107
nazarda tutilgan tartibda ortiqcha undirilgan summaga hisoblangan foizlarni hisobga
olish (qaytarish) to’g’risida qaror qabul qiladi.
Soliq organi soliq ortiqcha undirilgani faktini mustaqil ravishda aniqlagach, bu
haqda ushbu fakt aniqlangan kundan e’tiboran besh kun ichida soliq to’lovchiga
xabar qilishi shart. Mazkur xabar yuridik shaxsning rahbariga, jismoniy shaxsga,
ularning vakillariga shaxsan imzo qo’ydirib yoki uning olingani faktini va sanasini
tasdiqlovchi boshqa usulda topshiriladi.
Ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to’lovchining soliq qarzini uzish
hisobiga yoki o’sha yoxud ushbu Kodeks 106-moddasining ikkinchi – to’rtinchi
qismlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobiga
hisobga olish soliq organlari tomonidan ushbu Kodeks 107-moddasining birinchi –
beshinchi qismlarida ortiqcha to’langan soliq summasini hisobga olish uchun
belgilangan tartibga o’xshash tartibda amalga oshiriladi.
Ortiqcha undirilgan soliq summasi ushbu Kodeksning 106-moddasi qoidalarini
inobatga
olgan
holda
soliq
to’lovchiga o’zining yozma arizasiga
(telekommunikatsiya aloqa kanallari yoki soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali
elektron shakldagi arizasiga) ko’ra soliq organi tomonidan shunday ariza olingan
kundan e’tiboran 15 kun ichida qaytarilishi lozim.
Ortiqcha
undirilgan
soliqni
qaytarish
tartibi
ushbu
Kodeks
107-moddasining beshinchi – o’n ikkinchi qismlarida ortiqcha to’langan soliq
summalari qaytarish uchun nazarda tutilgan tartibga o’xshashdir.
Ortiqcha undirilgan soliq summasi unga hisoblangan foizlar bilan soliq
to’lovchidan ortiqcha undirilgan soliq summasini hisobga olish (qaytarish)
to’g’risida yozma ariza (telekommunikatsiya aloqa kanallari yoki soliq
to’lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shakldagi ariza) olingan kundan
e’tiboran o’n besh kun ichida hisobga olinishi (qaytarilishi) lozim.
Ortiqcha undirilgan soliq summasiga foizlar undirilgan kundan keyingi kundan
e’tiboran haqiqiy hisobga olingan (qaytarilgan) kunga qadar hisoblanadi. Foiz
stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu kunlardagi amal
qilayotgan qayta moliyalash stavkasiga teng etib qabul qilinadi.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha ortiqcha
undirilgan foyda solig’i summalari shu konsolidatsiyalashgan guruhning mas’ul
ishtirokchisiga ushbu moddada belgilangan tartibda hisobga olinishi (qaytarilishi)
lozim.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to’g’risidagi
shartnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda ushbu guruh bo’yicha mavjud
bo’lgan boqimanda hisobiga hisobga olinishi lozim bo’lmagan (hisobga olinmagan)
soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ining
ortiqcha undirilgan summalari soliq to’lovchilar shu konsolidatsiyalashgan
guruhining mas’ul ishtirokchisi bo’lgan yuridik shaxsga uning arizasiga ko’ra
hisobga olinishi (qaytarilishi) lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: