy majmua sifatidagi 
korxonani realizatsiya qilishda – mazkur korxona ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi 
davlat soliq xizmati organiga; 
4) O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan 
payli investitsiya fondlarining investitsiya paylarini realizatsiya qilishda – ishonchli 
boshqaruvchi ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga.
O’zbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan 
olingan daromadlari bo’yicha soliqning hisob-kitobi O’zbekiston Respublikasining 
norezidenti daromadni oladigan valyutada tuziladi. Hisob-kitobga mol-mulk oldi-
sotdi shartnomasining sotuvchi tomonidan taqdim etilgan ko’chirma nusxasi va mol-
mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud bo’lgan taqdirda) 
ko’chirma nusxalari ilova qilinadi. Agar mol-mulkni olish qiymati hisob tuziladigan 
valyutada ifodalanmagan bo’lsa, mazkur qiymat hisob-kitob tuzilayotgan valyutaga 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mol-mulkni olish sanasidagi kursi 
bo’yicha qayta hisoblab chiqariladi. Davlat soliq xizmati organlari hisob-kitob 
taqdim etilgan sanadan e’tiboran o’n ish kuni ichida soliq agenti yoki uning vakolatli 
shaxsi nomiga soliq summasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-
kitobni taqdim etish sanasidagi kursi bo’yicha milliy valyutadagi soliq summasini 
ko’rsatgan holda to’lov xabarnomasini yozadi. 


354 
Soliq summasi olingan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi ro’yxatdan 
o’tkazilguniga (rasmiylashtirilguniga) qadar byudjetga to’lanishi lozim. 
Davlat soliq xizmati organlari soliq to’langanligi faktini tasdiqlovchi hujjat 
taqdim etilgan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida soliq agentiga yoki uning 
vakolatli shaxsiga soliq to’langanligi to’g’risida ma’lumotnoma beradi, 
ma’lumotnoma olingan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini ro’yxatdan o’tkazuvchi 
(rasmiylashtiruvchi) organga taqdim etiladi. 
Olingan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini ro’yxatdan o’tkazuvchi 
(rasmiylashtiruvchi) organlar soliq to’langanligi to’g’risidagi ma’lumotnoma 
taqdim 
etilgan 
taqdirdagina 
mulk 
huquqini 
ro’yxatdan 
o’tkazishni 
(rasmiylashtirishni) amalga oshiradi. 
Ushbu modda uchinchi – sakkizinchi qismlarining qoidalari aktsiyalarni 
O’zbekiston Respublikasi qimmatli qog’ozlarining birjadagi va birjadan tashqari 
uyushgan bozorida realizatsiya qilish chog’ida qo’llanilmaydi. 
Aktsiyalar va investitsiya paylari qimmatli qog’ozlarning birjadagi va birjadan 
tashqari uyushgan bozorida realizatsiya qilinganda O’zbekiston Respublikasi 
qimmatli qog’ozlari bozoridagi hisob-kitob – kliring palatasi soliq agenti deb e’tirof 
etiladi. 
Aktsiyalarning va investitsiya paylarining tuzilgan oldi-sotdi bitimlari bo’yicha 
savdolar yakunlari reestri asosida soliq agenti hisob-kitob–kliring operatsiyalarini 
o’tkazish vaqtida realizatsiya qilingan aktsiyalar (investitsiya paylari) qiymatidan va 
ushbu 
Kodeksning
365-moddasida 
belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda sotuvchining pul 
mablag’laridan soliqni ushlab qolishni amalga oshiradi. 
Soliq summasi pul mablag’larini aktsiyalar va investitsiya paylari qiymatini 
to’lash hisobiga bir vaqtning o’zida sotuvchining hisobvarag’iga pul mablag’lari 
o’tkazilgan holda to’lov valyutasida byudjetga o’tkaziladi. Soliq agenti aktsiyalar va 
investitsiya paylari sotuvchisining talabiga ko’ra bitim va ushlab qolingan soliq 
summasi haqida ma’lumotnoma berishi shart. 
Soliq agenti soliq xisob-kitobini taqdim etish muddatlarida soliqni hisobga 
olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq ushlab qolingan aktsiyalar va 
investitsiya paylarining oldi-sotdi bitimlarining O’zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan shakldagi reestrini taqdim etadi.
Aktsiyalar va investitsiya paylarini olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar 
mavjud bo’lgan taqdirda, sotuvchi soliq agenti soliq hisobiga olingan joydagi davlat 
soliq xizmati organlariga ortiqcha to’langan soliqni qaytarish to’g’risida ariza 
taqdim etish huquqiga ega. Arizaga aktsiyalarni realizatsiya qilish va olish qiymatini 
tasdiqlovchi hujjatlarning ko’chirma nusxalari hamda soliq agenti tomonidan 
berilgan, bitim va ushlab qolingan soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomaning 
ko’chirma nusxasi ilova qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari bo’yicha ortiqcha 
to’langan soliq summasini qaytarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 


355 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish