O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-bob. To’lov muddatlarini o’zgartirish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
11-bob. To’lov muddatlarini o’zgartirish 
 
100-modda. 
Soliqlarni 
to’lash 
muddatlarini 
o’zgartirishning
umumiy shartlari 


96 
Soliq to’lashning coliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatini 
keyinroq muddatga ko’chirish soliqni to’lash muddatini o’zgartirish deb e’tirof 
etiladi.
Soliqni to’lash muddatini o’zgartirishga ushbu bobda belgilangan tartibda yo’l 
qo’yiladi. 
Soliqni to’lash muddati, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, qarz summasiga foizlar hisoblangan holda, soliqning to’lanishi lozim bo’lgan 
butun summasiga yoki uning bir qismiga (bundan buyon ushbu bobda qarz summasi 
deb yuritiladi) nisbatan o’zgartirilishi mumkin. 
Soliqni to’lash muddatini o’zgartirish kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash 
shaklida amalga oshiriladi. 
Soliqni to’lashni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash, shu soliq bo’yicha qarz 
summasini tegishincha bir yo’la yoki bosqichma-bosqich to’lagan holda, ushbu 
soliqni to’lash muddati o’zgartirilishini ifodalaydi. 
Kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati kechiktirish yoki bo’lib-
bo’lib to’lash imkoniyatini berish to’g’risida qaror qabul qilinguniga qadar yuzaga 
kelgan qarz summasiga nisbatan ham, kelgusida yuzaga keladigan qarz summasiga 
nisbatan ham berilishi mumkin. 
Kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati, agar ushbu Kodeks
102-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo’lsa, bir yildan oshmagan muddatga beriladi. 
Soliqni to’lash muddati uzaytirilishiga da’vogar shaxs (bundan buyon matnda 
manfaatdor shaxs deb yuritiladi) kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini 
berish to’g’risida ariza berishga haqli. Bunday ariza bir yoki bir nechta soliqqa 
nisbatan berilishi mumkin. 
Manfaatdor shaxsning unga kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini 
berish haqidagi arizasini ko’rib chiqish chog’ida soliqlarni to’lash muddatlarini 
o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qilishga vakolatli organ mazkur shaxsga, 
manfaatdor shaxs bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin bo’lgan 
kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lashning ushbu bobda nazarda tutilgan boshqa 
shartlarini taklif etishga haqli. 
Soliqni to’lash muddatining o’zgartirilishi soliqni to’lash bo’yicha mavjud 
majburiyatlarni bekor qilmaydi va yangi majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Ushbu Kodeksning 102-moddasida ko’rsatilgan organlarning qaroriga ko’ra 
soliqni to’lash muddatini uzaytirish, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan 
bo’lsa, 
ushbu 
Kodeksning
110–112-moddalariga muvofiq mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati bilan 
ta’minlanishi mumkin. 
Maxsus soliq rejimlari bilan nazarda tutilgan soliqlarni to’lash muddatini 
o’zgartirish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu bob qoidalari penya va jarimani to’lash bo’yicha kechiktirish yoki 
bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati berilganda ham qo’llaniladi.
Soliqlarni, shuningdek penyalar va jarimalarni to’lash muddatini uzaytirish, 
agar ushbu Kodeks 102-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha 


97 
qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi 
tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. 
Ushbu bobning amal qilishi soliq agentlariga tatbiq etilmaydi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish