O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda soliq



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

95-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda soliq
majburiyatini bajarish
 
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyati ushbu moddada 
belgilangan tartibda uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajarilishi 
lozim.
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini bajarish, qayta 
tashkil etish tugallanguniga qadr huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) qayta tashkil 
etilgan yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi faktlari va (yoki) holatlari ma’lum bo’lganligi-bo’lmaganligidan 
qat’i nazar, uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) zimmasiga yuklatiladi.
Bunda huquqiy voris (huquqiy vorislar) o’ziga o’tgan majburiyatlar bo’yicha 
butun soliq qarzini, shu jumladan soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik uchun 
qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga uning qayta tashkil etilishi tugallanganiga 
qadar solingan jarimalar summalarini uzishi lozim. 
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) o’z 
zimmasiga ushbu modda bilan yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda soliq 
to’lovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda barcha huquqlardan 
foydalanadi va barcha majburiyatlarni bajaradi. 
Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi uning soliq majburiyatlari o’zining 
huquqiy 
vorisi 
(huquqiy 
vorislari) 
tomonidan 
bajarilishi 
muddatlarini 
o’zgartirmaydi. 
Bir necha yuridik shaxslar qo’shib yuborilganda ularning majburiyatlarini 
bajarish qismida bunday qo’shib yuborish natijasida vujudga kelgan yuridik shaxs 
ularning huquqiy vorisi deb e’tirof etiladi. 


90 
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo’shib olinganda, uni qo’shib olgan 
yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarish qismida qo’shib olingan yuridik shaxsning 
huquqiy vorisi deb e’tirof etiladi.
Yuridik shaxs bo’linganda soliq majburiyatini bajarish qismida bunday bo’lish 
natijasida vujudga kelgan yuridik shaxslar uning huquqiy vorislari deb e’tirof etiladi.
Bir necha huquqiy vorislar mavjud bo’lgan taqdirda, ulardan har birining qayta 
tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini bajarishdagi ishtiroki ulushi 
fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan taqsimlash balansi bilan aniqlanadi. 
Agar bunda taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning har bir 
huquqiy vorisining ulushini aniqlash imkonini bermasa, sudning qaroriga ko’ra 
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan shaxsning soliq 
majburiyatini solidar bajarishi mumkin. 
Ushbu moddaning to’qqizinchi qismida ko’rsatilgan qoida, shuningdek 
taqsimlash balansi loaqal bitta huquqiy voris tomonidan qayta tashkil etilgan yuridik 
shaxsning o’ziga to’g’ri keladigan soliq majburiyati qismini to’liq hajmda bajarish 
imkoniyatini istisno etgan vaziyatda ham, agar bunday qayta tashkil etish soliq 
majburiyatini bajarmaslikka qaratilgan bo’lsa, qo’llaniladi. 
Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslar ajratib 
chiqarilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga nisbatan uning soliq 
majburiyatini bajarish qismida huquqiy vorislik, agar ushbu moddaning o’n ikkinchi 
qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, yuzaga kelmaydi. 
Agar yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslarni ajratib 
chiqarish natijasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs o’zining soliq 
majburiyatini to’liq hajmda bajarish imkoniyatiga ega bo’lmasa va bunday qayta 
tashkil etish soliq majburiyatini bajarmaslikka qaratilgan bo’lsa, ajratib chiqarilgan 
yuridik shaxslar ushbu qayta tashkil etilgan shaxsning soliq majburiyatini sudning 
qarorga ko’ra solidar bajarishi mumkin. 
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxs etib o’zgartirilganda, soliq 
majburiyatini bajarish qismida yangidan vujudga kelgan yuridik shaxs qayta tashkil 
etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi deb e’tirof etiladi.
Yuridik shaxs tomonidan u qayta tashkil etilgunga qadar yoki undan ortiqcha 
undirilgan ortiqcha to’langan soliq (penyalar, jarimalar) summasi qayta tashkil 
etilgan yuridik shaxsning soliq qarzini huquqiy voris (huquqiy vorislar) uzishi 
hisobiga soliq organi tomonidan hisobga olinishi lozim. Bunday hisobga olish qayta 
tashkil etish tugallangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ushbu Kodeksda 
belgilangan tartibda, ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan 
holda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs tomonidan u qayta tashkil etilgunga qadar ortiqcha to’langan 
yoki undan ortiqcha undirilgan soliqning (penyalar, jarimalarning) hisobga olinishi 
lozim bo’lgan summasi hisobga olinishi va to’lanishi ustidan nazorat qilinishi soliq 
organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa soliqlar bo’yicha soliq qarziga mutanosib 
ravishda taqsimlanadi. 
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsda soliq qarzi bo’lmagan taqdirda, ushbu 
yuridik shaxs tomonidan ortiqcha to’langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq 


91 
(penyalar, jarimalar) summasi uning vorisiga (huquqiy vorislariga) ushbu Kodeksda 
belgilangan tartibda huquqiy voris (huquqiy vorislar) ariza bergan kundan e’tiboran 
bir oydan kechiktirmay qaytarilishi lozim. Bunda ushbu yuridik shaxs tomonidan 
ortiqcha to’langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq (penyalar, jarimalar) 
summasi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisiga (huquqiy 
vorislariga) har bir huquqiy vorisning taqsimlash balansi asosida aniqlanadigan 
ulushiga muvofiq qaytariladi. 
Ushbu moddaning qoidalari yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yig’imni 
to’lash bo’yicha majburiyatni bajarishga nisbatan ham qo’llaniladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar chet davlat qonun hujjatlariga 
muvofiq qayta tashkil etilgan chet el tashkilotining huquqiy vorisini (huquqiy 
vorislarini) aniqlashda ham qo’llaniladi. 
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar O’zbekiston Respublikasining 
bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o’tish munosabati bilan soliqlar to’lashda 
ham qo’llaniladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish