O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

207-modda. 
Nazorat 
qilinadigan 
chet 
el 
kompaniyalarining 
foydasini soliq solishdan ozod qilish 
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar ushbu chet el 
kompaniyasiga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo’lmasa bittasi bajarilsa, ushbu 


212 
modda qoidalari inobatga olingan holda, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan 
ozod qilinadi: 
1) u o’zi tashkil qilingan chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga 
muvofiq olingan foydani (daromadni) aktsiyadorlar (ishtirokchilar, ta’sischilar) yoki 
boshqa shaxslar o’rtasida taqsimlamaydigan notijorat tashkiloti bo’lsa; 
2) u aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet el xolding kompaniyasi bo’lsa; 
3) ushbu chet el kompaniyasi uchun daromadlarni (foydani) bunday kompaniya 
doimiy joylashgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy yil 
uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davr yakunlari bo’yicha ushbu Kodeksning 
210-moddasiga muvofiq aniqlanadigan soliq solishning samarali stavkasi ushbu 
Kodeks 349-moddasining 13-bandida ko’rsatilgan foydadan olinadigan soliq 
stavkasi miqdoridan kam bo’lmagan miqdorni tashkil etsa; 
4) u chet el davlatining (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq bank yoki 
sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya yoki boshqa maxsus 
ruxsatnoma asosida faoliyat yuritadigan bank yoki sug’urta tashkiloti bo’lsa. 
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida ko’rsatilgan nazorat qilinadigan 
chet el kompaniyasining foydasi, agar bunday chet el kompaniyasi doimiy 
joylashgan davlat (hudud) ushbu Kodeks 184-moddasining uchinchi va to’rtinchi 
qismlarida nazarda tutilgan ofshor yurisdiktsiyalar ro’yxatiga kiritilmagan bo’lsa, 
soliq solishdan ushbu Kodeksga muvofiq ozod qilinadi. 
Ushbu modda birinchi qismining 3 va 4-bandlarida ko’rsatilgan nazorat 
qilinadigan kompaniyaning foydasi, agar O’zbekiston Respublikasi bilan soliq 
solish masalalari bo’yicha xalqaro shartnomasi mavjud bo’lgan davlat (hudud) 
bunday chet el kompaniyasi doimiy joylashgan er bo’lsa, soliq solishdan ushbu 
Kodeksga muvofiq ozod qilinadi. 
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv 
chet el xolding kompaniyasi deb e’tirof qilish qoidalari ushbu Kodeksning 208-
moddasi bilan belgilanadi. 
Soliq solishning samarali stavkasini va foyda solig’i bo’yicha o’rtacha soliq 
stavkasini hisob-kitob qilish qoidalari ushbu Kodeksning 210-moddasida 
belgilanadi. 
Aktiv chet el xolding kompaniyasining foydasi ushbu Kodeksning 208-
moddasida ko’rsatilgan O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxsida bunday 
aktiv chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxsda soliq solishdan ozod 
qilinadi. Mazkur aktiv chet el xolding kompaniyasining foydasi soliq solishdan 
ushbu chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi bo’lgan O’zbekiston 
Respublikasining ushbu yuridik shaxsi bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi, 
ushbu chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi boshqa shaxslarda ham 
bunday shaxslarning mazkur nazorat qiluvchi shaxsda ishtirok etishi ulushiga 
muvofiq miqdorda ozod qilinadi. 
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini foyda solig’i solishdan ushbu 
moddaning birinchi qismida belgilangan asoslarga ko’ra ushbu Kodeksga muvofiq 
ozod qilish huquqi hujjat bilan tasdiqlanishi kerak. Mazkur huquqni tasdiqlash 
uchun ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs 


213 
bo’lgan soliq to’lovchi o’zi hisobga olingan joydagi soliq organiga bunday soliqdan 
ozod qilish shartlariga rioya qilinishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. Bu 
hujjatlar ushbu Kodeks 212-moddasining ikkinchi – beshinchi qismlarida nazarda 
tutilgan muddatda taqdim etiladi va uning nazorat qilinadigan chet kompaniyasining 
foydasiga soliqqa solishdan ozod qilish huquqini beruvchi shartlarga rioya etilishini 
tasdiqlash uchun zarur bo’lgan qismi o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilinishi lozim. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish