78
Soliq soliq ob’ektlari va (yoki) soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar to’g’risidagi
axborotni umumlashtirish hamda tizimlashtirish, shuningdek soliqlarni, yig’imlarni
hisoblab chiqarish va soliq hisobotini tuzish maqsadlarida ushbu Kodeks talablariga
muvofiq soliq to’lovchi (soliq agenti) tomonidan hisobga olishga doir hujjatlarni
yuritish jarayoni soliq solish maqsadlaridagi hisobga olishdir.
Hisobga olishga doir hujjatlar soliq solish ob’ektlarini
va soliq solish bilan
bog’liq ob’ektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va yig’imlarni hisoblab chiqarish
uchun asos bo’lgan boshlang’ich hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda
boshqa hujjatlardan iborat.
Agar ushbu moddaning to’rtinchi qismida boshqacha
qoida belgilanmagan
bo’lsa, soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga
asoslanadi. Buxgalteriya hujjatlarini yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasining
buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun
hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish
majburiyati zimmasiga
yuklanmagan shaxslar soliq solish maqsadlaridagi hisobga olishni ushbu bobga
muvofiq tashkil etadi va yuritadi.
80-modda. Soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish
siyosati
Soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish siyosati quyidagi qoidalarni inobatga
olgan holda soliq to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi:
1) agar soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida
boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchi (soliq agenti) tomonidan mustaqil ravishda ishlab
chiqilgan soliq registrlarining shakli va ularni tuzish tartibi;
2) soliq hisobga olish siyosatiga rioya etilishi ustidan mas’ul mansabdor
shaxslarning nomi;
3) soliq solish maqsadlarida alohida-alohida hisobga olishni yuritish tartibi,
bunday hisobga olishni yuritish majburiyati ushbu
Kodeksda nazarda tutilgan
hollarda;
4) foyda solig’ini hisoblab chiqarish maqsadlarida xarajatlarni chegirmalar
sirasiga kiritish, shuningdek qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga kiritishning soliq
to’lovchi tomonidan tanlangan usullari;
5) xejirlanadigan xavflarni, xejirlanadigan moddalarni
va ularga nisbatan
qo’llaniladigan xejirlash vositalarini aniqlash siyosati, xejirlash operatsiyalari,
shuningdek boshqa moliyaviy tavakkalchiliklar amalga oshirilgan taqdirda xejirlash
samaradorligi darajasini baholash uslubiyoti;
6) har bir kichik guruh va aktivlar guruhi bo’yicha
amortizatsiya normalari
(hisoblash uslublari);
Soliq solish maqsadlarida hisobga olish siyosatiga o’zgartishlar va (yoki)
qo’shimchalar kiritish soliq to’lovchi (soliq agenti) tomonidan quyidagi usullarning
biri bilan amalga oshiriladi:
79
1)
moliyaviy
hisobotning
xalqaro
standartlariga
va
O’zbekiston
Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga
muvofiq ishlab chiqilgan yangi hisobga olish siyosatini yoki uning yangi bo’limini
tasdiqlash;
2)
moliyaviy
hisobotning
xalqaro
standartlariga
va
O’zbekiston
Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga
muvofiq ishlab chiqilgan amaldagi hisobga olish siyosatiga yoki amaldagi hisobga
olish siyosatining bo’limiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish.
Hisobga olish siyosatini shakllantirish chog’ida sub’ekt tomonidan soliq solish
maqsadlarida tanlangan hisobga olishni yuritish usullari tegishli tashkiliy-boshqaruv
hujjati nashr etilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran qo’llaniladi.
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxs yoki chet ellik yuridik shaxsning doimiy
muassasasi soliq solish maqsadlaridagi hisobga olishni yuritish usullari to’g’risidagi
qarorni o’zi tashkil etilgandan keyingi birinchi hisobot
davri mobaynida qabul
qiladi.
Soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish siyosati soliq to’lovchining barcha
(shu jumladan alohida balansga ajratilgan) tuzilmaviy bo’linmalari tomonidan,
ularning joylashgan eridan qat’i nazar, qo’llaniladi.
Kalendar yil mobaynida soliq solish maqsadlaridagi hisobga olish siyosati
o’zgartirilmaydi. Soliq to’lovchining hisobga olish siyosatiga o’zgartishlar
kiritishga O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi
qonun hujjatlari
o’zgartirilgan taqdirda va ana shu o’zgartirishlar bilan bog’liq qismidagina yo’l
qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: