O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

6-bob. Soliqlarning elementlari 
 
72-modda. Soliqlarning elementlari 
 
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida soliq to’lovchilar va ushbu soliqning 
barcha elementlari belgilab qo’yilgan bo’lsagina, soliq qonuniy belgilangan deb 
e’tirof etiladi. 
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi: 
1) soliq solish ob’ekti; 
2) soliq bazasi; 
3) soliq stavkasi; 
4) soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 
5) soliq davri; 
6) soliq hisobotini taqdim etish muddatlari va tartibi; 
7) soliqni to’lash muddatlari va tartibi. 


74 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan soliq elementlaridan tashqari 
uni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo’llanishi uchun asoslar nazarda 
tutilishi mumkin.
73-modda. Soliq solish ob’ekti 
 
Soliq solish ob’ekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymatga oid, 
miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega boshqa holat bo’lib, u mavjud bo’lgan taqdirda, 
soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari soliq to’lovchida soliq majburiyati kelib 
chiqishini taqozo etadi. 
Har bir soliq ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan 
mustaqil soliq solish ob’ektiga ega bo’ladi.
74-modda. Soliq bazasi 
 
Soliq bazasi soliq solish ob’ektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatlarini 
ifodalaydi. 
Har bir soliq uchun uning soliq bazasi va uni aniqlash tartibi ushbu Kodeks 
bilan belgilanadi. 
75-modda. Soliq stavkasi 
 
Soliq stavkasi soliq bazasining o’lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan 
soliqning foizlardagi va mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi.
Soliq stavkalari, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo’lsa, ushbu Kodeks bilan belgilanadi. 
Aktsiz solig’i, er solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalari qat’iy belgilangan 
summada O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risidagi O’zbekiston 
Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish