O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq qarzini undirilishini umidsiz deb



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

99-modda. Soliq qarzini undirilishini umidsiz deb
e’tirof etish 
 
Ayrim soliq to’lovchilar va soliq agentlari tomonidan hisoblangan soliqlarning 
to’lanishi va (yoki) undirilishi quyidagi hollarda undirish imkoni bo’lmay qolgan 
umidsiz soliq qarzi deb e’tirof etiladi: 
1) yuridik shaxs tugatilganda – yuridik shaxsning mol-mulki etarli emasligi va 
(yoki) shu yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan O’zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlarda belgilangan doirada va tartibda uning soliq 
qarzini uzish imkoni bo’lmaganligi sababli uning ushbu Kodeksning 94-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolgan qismi bo’yicha; 
2) yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb e’tirof etilganda – qarzdorning mol-
mulki etarli emasligi sababli soliq qarzining uzilmay qolgan qismi bo’yicha; 


95 
3) jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb e’tirof 
etilganda – mol-mulki etarli emasligi sababli, shu jumladan meros O’zbekiston 
Respublikasi mulkiga o’tgan taqdirda uning soliq qarzining ushbu Kodeksning 97-
moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolgan qismi bo’yicha; 
4) sud tomonidan hujjat qabul qilinib, unga muvofiq soliq organi soliq qarzini 
undirishning belgilangan muddati o’tishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini 
yo’qotganda, shu jumladan sud tomonidan soliq qarzini undirish to’g’risida ariza 
berishning o’tkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish haqida ajrim 
chiqarilganda; 
5) ushbu Kodeks 132-moddasining ettinchi qismiga muvofiq chet ellik yuridik 
shaxs soliq organidagi hisobdan chiqarilganda. Undirilishi umidsiz deb e’tirof 
etilgan mazkur soliq qarzi shu chet ellik yuridik shaxs ushbu Kodeks 137-
moddasining ettinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra soliq organida 
qaytadan hisobga qo’yilganda tiklanishi lozim; 
6) O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa hollarda. 
Quyidagilar soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan 
chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish vakolatiga ega organlardir: 
1) yuridik shaxs joylashgan erdagi yoki jismoniy shaxsning yashash joyidagi 
soliq organlari (ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollardan 
tashqari) – ushbu modda birinchi qismining 1–3-bandlarida nazarda tutilgan holatlar 
mavjud bo’lganda; 
2) soliq to’lovchi yoki soliq agenti hisobga olingan joydagi soliq organlari 
(ushbu qismning 3-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari) – ushbu modda 
birinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo’lganda; 
3) O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan 
belgilanadigan bojxona organlari – O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi 
orqali tovarlar olib o’tilishi munosabati bilan to’lanishi lozim bo’lgan soliqlar, 
penyalar, jarimalar bo’yicha. 
Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi 
va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi 
hujjatlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o’tilishi 
munosabati bilan to’lanishi lozim bo’lgan soliqlar bo’yicha bunday tartib va 
hujjatlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo’mitasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish