O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


etganlik uchun javobgar bo’lmaydi.  219-modda



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
etganlik uchun javobgar bo’lmaydi. 
219-modda. 
Javobgarlikni 
engillashtiruvchi 
va 
og’irlashtiruvchi 
holatlar
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni engillashtiruvchi holatlar deb 
quyidagilar e’tirof etiladi: 
1) og’ir shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar kechishi oqibatida huquqbuzarlik sodir 
etish; 
2) tahdid yoki majburlash ta’sirida yoxud moddiy, xizmat jihatidan yoki boshqa 
jihatdan qaramlik sababli huquqbuzarlik sodir etish; 
3) aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklarda o’z aybiga iqror bo’lish va soliq 
organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to’g’risidagi 
qarori olingan kundan e’tiboran o’n kunlik muddatda moliyaviy sanktsiyalar 
summasini ixtiyoriy ravishda to’lash; 
4) sud yoki ishni ko’rayotgan soliq organi tomonidan javobgarlikni 
engillashtiruvchi deb topilishi mumkin bo’lgan boshqa holatlar. 
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun 
javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni 
og’irlashtiruvchi holat deb e’tirof etiladi. 
Moliyaviy sanktsiya summasi undirilgan shaxs sudning yoki soliq organining 
qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran 12 oy davomida ushbu sanktsiyaga 
tortilgan deb hisoblanadi. 
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni engillashtiruvchi yoki 
og’irlashtiruvchi holatlar sud yoki ishni ko’rayotgan soliq organi tomonidan 
belgilanadi va moliyaviy sanktsiyalar qo’llanilganida inobatga olinadi. 
220-modda. Javobgarlikka tortishning o’tish muddati
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran yoki mazkur 
huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyingi kundan e’tiboran va 
javobgarlikka tortish to’g’risidagi qaror chiqarilgan paytga qadar besh yil (o’tish 
muddati) o’tgan bo’lsa, shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun 
javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran o’tish muddatini 
hisoblab chiqarish barcha soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan qo’llaniladi, 
bundan ushbu Kodeksning 225 va 226-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid 
huquqbuzarliklar mustasno. 


225 
O’tish muddatini tegishli soliq davri tugaganidan keyingi kundan e’tiboran 
hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 225 va 226-moddalarida nazarda tutilgan 
soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan qo’llaniladi. 
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxs 
joylarga chiqqan holda soliq tekshiruvini o’tkazishga faol qarshilik ko’rsatgan bo’lsa 
va bu soliq tekshiruvini o’tkazish hamda byudjet tizimiga to’lanishi lozim bo’lgan 
soliq summalarini soliq organlari tomonidan aniqlash uchun bartaraf etib 
bo’lmaydigan to’siq bo’lsa, javobgarlikka tortish bo’yicha o’tish muddatining 
kechishi to’xtatiladi. 
Javobgarlikka tortish bo’yicha o’tish muddatining kechishi ushbu Kodeks 147-
moddasining to’rtinchi qismida nazarda tutilgan hujjat tuzilgan kundan e’tiboran 
to’xtatilgan deb hisoblanadi. Mazkur holatda javobgarlikka tortish bo’yicha o’tish 
muddatining kechishi joylarga chiqqan holda soliq tekshiruvini o’tkazishga 
to’sqinlik qiluvchi holatlarning amal qilishi tugagan va o’tish muddatini qayta 
boshlash to’g’risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran qayta boshlanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish