O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq hisobotiga o’zgartishlar kiritish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
86-modda. Soliq hisobotiga o’zgartishlar kiritish 
O’zi ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi 
pasayishiga (o’zgarishiga) olib kelgan noto’g’ri yoki to’liq bo’lmagan ma’lumotlar 
va (yoki) xatolarni aniqlangan soliq to’lovchi ushbu soliq hisobotiga zarur 
o’zgartishlarni kiritishi va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim 
etishi shart. 
Agar ko’rsatilgan holatlar hisoblab chiqarilgan soliq summasining pasayishiga 
olib kelmagan bo’lsa, soliq to’lovchi o’zi ilgari taqdim etgan soliq hisobotiga zarur 
o’zgartishlarni kiritishga va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini 
kiritishga haqli. Bunda soliq hisobotini taqdim etishning belgilangan muddati 
o’tganidan keyin taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti muddat buzilgan 
holda taqdim etilgan deb hisoblanmaydi. 
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish 
muddati o’tgunga qadar taqdim etilgan bo’lsa, soliq hisoboti aniqlashtirilgan soliq 
hisoboti taqdim etiladigan kunda taqdim etilgan deb hisoblanadi. 
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish 
muddati tugagandan keyin, lekin soliqni to’lash muddati tugamasdan oldin taqdim 
etilgan bo’lsa, soliq to’lovchi javobgarlikdan ozod qilinadi. Mazkur qoida, hisoblab 


83 
chiqarilgan soliq summasining pasayishiga olib kelgan holatlar soliq organi 
tomonidan aniqlangunga yoki sayyor soliq tekshiruvi tayinlangunga qadar soliq 
to’lovchi bilgan holda aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan bo’lsa, 
qo’llaniladi. 
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliqni to’lash muddati 
o’tgandan keyin taqdim etilgan bo’lsa, soliq to’lovchi bir paytning o’zida quyidagi 
shartlarga rioya etilgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinadi: 
1) aniqlashtirilgan soliq hisoboti u hisoblab chiqarilgan soliq summasi 
pasayishiga olib kelgan holat soliq organi tomonidan aniqlangunga yoki soliq auditi 
tayinlanganligini bilgan paytga qadar taqdim etilgan bo’lsa; 
2) aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgunga qadar u etishmayotgan soliq 
summasini va unga tegishli penyalarni to’lagan bo’lsa. 
Aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq to’lovchi tomonidan hisobga olingan 
joyidagi soliq organiga tegishli o’zgartishlar kiritilayotgan soliq davrida amal qilgan 
shakl bo’yicha taqdim etiladi. 
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlari tomonidan taqdim 
etiladigan aniqlashtirilgan soliq hisobotiga nisbatan ham qo’llaniladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish