O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

81-modda. Soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish 
qoidalari 
 
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, soliq to’lovchi 
(soliq agenti) soliq solish maqsadlaridagi hisobga olishni yuritishni ushbu Kodeksda 
belgilangan tartibda va shartlarda hisoblash usuli bo’yicha milliy valyutada amalga 
oshiradi. 
Hisoblash usuli hisobga olish usuli bo’lib, unga ko’ra pullar yoki ularning 
ekvivalenti olingan yoxud to’langan kundan emas, operatsiyalarning va boshqa 
voqealarning natijalari ularning sodir etilganligi fakti bo’yicha, shu jumladan ishlar 
bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilgan, tovarlar yuklab yuborilgan va xaridorga yoki 
uning ishonchli shaxsiga mol-mulkni realizatsiya qilish yoki kirim qilish maqsadida 
topshirilgan kundan e’tiboran e’tirof etiladi. 
82-modda. Hisobga olishga doir hujjatlarni tuzish va 
saqlashga doir talablar 
Hisobga olishga doir hujjatlar qog’ozda va (yoki) elektron shaklda tuziladi 
hamda ushbu Kodeksning 91-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo’yicha 
da’vo qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi. 


80 
Soliq to’lovchi qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning 
hisobga olishga doir hujjatlarini saqlash majburiyati uning huquqiy vorisi (huquqiy 
vorislari) zimmasiga yuklatiladi. 
Yuridik shaxs tugatilganda hisobga olishga doir hujjatlar tegishli davlat 
arxiviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi. 
83-modda. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari 
Ushbu Kodeksda soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini 
bir vaqtda amalga oshirayotgan soliq to’lovchilar soliq solish ob’ektlari va soliq 
solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart. 
Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-
alohida hisobi soliq to’lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida 
yuritiladi. 
Faoliyatning muayyan turiga kiritilgan barcha daromadlar va xarajatlar tegishli 
hisobga olishga doir hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak. 
Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-
alohida hisobi mutanosib usul yoki to’g’ridan-to’g’ri hisobga olish usuli orqali 
yuritilishi mumkin. 
Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-
alohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo’ljallangan 
hisobga olish siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o’zgartirilishi mumkin 
emas. O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga bunday 
o’zgartishlarga taalluqli qismida o’zgartishlar kiritilgan taqdirda, soliq to’lovchining 
hisobga olish siyosatida o’zgartishlarga yo’l qo’yiladi. 
Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning 
boshqa ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar realizatsiya qilishdan 
olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari 
bo’yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu 
muayyan faoliyat turiga kiritiladi. 
To’g’ridan-to’g’ri hisobga olish usuli qo’llanilganda daromadlar, xarajatlar va 
soliq solishning boshqa ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar 
faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lsa, shu turga kiritiladi. 
Bunda, faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo’lmagan daromadlar, xarajatlar 
va soliq solishning boshqa ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar 
hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi. 
Maqsadli mablag’lar oluvchi soliq to’lovchilar ana shu maqsadli mablag’lardan 
foydalanish doirasida olingan (qilingan) daromadlarning (xarajatlarning) alohida-
alohida hisobini yuritishi shart. 
Soliq to’lovchilar soliq davri tugaganidan keyin o’zi hisobga olingan joydagi 
soliq organlariga olingan mablag’lardan maqsadli foydalanilgani to’g’risida hisobot 
taqdim etadi. Maqsadli mablag’lardan foydalanilishi to’g’risidagi hisobotning 
shakli, uni taqdim etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 


81 
kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish